Nikoleta 'Nikol' Kiriakopoulou (grekcha: Νικολέτα Κυριακοπούλου , 1986-yil 21-martda tugʻilgan) — grek tayanib sakrash ustasi.

NIkoleta Kyriakopoulou
Tavalludi 21-mart 1986
Fuqaroligi Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Kasbi Sportchi
Mukofotlari

2 Bronza

2 Kumush

2 Bronza

2 Bronza

2 Oltin

2 Oltin

2 Bronza

Sportdagi faoliyati tahrir

Nikoleta Kyriakopoulou 30ga yaqin musobaqalarda ishtirok etgan va ularning barida Gretsiya nufuzini himoya qilgan. U 2004-yili Grosseto shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4.00 metrlik natija koʻrsatib oltinchi oʻrinni egallaydi. Keyingi yili Nikoleta Kyriakopoulou Kaunasda oʻtkazilgan Yevropa oʻsmirlar chempionatida yana shu natija bilan yettinchi oʻringa loyiq koʻrildi. 2007-yilgi Bangkokda boʻlib oʻtgan Universiadada uning natijalari tushib ketdi, 3.90 metrlik koʻrsatkich bilan oʻn uchinchi oʻrinda oʻyinni yakunladi.

Nikoleta Tokio-2021 Olimpiadasida 8-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Nikoleta Kyriakopoulou 2015-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 4,80 metrga sakrab bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yilgi mavsumda u barni 4,83 metrga koʻtarib, beshta Gretsiya rekordini (ichki va tashqi) oʻrnatdi[1]. Oʻsha yili Nikoleta Kyriakopoulou IAAF olmos ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan birinchi yunon sportchisi sifatida etirof etildi[2].

Nikoleta Kyriakopoulouning yirik musobaqadagi ilk muvaffaqiyati 2012-yilda Helsinkidagi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Bir yil avval, 2011-yilda u Tegu shahrida boʻlib oʻtgan IAAF jahon chempionatida 8-oʻrinni egallagan edi. Nikoleta Kyriakopoulou, shuningdek, 2009-yilda Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida 4,50 metrlik rekord bilan gʻoliblikka sazovor boʻldi, oʻsmir sportchi sifatida esa 2004-yilda Grossetoda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 6-oʻrinni egalladi.

2017-yilda Nikoleta Kyriakopoulou farzandi dunyoga kelgach, sportda uzilishlar yuz berdi va 2018-yilgi musobaqalarga qaytishini rasman eʼlon qildi. Nikoleta Kyriakopoulou 2018-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali va 2019-yili Glazgodagi Yevropa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro musobaqalar tahrir

Vakillik   Gretsiya
2004-yil Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati Grosseto, Italiya 6-oʻrin 4.00 m
2005-yil Yevropa oʻsmirlar chempionati Kaunas, Litva 7-oʻrin 4,00 m
2007-yil Universiada Bangkok, Tailand 13-oʻrin 3,90 m
2008-yil Olimpiada oʻyinlari Pekin, Xitoy 27-oʻrin 4,15 m
2009-yil Oʻrta yer dengizi oʻyinlari Peskara, Italiya 1-oʻrin 4,50 m GR
Jahon chempionati Berlin, Germaniya 19-oʻrin 4,40 m
2010-yil Yopiq inshootlardagi jahon chempionati Doha, Qatar 2-oʻrin 4,45 m
Yevropa chempionati Barselona, ​​Ispaniya 13-oʻrin 4,25 m
2011-yil Yopiq inshootlardagi Yevropa chempionati Parij, Fransiya 9-oʻrin 4,35 m
Jahon chempionati Daegu, Janubiy Koreya 8-oʻrin 4,65 m
2012-yil Yevropa chempionati Helsinki, Finlandiya 3-oʻrin 4,60 m
Olimpiada oʻyinlari London, Birlashgan Qirollik 19-oʻrin 4,25 m
2013-yil Yopiq inshootlardagi Yevropa chempionati Gyoteburg, Shvetsiya 10-oʻrin 4,36 m
Jahon chempionati Moskva, Rossiya 13-oʻrin 4,45 m
2014-yil Yopiq inshootlardagi jahon chempionati Sopot, Polsha 12-oʻrin 4,30 m
Yevropa chempionati Syurix, Shveysariya 7-oʻrin 4,35 m
2015-yil Yopiq inshootlardagi Yevropa chempionati Praga, Chexiya 5-oʻrin 4,50 m
Jahon chempionati Pekin, Xitoy 3-oʻrin 4,80 m
2015 IAAF olmos ligasi 1-oʻrin batafsil maʼlumotlar
2016-yil Yopiq inshootlardagi jahon chempionati Portlend, AQSH 6-oʻrin 4,60 m
Yevropa chempionati Amsterdam,Niderlandiya 4-oʻrin 4,55 m
2018-yil Oʻrta yer dengizi oʻyinlari Tarragona, Ispaniya 3-oʻrin 4,31 m
Yevropa chempionati Berlin, Germaniya 2-oʻrin 4,80 m
2019-yil Yevropa yopiq inshootlardagi chempionati Glazgo, Buyuk Britaniya 3-oʻrin 4,65 m
Jahon chempionati Doha, Qatar 13-oʻrin 4,50 m
2021-yil Olimpiada oʻyinlari Tokyo, Yaponiya 8-oʻrin 4,50 m
2022-yil Jahon chempionati Eugene, Amerika Qoʻshma Shtatlari 24-oʻrin 4,35 m

Shaxsiy eng yaxshi natijalar tahrir

Tadbir Qayd etilgan natija Sana Joy
Ochiq tayanch 4,83 m 2015-yil 4-iyul Parij, Fransiya
Ichkarida ustunli sakrash 4,81 m 2016-yil 17-fevral Stokgolm, Shvetsiya

Shaxsiy hayoti tahrir

Nikoleta turmushga chiqqan va bir qizi bor[3].

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  • Nikoleta Kyriakopoulou at World Athletics