Oʻzbekistonda paxta yetishtirish
Oʻzbekistonda paxta yetishtirish davlatning qishloq xoʻjaligi sektorida muhim rol oʻynaydi. Sababi paxta davlatning asosiy ekinlaridan biri boʻlib, 2006-yilgi eksport hajmining 17%ini tashkil etgan[1]. Yiliga 1 million tonnaga yaqin paxta ishlab chiqarish (jahon paxta ishlab chiqarishining 4–5%i) va 700-800 ming tonna eksport hajmi (jahon eksportining 10%i) bilan Oʻzbekiston paxta yetishtirish boʻyicha 8-oʻrinni, paxta eksporti boʻyicha esa 11-oʻrinni egallaydi[2]. Shu sababli ham Oʻzbekistonda paxtaga nisbatan oq oltin deya taʼrif berilgan[3].
2017-yilgacha ushbu sanoat davlat nazorati ostida boʻlgan. Har yili paxta terimiga ikki millionga yaqin aholi jalb qilingan. Ularning koʻpchiligi paxta dalalarida kam yoki umuman maoshsiz ishlashga majbur qilingan. Iqtisodiyoti boʻyicha dunyoda 82-oʻrinni egallagan davlat uchun oʻsha mahalda paxta hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yillar davomida paxta yetishtirish kamayishda davom etdi. Misol uchun 1988-yilda respublikada 8000 toy paxta yetishtirilgan boʻlsa, 2012 yilga kelib bu raqam 4500 toyga (1 million tonna) kamaydi. Ushbu pasayish tendensiyasining asosiy sababi talab yuqori boʻlgan oziq-ovqat ekinlari yetishtirilishiga ustunlik berish bilan bogʻliq. Paxta eksporti asosan Xitoy, Bangladesh, Koreya va Rossiyaga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash zavodlarini koʻpaytirish orqali paxta toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish harakatini boshladi[2][4]. Inson huquqlari boʻyicha hisobotlarda bolalar mehnati va majburiy mehnatni oʻz ichiga olgan mehnat sharoitlari, shuningdek, Orol dengiziga yoʻnaltirilgan suv oqimini oʻzgartirish orqali yetkazilgan vayronagarchilik tufayli koʻplab global kompaniyalar tomonidan boykot eʼlon qilinganidan soʻng, Oʻzbekiston paxta sanoati jiddiy zarar koʻrdi[5].
2022-yil mart oyida Cotton Campaign oʻzbek paxtasini boykot qilish chaqirigʻini tugatdi[6]. Bu 2016-yilda hokimiyatga kelganidan beri Oʻzbekistonda majburiy mehnatni qonundan tashqariga chiqarishga vaʼda bergan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar ortidan sodir boʻldi[7]. 2022-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Oʻzbekiston paxta sanoati bolalar va majburiy mehnatdan xoli ekanligini eʼlon qildi[8]. 2022-yil sentyabrida Prezident fermerlar uchun kvota tizimi bekor qilingani, paxta eksport qilinmay, oʻzimizda qayta ishlanayotgani haqida xabar berdi[9].
Tarixi
tahrirOʻzbekiston diyorida yetishtirilgan paxta taxminan 2000-yil avval xitoyliklar tomonidan topilgan[10]. Sovet Rossiyasi va Oʻzbekiston SSR davrida paxta yetishtirish keskin oʻsib Oʻzbekiston SSR yetishtiradigan mahsulotlarning 70%ini tashkil etdi[10]. Hukumat sanoatni qattiq nazorat qilib, kolxozlarda samarali ishlab chiqarishni oshirish maqsadida kvotalar joriy qildi[10].
1976-1983-yillarda rahbariyat oʻzbek paxtasi hosildorligini yolgʻondan oshirib yozish yoʻli bilan Sovet Markaziy bankini aldab, Sharof Rashidov davridagi eng shov-shuvli voqea „paxta ishi“ga sabab boʻldi [11]. Voqea Oʻzbekiston siyosiy elitasi obroʻsizlanishiga olib keldi[12]. Mustaqillikka erishganimizdan beri sovet uslubidagi kvotalar saqlanib qoldi va Oʻzbekiston hukumati paxta sanoatida hamon hukmronlik qilmoqda[13].
Yagona mahsulot iqtisodiyoti bilan bogʻliq xavflar va aholining oziq-ovqat xavfsizligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston paxta yetishtirishni qisqartirish bilan birga, don yetishtirishni oʻstirishga harakat qilmoqda. Shunday qilib, paxta ekiladigan maydonlar 1990-yildagi 1,8 million gektardan 2006-yilda 1,4 million gektarga qisqartirildi, boshoqli ekin maydonlari esa 1,0 milliondan 1,6 million gektarga oshdi[14]. Diversiyalash harakatlarining yana bir sababi – ekologiya. Chunki paxta yetishtirish uchun zarur boʻlgan koʻp miqdorda sugʻorish va oʻgʻitlash Orol dengizining qurishi va atrofdagi tuproqlarning kuchli ifloslanishiga olib keldi.
Bolalar mehnati
tahrirPaxta yetishtirishda bolalar mehnati Oʻzbekistonda amaliyotda boʻlib kelgan harakat boʻlib, Oʻzbekiston hukumati uzoq vaqtdan buyon 9 yoshdan yuqori boʻlgan bolalarni paxta sanoatida ish bilan taʼminlab kelgan[15]. Bolalar yoshligidanoq „paxta“ deb ataladigan hosilni intiqlik bilan kutish va paxta terimidan zavqlanish, „oʻz xalqi ravnaqiga hissa qoʻshish imkoniyati“ sifatida tarbiyalanadi[13]. Koʻpgina fermerlar paxta yetishtirishga majbur boʻladilar, lekin davlat uni eksport qilishdan foyda oladi[16]. Agar davlat ishchilari va mutaxassislar ishlashdan bosh tortsalar, ular kamroq daromad bilan jazolanishi va bolalar ishchilari kaltaklanishi mumkin[15].
Anti-Slavery xalqaro tashkiloti mamlakatdagi paxta sanoati sharoitiga „dahshatli“ deya taʼrif bergan[15]. 2007-yilda Vashingtonda „Oʻzbekistonda inson huquqlarini yaxshilash“ maqsadida Paxta kompaniyasi boshladi. Ular Karimov maʼmuriyati „inson huquqlarini tan olishga chaqiruvchi, ularning inson huquqlarini poymol qiluvchi, soʻz va matbuot erkinligini inkor etuvchi Oʻzbekiston fuqarolarini hibsga olish, qiynoqqa solish va surgun qilish“da va mamlakatdagi mehnat tizimi „inson huquqlarini buzadi“, deb daʼvo qilgan[16].
Oʻzbekistondagi huquqbuzarliklar haqidagi inson huquqlariga oid hisobotlar natijasida H&M, Tesco, IKEA, Adidas va Marks & Spencer kabi bir qancha kompaniyalarning davlatni tark etishiga sabab boʻldi. Shuningdek, kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarishda Oʻzbekiston paxtasidan foydalanishni oldini olish boykot qilish uchun qoʻllaridan kelgan barcha ishni qilayotganliklarini eʼlon qilishdi[13][15]. Misol uchun IKEA matbuot kotibi Jozefin Torell Oʻzbekiston paxtasi haqida shunday fikr bildirdi: „Biz oʻzbek paxtasi mahsulotimizda ishlatilmasligi uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz, biroq paxta sanoati uchun kuzatuv jarayoni qoniqarli emas. Masalan, Bangladeshda ishlab chiqarish mahsulotlari tarkibidagi paxta anʼanaviy ravishda Oʻzbekistondan olinadi. Shu sababli IKEA yetkazib beruvchilari mahsulotlarni Hindistondan sotib olishlari shart“[15]. 2014-yil oktyabr oyida Tesco Responsible Sourcing Network kompaniyasining paxtani Oʻzbekistondan olmaslik haqidagi qarorni imzoladi. Tesco kompaniyasining xomashyolar boʻyicha mas’ul direktori Giles Bolton Oʻzbekiston paxtasi haqida shunday fikr bildirdi: "Tesco 2007-yilda yetkazib berish zanjirida oʻzbek paxtasidan foydalanishni taqiqlagan birinchi chakana sotuvchilardan biri boʻldi va biz hozir ushbu qarorni imzolaganimizdan faxrlanamiz[17].
Xalqaro bosim va paxtani boykot qilishdan kelib chiqadigan sanoat tahdidiga javoban, mamlakatdagi sharoit asta-sekin yaxshilanmoqda. 2012-yil boshida Oʻzbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bolalarning paxta dalalarida ishlashini taqiqlovchi farmon chiqardi[13]. Biroq, koʻplab mutaxassislar, jumladan, oʻqituvchilar, kollej oʻqituvchilari, shifokorlar va hamshiralar hali ham oʻrim-yigʻim paytida dalada ishlashga majbur qilingan[13]. Farmon paxta dalalarida ishlaydigan ayollardan tugʻilgan chaqaloqlar oʻlimi va tugʻilish nuqsonlari darajasining juda yuqori boʻlishi uchun davlat javobgarligini oʻz ichiga oldi[18].
Oʻzbek paxtasini boykot qilish kampaniyasida 2015, 2016 va 2017-yillarda paxta sanoatidagi majburiy mehnatga oydinlik kiritgani uchun hibsga olinib, ruhiy kasalliklar shifoxonalarida saqlanayotgan oʻzbek huquq himoyachisi Elena Urlayeva katta rol oʻynadi[19].
Dehqonchilik
tahrirOʻzbekistonda har yili april-may oylarida paxta ekilib, sentyabrda paxta terimi boshlanadi. Asosan ekinzorlar Aydar koʻlining chekkasida (Buxoro yaqinida), shuningdek, Toshkent, Sirdaryo boʻylab, Amudaryo boʻyidagi Turkmaniston bilan chegaradosh hududlari ham paxta ekish uchun ajratilgan. 2010-2011-yillarda hududlar boʻylab paxta ekish maydoni qariyb 1,3 gektarni, hosildorligi esa 752 kg/gektarni tashkil etgan. Ekiladigan paxtaning Okdare 6, Namangan 77 va Toshkent 6 navlari mamlakatimizda keng tarqalgan. Ammo Oʻzbekistonda sermahsul va erta tayyor boʻladigan paxta yetishtirish zarurligi sababli, 2009-yildan beri yangi navlar; Buxoro 102, Buxoro 8, Andijon 35 va Xorazm 150 kabi turlari yetishtira boshlandi. Maʼlumki paxta yetishtirish uchun koʻp suv talab qilinadi, ammo qishloq xoʻjaligi tashkilotchilari suv yoʻqotilishini kamaytirish uchun suv taʼminoti tizimini qayta tiklash zarurligini taʼkidlagan. Paxtaga zarar yetmasligi uchun biologik usullar orqali zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash ishlari ham olib boriladi[4].
Paxta taqiqini bekor qilish
tahrirOʻzbekistonda 2022-yil mart oyida Cotton Campaign kompaniyasi oʻzbek paxtasini boykot qilishga chaqiruvini tugatdi[7]. Bunga asosiy sabab, 2016-yilda prezidentlikka saylanganidan keyin Oʻzbekistonda majburiy mehnatni qonundan tashqariga chiqarishga vaʼda bergan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirgan keng koʻlamli islohotlardan soʻng ijro etildi[7]. 2022-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Oʻzbekiston paxta sanoati bolalar va majburiy mehnatdan xoli ekanligini eʼlon qildi[7]. Tashkilotchilar „mamlakat 2021-yilgi paxta yetishtirish davrida tizimli majburiy mehnat va tizimli bolalar mehnatiga barham berishga muvaffaq boʻldi“. 2022-yil sentyabrida kelib AQSh hukumati ham paxtaga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Unga koʻra, bolalarning mehnati yoki majburiy mehnat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqarilgan oʻzbek paxtasi keltirilgan. Bu AQSH subyektlarining Oʻzbekiston hududida paxta va paxtadan tayyorlangan mahsulotlarni import qilishiga toʻsqinlik koʻrsatayotgan yagona qonuniy toʻsiq edi[20].
Bugungi kunda Oʻzbekistonda paxta sanoati
tahrirOʻzbekistonda Prezident qarori bilan 2020-yil mart oyidan boshlab paxta bozori liberallashtirildi. Davlat tomonidan paxta yetishtirish, narxlari va majburiy sotish rejasini tartibga solish 2020-yil bekor qilindi. 2020-2021-yilda paxta yetishtirish maydoni 980 000 gektar, ishlab chiqarish taxminan 3,1 million toyni (taxminan 670 000 MT) tashkil etadi.[21].
Oʻzbekiston hukumati tomonidan paxtani qayta ishlash va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish uchun koʻp mablagʻ ajratildi. Natijada, 2017-yildan boshlab paxtani qayta ishlash 2017-yildagi paxta hosilining 40 foizidan 2022-yilda 100 foizga oshgan[22]. 2022-yilning sentyabr oyida dehqonlar uchun kotirovka tizimi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bekor qilindi. Endilikda paxta eksporti toʻxtatilib, oʻzimizda qayta ishlanadigan boʻldi[9].
Paxta sanoatiga Oʻzbekiston ham sezilarli darajada sarmoya kiritdi. Amerikaning Silverleafe kompaniyasi 2018-yilda Jizzax viloyatida paxta klasterini rivojlantirishga koʻp mablagʻ sarfladi[23]. Jumladan, mahsulotlarni toʻliq kuzatish imkonini yaratish ustida ishlamoqda. 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kompaniyaning bosh direktori Dan Pattersonni „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[24].
Oʻzbekiston paxtasi eksporti Rossiya-Ukraina urushi va Rossiya harbiy sanoatiga kiritilgan sanksiyalar bilan bogʻliq mojaroga sabab boʻldi. Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida hisobot berish loyihasi (OCCRP), Vlast va iStories maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 24-fevraldan soʻng Oʻzbekiston Rossiyaga portlovchi moddalar va porox ishlab chiqarish uchun asosiy komponentlar boʻlgan paxta sellyulozasi va nitrosellyuloza eksportini sezilarli darajada oshirgan. „Ekonomichna Pravda“ nashrining yozishicha, kamida ikkita yirik oʻzbekistonlik eksportyor Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari bilan hamkorlik qilib kelgan. Rossiya Federatsiyasi Federal Soliq Xizmati hujjatlari kamida uchta Rossiya kompaniyasi – Bina Group, Khimtrade va Lenakhim- AQSh sanksiyalari ostida Rossiyadagi import paxta sellyulozasini harbiy zavodlarga sotganini tasdiqlaydi[25][26][27].
Manbalar
tahrir- ↑ Uzbekistan in Numbers 2006, State Statistical Committee of the Republic of Uzbekistan, Tashkent, 2007 (ruscha).
- ↑ 2,0 2,1 „Cotton This Week“. International Cotton Advisory Committee (2005-yil fevral). 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ uz:Perifraza
- ↑ 4,0 4,1 „Cotton Fact Sheet,Uzbekistan“. ICAC Organization. 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-may.
- ↑ „Forced Labor Andoza:As written Now in Uzbekistanʼs Cotton Fields“. 2017-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Uzbekistan“.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 „Uzbekistan: Cotton Slave Labor Out, Human Rights Ombudsman In? | Eurasianet“. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
- ↑ „Uzbek cotton is free from systemic child labour and forced labour“ (2022-yil mart).
- ↑ 9,0 9,1 „"Uzbekistan is no longer exporting gas and cotton" – Shavkat Mirziyoyev“.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Zanca, Russell G.. Life in a Muslim Uzbek Village: Cotton Farming After Communism CSCA. Cengage Learning, 2011 — xii, xxi, 66-bet. ISBN 978-0-495-09281-0. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ Clark, William A.. Crime and Punishment in Soviet Officialdom: Combating Corruption in the Political Elite, 1965 - 1990. M.E. Sharpe, 1993 — 187–-bet. ISBN 978-1-56324-056-0. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ Melvin, Neil. Uzbekistan: Transition to Authoritarianism on the Silk Road. Harwood Academic Publ, 2000 — 25–-bet. ISBN 978-90-5823-029-4. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 „Doctors and nurses forced to pick cotton“. BBC (2012-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ Agriculture in Uzbekistan 2006, State Statistical Committee of Uzbekistan, Tashkent, 2007 (ruscha).
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 „H&M comes under pressure to act on child-labour cotton“ (2012-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ 16,0 16,1 „END FORCED LABOR IN THE COTTON SECTOR OF UZBEKISTAN“. Cottoncampaign.org. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ „Archived copy“. 2014-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-noyabr.
- ↑ New Scientist. Reed Business Information, 18 November 1989 — 22–-bet. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
- ↑ „Arrested, threatened, beaten: The Uzbekistan activist who won't give up“. BBC News (2015-yil 29-iyun). Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
- ↑ „US government lifts ban on imports of cotton from Uzbekistan“ (2022-yil 29-sentyabr).
- ↑ „Uzbekistan: Cotton and Products Annual“.
- ↑ „New opportunities identified for the development of cotton growing and the textile industry“.
- ↑ „Home page - Silverleafe“. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
- ↑ „Sign in - insidedenim: Global denim industry news and views site“. insidedenim.com. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
- ↑ „Central Asian Cotton Powers Russia's Sanctioned Gunpowder Plants“.
- ↑ „White and fluffy death. How Uzbekistan and Kazakhstan help Russians produce gunpowder“.
- ↑ „Порох, хлопок и принудительный труд. Кто поставляет сырье российским оружейным заводам?“.(ruscha)