Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi IV chaqirigʻi
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining toʻrtinchi chaqirigʻi 22-dekabrning 2019-yilida (1-tur) va 5-yanvarning 2020-yilida saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi 2025-yilgacha oʻzining vazifasini ijro etadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitsiyasining 76-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasi (quyi palata) Senat (yuqori palata) bilan birga besh yilga saylanadi (76-moddasiga binoan)[1]. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan maslahatlashib qabul qilgan qarori asosida tartqatib yuborilishi mumkin (95-moddasiga binoan)[2]. Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilsa, yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palataga boʻlingan: Senat (yuqorgi palata) va Qonunchilik palatasi (pastki palata). Qonunchilik palatasining spikeri 12-yanvar 2015-yilda beri Nurdinjon Ismoilov boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi | |
---|---|
OʻzLiDep (53) Milliy tiklanish (36) Adolat (24) XDP (22) OʻEP (15) | |
Qisqa maʼlumot | |
Qonunchilik organi | Oliy Majlis |
Uchrashuv joyi | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi |
Muddati | 6-yanvar, 2020-yil – 2025-yilda |
Saylov |
22-dekabr 2019-yil (1-tur) 5-yanvar 2020-yil (2-tur) |
Hukumat |
OʻzLiDep Milliy tiklanish |
Oppozitsiya |
Adolat XDP OʻEP |
Vebsayt | https://parliament.gov.uz/ |
Aʼzolar | 150 |
Spiker | Nurdinjon Ismoilov |
Spikerning birinchi oʻrinbosari | Akmal Saidov |
Spikerning oʻrinbosarlari |
Aktam Hayitov (OʻzLiDeP) Alisher Qodirov (Milliy tiklanish) Zuxra Ibrohimova (Adolat) Ulugʻbek Inoyatov (XDP) Xayrillo Gapporov (OʻEP) |
Qoʻmitalar raislari |
Sharofiddin Nazarov Jahongir Shirinov Mavludaxon Xoʻjaeva Yelena Borisova Erkin Salixov Dilorom Fayziyeva Vaxobjon Muratkabilov Ravshan Mamutov Erkin Zohidov Shuxrat Bafayev Ilhom Abdullayev |
Devon rahbariyati |
Komiljon Ernazarov (rahbar) Boburjon Rajapov (rahbar oʻrinbosari) Jasur Jumayev Abdurashid Abduqodirov Saida Joʻrayeva Nodirbek Ergashev Aziz Saribayev Raxmiddin Musayev Aʼzamjon Saidov |
Saylov
tahrirOʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi uchun saylovlar ikki turda oʻtdi, 22-dekabrning 2019-yilida va 5-yanvarning 2020-yilida. Saylovda 5ta partiya qatnashishga muvofiq boʻldilar. Saylovda yangi partiya — Oʻzbekiston ekologik partiyasi qatnashdi. Avval Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston ekologik harakati mavjud edi va u 15 deputatlardan iborat boʻlgan edi. Ushbu qonun 25-iyun 2019-yilida oʻz kuchini yoʻqotdi va harakat partiyaga oʻzgartirildi[3]. Shunday qilib saylovda quyidagi beshta partiyalar ishtirok etdilar: Liberal demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish partiyasi", "Adolat" partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiyasi.
Tarkibi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi 150 deputatdan iboratdir. Saylovning ikkit turiga binoan deputatlar tarkibi quyidagidan iborat[4]:
Deputatlar
soni tarkibi |
Yoshi boʻyicha
tarkibi |
Yoshi
(foizda) |
Millatlari
boʻyicha tarkibi |
Kasbi boʻyicha
tarkibi |
Kasbi
(foizda) | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
OʻzLiDep | 53 oʻrin | 25-30 | 9 kishi | 6 % | oʻzbeklar | 130 kishi | Fan-taʼlim sohasi | 32 | 21 % |
"Milliy tiklanish" | 36 oʻrin | 30-50 | 97 kishi | 65 % | qoraqolpoqlar | 5 kishi | Bank, moliya va
iqtisod sohasi |
23 | 15 % |
Adolat | 24 oʻrin | 50+ | 44 kishi | 29 % | ruslar | Huquqshunoslar va
siyosatshunoslar |
21 | 14 % | |
XDP | 22 oʻrin | tojiklar | 3 kishi | Jamoatchilik va
nodavlat-notijorat tashkilotlari |
21 | 14 % | |||
OʻEP | 15 oʻrin | qozoqlar | Qishloq xoʻjaligi
sohasi mutaxassislari |
12 | 8 % | ||||
koreyslar | 2 kishi | Tibbiyot sohasi | 9 | 6 % | |||||
qirgʻizlar | 1 kishi | Qurilish,
kommunikasiya, transport va sohasi |
9 | 6 % | |||||
turkmanlar | Tadbirkorlar | 7 | 5 % | ||||||
OAV sohasi | 6 | 4 % | |||||||
Boshqa sohalar | 10 | 7 % |
Fraksiyalar
tahrir- Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spkeri — Nurdinjon Ismoilov
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari — Akmal Saidov
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari — Aktam Hayitov
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — „Milliy tiklanish“ DP fraksiyasi rahbari — Alisher Qodirov
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari — Zuxra Ibrohimova
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — OʻzXDP fraksiyasi rahbari — Ulugʻbek Inoyatov
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari — Xayrillo Gapporov
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining Qonunchilik palatasida axborot faoliyatini muvofiqlashtirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Odiljon Tojiyev
Qoʻmitalar raislari
tahrir- Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi — Sharofiddin Nazarov
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi — Jahongir Shirinov
- Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi — Mavludaxon Xoʻjaeva
- Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi — Yelena Borisova
- Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi — Erkin Salixov
- Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi raisi — Dilorom Fayziyeva
- Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi — Vaxobjon Muratkabilov
- Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi — Ravshan Mamutov
- Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi — Erkin Zohidov
- Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi — Shuxrat Bafayev
- Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi — Ilhom Abdullayev
Qonunchilik palatasi devoni
tahrirQuyidagi jadvalda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni xodimlarining roʻyxati koʻrsatilgan (6-iyun 2022-yil maʼlumotlariga binoan)[6]:
Devon rahbariyati | ||
---|---|---|
№ | Ism | Boshqarma nomi |
1 | Komiljon Ernazarov | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devonining rahbari |
2 | Boburjon Rajapov | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari |
3 | Maʼlumot yoʻq | Kotibiyat boshligʻi |
4 | Maʼlumot yoʻq | Yuridik boshqarma boshligʻi |
5 | Maʼlumot yoʻq | Davlat byudjeti boshqarmasi boshligʻi |
6 | Maʼlumot yoʻq | Matbuot xizmatining rahbari — Matbuot kotibi |
7 | Jasur Jumayev | Axborot-tahlil boʻlimining mudiri |
8 | Abdurashid Abduqodirov | Nazorat va monitoring boʻlimining mudiri |
9 | Saida Joʻrayeva | Lingvistik ekspertiza va tahririyat boʻlimining mudiri |
10 | Maʼlumot yoʻq | Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimining mudiri |
11 | Nodirbek Ergashev | Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimining mudiri |
12 | Aziz Saribayev | Axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimining mudiri |
13 | Raxmiddin Musayev | Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimining mudiri |
14 | Aʼzamjon Saidov | Moliya, hisob va hisobot boʻlimi mudiri — Bosh buxgalteri |
Deputatlar roʻyxati
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
- ↑ „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
- ↑ „О ВНЕСЕНИИ ИЗМЕНЕНИЙ И ДОПОЛНЕНИЙ В ЗАКОН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН «О ВЫБОРАХ В ОЛИЙ МАЖЛИС РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН»“. Lex.uz. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
- ↑ „2019-YIL 22-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLIGIGA SAYLOV“. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI. 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil..
- ↑ „ҚОНУНЧИЛИК ПАЛАТАСИ КЕНГАШИ: КЕНГАШ ТАРКИБИ“. Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi. 9-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
- ↑ „ҚОНУНЧИЛИК ПАЛАТАСИ ДЕВОНИ“. Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi. 9-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.