Nodim Namangoniy
Nodim yoki Nodim Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxoʻja Ulugʻxoʻja oʻgʻli; 1844-yil – Namangan —1910-yil) – shoir.
Nodim Namangoniy | |
---|---|
Tavalludi |
Sulaymonxoʻja Ulugʻxoʻja oʻgʻli 1844-yil |
Vafoti |
1910-yil Namangan |
Taʼlimi | Saidqulibek madrasasi |
Kasbi | Shoir |
Otasi | Ulugʻxoʻja |
Hayoti
tahrirSulaymon Ulugʻxoʻja oʻgʻli Nodim 1844-yilda Namanganda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Xususiy muallimda savod chiqarib, 855-yilda Saidqulibek madrasasiga oʻqishga kiradi. Talabalik paytlarida „Nodim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozib, noziktab shoir sifatida taniladi.
Arab, fors tillarini oʻrgangan. Qoʻqon va Toshkentda boʻlgan, fan-texnika yangiliklari, rus madaniyati, adabiy va madaniy doiralari bilan yaqindan tanishgan. Buxoro, Samarqand (1899), Turkiya, Misr, Arabiston (1902-1903)ga sayohat qilgan. Hajga borgan. 1910-yilda Namanganda vafot etadi[1].
Faoliyati
tahrirNavoiydan oʻrgangan, gʻazallariga taxmis, naziralar yozgan. Muqimiy, Muhyi, Furqat, Zavqiy, Muhayyir, Shavqiy kabi shoirlar bilan yaqin doʻst boʻlib, ijodiy hamkorlik qilgan, ular sheʼrlariga muxammaslar bogʻlagan. Mumtoz sheʼriyatning barcha janrlarida, turkiy va forsiyda ijod qilgan. Gʻazallarida inson goʻzalligi, muhabbat va vafo, ayollar erkini kuylagan („Sogʻindim men, sogʻindingmi?“, „Maktubi muhabbat uslub“ va boshqalar), Ona-Vatan tabiati, uning goʻzalligini tarannum etgan, xalq hayotini realistik aks ettirgan, ijtimoiy illatlarni fosh etgan, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan („Bahor ayyomi keldi“, „Davr javridin…“, „Bayoni dar safari Toshkand“ va boshqalar). „Shikoyati paxta“ sheʼrida qishloq mehnatkashlarining achinarli hayotini tasvirlagan.
Hajviy asarlarida maqtanchoq, mutakabbir boylar, chor amaldorlari tanqid qilingan („Dar mazammati zamona“, „Dar shikoyati qozi“ kabi). Yumoristik asarlar yozgan („Bez-gak“ va boshqalar).
Nodim Namangoniyning sheʼrlari „Turkiston viloyatining gaze-yash“da bosilgan. Oʻzi tuzgan „Bayozi Nodim“ning mukammal nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 4179).
Adabiyotlar
tahrir- Tanlangan sheʼrlar, T., 1964;
- Karimov F. K., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3-kitob, T., 1987;
- Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, 2-daftar, T., 1998.
Manbalar
tahrir- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Nodim Namangoniyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |