Ogʻoyi Buzurg (forscha: آغای بزرک [1], oʻzbekcha: Ogʻoyi Buzurg 1522 yoki 1523), Mastura Xonim (forscha: مستوره خانيم[2], oʻzbekcha: Mastura xonim) yoki Mastura Xotun[1] nomlari bilan tanilgan — Shayboniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida yashab oʻtgan soʻfiy avliyo ayol.

Ogʻoyi Buzurg
Vafoti 1522-1523
Buxoro xonligi

Biografiya

tahrir

Ogʻoyi Buzurg haqidagi asosiy maʼlumotlar 1550-yillarning oʻrtalarida Qarshi shahridan uncha uzoq boʻlmagan Xuzor viloyatida yashagan ayolning taʼlimoti va maʼnaviy yoʻli haqida hikoya sifatida yozilgan „Mazhar al-adjoib va majma al-gʻaroib“ asarida berilgan. Asar Hofiz Basir tomonidan yozilgan.

Ogʻoyi Buzurgni Shayboniyxonning sobiq rafiqasi va Buxoro xoni Ubaydullaxonning rafiqasi Moʻgʻulxonim hurmat qilar edi. Ogʻoyi Buzurg betob boʻlgach, Moʻgʻulxonim buxorodan tabiblar olib kelishni taklif qiladi, ammo u bu taklifni rad etadi. Moʻgʻul Xonim Ogʻoyi Buzurg xotirasiga bagʻishlab turkiy tilda sheʼr yozgan.

Ogʻoyi Buzurg faoliyati ilk bor XXI asrda oʻzbek tadqiqotchisi G.Aminova tomonidan oʻrganilgan[1].

Maqbara

tahrir
 
Maqbaradagi qabr toshi.

Vafotidan soʻng Oʻzbekistonning Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan mozorga dafn etilgan. Hozirda maqbara „Qiz-bibi“ deb ataladi. Ilgari bu joy darveshlarning boshpanasi boʻlgan.

Mozorning eng qadimiy qismi 1523-yilda vafot etgan muhtaram Ogʻoyi Buzurg dafn qilingan joydir. Afsonaga koʻra, u Muhammad paygʻambarning avlodi boʻlgan. Asosiy binolar XVI-XVIII asrlarda Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi davrida qurilgan.

Meʼmoriy yodgorlik "Oʻzbekiston moddiy madaniy merosi koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati" ga kiritilgan[3].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir