Suv
Suv (kimyoviy formulasi: H2O) – hidsiz, rangsiz, taʼmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Yer sirtining 71 foizini egallaydi (~1.460 × 1015 killogram); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, koʻl, daryo (95,6 %) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6 %) va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001 %) yigʻilgan. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.
Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.
Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera – okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshii).
Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori suvning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. Suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa – chuchuk, 25 g/kg gachasi – tu zli, undan yuqorisi – shur suv deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk suvda N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. Suvning mineralligi oshgan sari S O, S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.
Tabiiy suvda erigan gazlar – azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar konsentratsiyasi oz – darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.
Vodorodning 2 ta barqaror izotopi (ʻH va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha suvda tarkibida vodorodning izotopi – tritiy (3H) boʻlgan 13 – 20 kg „oʻta ogʻir“ suv bor (qarang Ogʻir suv).
Suv keng tarqalgani va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783-yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, suvning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772-yil francuz fizigi Delyuk suvning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. Suvning muhim fizik-kimyoviy xossalari jadvalda berilgan.
Suv – universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishsh. Suv elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. Suvning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.
Suv – nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da suvning termik parchalanishi 1,8 %ga, 3092°da 13 %ga, 5000°da 100 % ga yetadi. Suv ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza suvning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g suvni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu suvning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday „oʻta sovigan“ suv barqaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, darxrl muzlab krladi. Shuningdek, toza suvni astasekin „oʻta isitish“ (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniklangan. Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda bugʻ hosil qilib qayiaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.
Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.
Suv – keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Kaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issikdik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.
Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.
Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi.
Sanitariya va xoʻjalikroʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup miqdorda suv talab kilinadi. Suv markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv kanalizatsiyasi yordamida okizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.
Aholi isteʼmol qiladigan suv epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak. Suvda kasallik qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim.
Kimyoviy va fizik xususiyatlari
tahrirSuv muammosi
tahrirMaʼlumki sayyoramizning 70 % suv bilan qoplangan, bu suvning katta qismi butunlay muzlab qolgan yoki isteʼmol uchun yaroqsizdir. Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi. Yerdagi koʻllar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi, bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi. Ayrim bashoratlarga koʻra, 2025-yilga kelib 52 ta mamlakat aholisi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch keladilar. YUNESKO Bosh direktori Audr Azuli 2030-yilga kelib dunyoda global suv tanqisligi 40 foizni tashkil etishini maʼlum qilgan[1]. Sayyoraning turli nuqtalarida daryolarni qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi koʻpgina tashkilotlar mavjud. Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik xolatini koʻrib chiqamiz.
Amazonka
tahrirAmazonkaning maydonini AQSh xududi bilan solishtirish mumkin. Bu xudud turli xil ajoyib biologik turlarga boy. Bu yerda sayyoramizdagi tropik oʻrmonlarning yarmidan koʻpi (deyarli 60 %) oʻsadi hamda Janubiy va Shimoliy Amerika iqlim sharoitlari tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega. Amazonkaning uzunligi 6400 kilometr. Oʻzining joylashishiga koʻra, Amazonka uzoq vaqt davomida inson taʼsiridan himoyalangan edi, lekin endilikda vaziyat oʻzgarmoqda. Braziliya xukumati taxminan 60 ta damba qurishni rejalashtirmoqda. Shu kabi loyihalar erli aholi va milliy bogʻlarga salbiy taʼsir etishi mumkin.
Missisipi
tahrirAmerikaning eng katta daryosi Missisipi AQshning Minnesota shtatidan boshlanadi va 4 ming kilometrga oqib borib Meksika koʻrfaziga quyiladi. Inson taʼsiri tufayli u xozirda yordamga muxtoj. Xar yili Missisipi deltasining 30 kilometri yoʻqolib bormoqda: koʻpgina damba, shlyuz, bir necha kilometrlarga choʻzilgan toʻgʻonlar tufayli daryoga avvalgi qayirning 10 % kelib tushadi xalos. Missisipini himoya qilish va suv muammosini echishda har yili yangi loyihalar ishlab chiquvchi koʻplab tashkilotlar mavjud.
Dunay
tahrirDunay daryosi Gʻarbiy Germaniyadan boshlanib 2800 kilometr masofani Avstriya, Mojariston, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Ukraina xududlari orqali oqib oʻtib Qora daryoga quyiladi. Daryo 19 ta mamlakat xududini kesib oʻtadi va shuning uchun dunyodagi eng „koʻp millatli“ daryo hisoblanadi. Dunay 150 yildan ortiq vaqt mobaynida insonlar tomonidan ishlatilib kelayotgan rang-barang ekologik va biologik tizimga ega. Bugungi kunda Dunayning 80 % botqoq erlari dambalar qurish, koʻmib yuborish tufayli yoʻqolib ketgan. Butun jahon yovvoyi tabiat federatsiyasi va shunga oʻxshash tashkilotlar mazkur xududlarni qayta tiklash va qoʻllab-quvvatlash ustida toʻxtovsiz ish olib bormoqdalar.
Mekong
tahrirMekong daryosi Janubiy-Sharqiy Osiyoning ekologik tizimining muhim qismi hisoblanadi. U Xitoydan boshlanib 4900 kilometr masofani Birma, Laos, Tayland, Kambodja va Vyetnam xududi orqali bosib oʻtadi. Mekong baliq xoʻjaligi riojlanishini taʼminlaydi, dunyodagi bioxilma-xillik darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi, 60 milliondan ortiq inson oziq-ovqat, suv va transport bilan taʼminlanadi. Mekong oʻzani boʻylab qurilgan xitoy dambalari ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday dambalarning qurilishiga qarshi va daryoning ekologik tizimini saqlab qolishga „Mekongni saqlab qolish“ kabi tashkilotlar harakat qilmoqdalar.
Yanszi
tahrirUzunligi boʻyicha dunyoda uchinchi, Xitoyda eng uzun hisoblangan daryo Yanszi daryosidir. Uning uzunligi 64000 kilometrdir. Yanszi – gidroeletroenergiya manbaidir. Daryo xududida „Uch dara“ toʻgʻoni joylashgan. Toʻgʻonning qurilishi 1992-yilda boshlagan boʻlib, 1,2 million odam boshqa xududga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan, yuzlab fabrikalar, shaxtalar va chiqindixonalar suv ostida qoldi. Natijada daryo ifloslandi va Xitoyning baliqchiligiga tahdid soluvchi koʻpgina koʻchkilar sodir boʻldi. 2011-yilga kelibgina Xitoy xukumati mavjud muammoni rasman tasdiqladi.
Nil
tahrirDunyodagi eng uzun daryo Nil daryosi boʻlib, uning uzunligi 6,5 ming kilometr. Nil shimoliy-sharqiy Afrika boʻylab oqib oʻtib Misr xududidagi Oʻrtaer dengiziga quyiladi. Daryo resurslaridan ekologik jihatdan oqilona foydalanish ustida „Nil havzasi“ tashkiloti ish olib boradi.
Kongo
tahrirKongo daryosida soniyasiga 500 ming kub metr suv oqib oʻtadi, bu dunyodagi eng boy daryodir. Daryoning ifloslanishi tuproq eroziyasi, shahar chiqindilari, chiqindilar, koʻp xollarda daryo boʻylab insonlarning sayohatlari sababdir. Kongo Afrikaning harakatlanish tizimidir. Yaqin kelajakda Kongo Demokratik Respublikasida erdagi eng katta gidroelektrostansiya qurish rejalashtirilgan.
Suv odam hayotida
tahrirTabiatga kishilarning zugʻumi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida ularning yashash tarzi, sogʻligi, ijtimoiy muhitga boʻlgan aks taʼsiri tobora halokatli tus olmoqda. Shu sababli insoniyat har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa nizo, kelishmovchiklarni unutib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashuvi hozirgi eng olamshumul zaruriyatdir. Jahonshumul muammolarning shunday bir guruhlari mavjudki, ularning u yoki bu darajada hal qilinishining oʻziyoq butun sayyoramizdagi ijtimoiy hayotning kelajak davrlaridagi aniq manzaralarini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ulardan biri „Inson – tabiat“ munosabatlari sirasiga kiradigan, xususan, xom ashyo resurslarini tejash, energiya tanqisligini bartaraf etish, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati va hattoki ijtimoiy muhiti qadimdan tabiat tomonidan inʼom etilgan suv zahiralaridan qay darajada samarali foydalanishga qoʻproq bogʻliq boʻlib kelganligi hech kimga sir emas. Suv oʻrnini boshqa hech bir neʼmat bosa olmaydi. Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari va mavjud boʻlgan zahiralar oʻrtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo darajasiga etganligini ham unutib boʻlmaydi. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan. Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda. Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan bevosita bogʻliq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan suvning miqdoriga doimo mutanosib boʻlavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik suvidan foydalanish koeffitsienti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40—50 yillar muqaddam Toshkent shahrida suv isteʼmol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam boʻlib, aholining ehtiyojini toʻla qondira olgan. XX asrning 60-yillari oʻrtalarida Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv miqdori yuqorida taʼkidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning aholisi 3 mln. kishidan ziyod boʻlib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi sarflanayotir. BMT bayonotiga koʻra, har bir kishining toza ichimlik suvga boʻlgan kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan. BMT bergan maʼlumotlarga koʻra, yer yuzida 2000-yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil etadigan 61 ta davlatda suv isteʼmoli bu meʼyordan kam boʻlgan. 2050-yilga kelib, jahon aholisining 45 foizi (yaʼni, 4,2 mlrd kishi) oʻz aholisini kuniga 50 litr suv bilan taʼminlay olmaydigan mamlakatda yashashiga toʻgʻri kelar ekan.suv inson hayotidagi muhim modda hisoblanadi. Suvda inson uchun narcha kerakli element ionlari joylashgaN.
Toshkent shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda. Agar biz rivojlangan mamlakatlardagi yirik shaharlaridagi suv isteʼmolini hisobga oladigan boʻlsak, qarama-qarshi manzarani koʻrishimiz mumkin. Masalan, Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtgan asrning 50-yillarida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj har bir kishiga bir kunga qariyb 400 litrga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkichni 2000-yilda 160 litrga tushira olganlar. Suvdan oqilona foydalanish hayot zaruratidir. Toshkent shahri aholisining jon boshiga suv sarfi yildan yilga oshmoqda. Agar XX asrning oʻrtalarida Toshkent shahri aholisining jon boshiga kuniga oʻrtacha 550—600 litr toza ichimlik suv sarflangan boʻlsa, shu bugungi kunda bu koʻrsatkich 1136 litrga koʻtariladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojni belgilab beruvchi omilga aylanadi, yani mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, suvdan oqilona foydalanish usullari darajasi ham yuksaladi. Suvdan foydalanishning ilgʻor texnologiyalari ishlab chiqiladi va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ham ochila boradi. Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga ham toʻsiq boʻlib qolmoqda, shu bilan birga, dehqonchilik madaniyati vujudga kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor erlarning ham yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, bu achinarli holat Orol boʻyi mintaqasida oʻzining salbiy natijasini koʻrsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir necha oʻn ming gektarlab er maydonlari shoʻrlangan, ekin maydonlarining ancha qismi zaharli kimyoviy moddalarga toʻyinishi oqibatida hosildorlik bir necha barobarga kamayib ketgan. Toza ichimlik suvidan, ayniqsa Toshkentdek shahri azimda oqilona foydalanishning usullaridan biri – tomorqa erlarini, istirohat bogʻlarini, koʻcha boʻyidagi dov – daraxtlar va koʻkatlarni sugʻorish shaxobchalarini kengaytirish va bunga sarf qilinadigan toza ichimlik suvni tejashdan manfaatdorlikni oshirishdir.
Oʻzbekistonda suv qadri
tahrirSuv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hozir er yuzidagi har bir kimsa qay yoʻl bilan boʻlsada bu boylikdan tejamkorlik bilan foydalanish ustida bosh qotirmoqda, bu hol ayniqsa qishloq xoʻjaligida koʻzga tashlanmoqda. Bunda sugʻorish polietilen plenka tushalgan egatlar boʻylab amalga oshiriladi. Paxtani anʼanaviy sugʻorishda joʻyaklar boʻylab ochilgan suvning 25-30 foizi yuzalab va chuqur singish hamda bugʻlanish natijasida yoʻqotiladi. Bundan tashqari sizot suvining erga yaqin boʻlganida bugʻlanish miqdori ortadi va tuproqning ildiz rivojlanadigan qismida zaharli tuzlarning yigʻilishi roʻy beradi. Bu hol paxtaning normal rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi. Institut tomonidan taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini sugʻorishning yangi uslubi suvni tejash va yuqori hosil olishda qoʻl keladi. Paxtaning oʻgʻitlangan egatlarini polietilen plenkalar bilan sugʻorish texnologiyasining foydasi boʻyicha tajriba institutning Jizzax filialida oʻtkazildi. Ilmiy tekshirish instituti xodimlarining taʼkidlashicha, tejamkorlik bilan sugʻorilganda paxta hosilining ortishi yaqqol koʻzga tashlangan. Besh yillik tajriba natijasida hosildorlik gektariga 10 sentnerdan qoʻshilib gektariga 47 sentnerni tashkil etgan, 27 foizga oshgan. Bunda tagʻin suv 35 va undan koʻp miqdorda tejalgan. Oʻtgan yilda resursni tejashning yangi texnologiyasini keng sinovdan oʻtkazish Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon va oshkent kabi viloyatlarida amalga oshirildi. Polietilen plenkalar bilan ekranlashtirilgan egatlarda sugʻorish texnologiyasini tekshirish natijalari asosida Sirdaryo viloyatidagi sinov maydonida hosildorlik 50,2 foizga oshib, sugʻoradigan suv miqdori 52,7 foizga qisqardi, bu koʻrsatkich Qashqadaryo viloyatida 20,9X48,5 foiz, Andijon viloyatida 21,9X40 foiz, Toshkent viloyatida 19,5X10,8 foizni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikriga koʻra shu beshta obyekt boʻylab koʻrsatkichlar umumlashtirilganda hosildorlik 27,5 foizga oshgan holda suv 35,6 foizga tejalgan. Shu bilan birga bu texnologiyani qoʻllash bir qator qulayliklarni tugʻdiradi. Bu usul yana koʻchat boʻylab bir tekisda namlanishga asos yaratadi, qator oralab ishlov berish tadbirlari kamayadi, shunga yarasha yoqilgʻi ashyolari tejaladi, namlikning bugʻlanish va bugʻlanishning emissiyasi miqdori qisqaradi, oʻsimlikning ozuqlanish tartibi yaxshilanadi, hosilning pishishi tezlashadi, sifati koʻtariladi. Kelgusida sugʻorishning bu texnologiyasini mamlakat qishloq xoʻjaligida keng tadbiq etish rejalashtirilmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Дунё 2030 йилга келиб сув танқислигига дуч келади — ЮНEСКО“. Bugun.uz. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
Adabiyotlar
tahrir- Egamberdiyev R., Inson va suv, T., 1971, Rahimov H. R., Anorganik ximiya, T., 1984. Axmetov N. S, Obshaya i neorganicheskaya ximiya, M, 1998; Yegorov A. Suv,Aminova G. X., Ekspress kurs neorganicheskoy i organicheskoy ximii, Rostov na-Donu, 2002.
Oʻqish uchun
tahrir- Ball, Philip. Life's matrix : a biography of water, 1st, Farrar, Straus, and Giroux, 2001. ISBN 9780520230088.
- Debenedetti, PG., and HE Stanley, „Supercooled and Glassy Water“, Physics Today 56 (6), pp. 40-46 (2003). Downloadable PDF (1.9 MB) (Wayback Machine saytida 1 November 2018 sanasida arxivlangan)
- Franks, Felix. Water : a matrix of life, 2nd, Royal Society of Chemistry, 2007. ISBN 9781847552341.
- Gleick, PH., (editor), The World’s Water: The Biennial Report on Freshwater Resources. Island Press, Washington, D. C. (published every two years, beginning in 1998.) The World’s Water, Island Press (Wayback Machine saytida 26 February 2009 sanasida arxivlangan)
- Jones, Oliver A.; Lester, John N.; Voulvoulis, Nick (2005). "Pharmaceuticals: a threat to drinking water?". Trends in Biotechnology 23 (4): 163–167. doi:10.1016/j.tibtech.2005.02.001. ISSN 1879-3096. PMID 15780706. https://archive.org/details/sim_trends-in-biotechnology_2005-04_23_4/page/163.
- Journal of Contemporary Water Research & Education (Wayback Machine saytida 3 March 2016 sanasida arxivlangan)
- Postel, S., Last Oasis: Facing Water Scarcity. W. W. Norton and Company, New York. 1992
- Reisner, M., Cadillac Desert: The American West and Its Disappearing Water. Penguin Books, New York. 1986.
- United Nations World Water Development Report (Wayback Machine saytida 22 February 2009 sanasida arxivlangan). Produced every three years.
- St. Fleur, Nicholas. The Water in Your Glass Might Be Older Than the Sun (Wayback Machine saytida 15 January 2017 sanasida arxivlangan). „The water you drink is older than the planet you’re standing on.“ The New York Times (15 April 2016)
Havolalar
tahrirWaterbed MairaNutrition (Wayback Machine saytida 2018-10-25 sanasida arxivlangan) NutritionBeasts (Wayback Machine saytida 2019-03-06 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |