Olim Navkarov (tugʻ. 1983-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchisi. 2010—2011-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 11 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan[1].

Olim Navkarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Olim Navkarov
Tavallud sanasi 3-mart 1983-yil (1983-03-03) (41 yosh)
Tavallud joyi Zarafshon, Oʻzbekiston SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 77
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Traktor Toshkent 76 (31)
2008—2010 Lokomotiv 71 (16)
2010 Qizilqum 13 (4)
2011 FK Andijan 4 (1)
2012 Dinamo 2 (0)
2012 Lokomotiv 1 (2)
2013 Olmaliq FK 2 (1)
2013—2014 Qizilqum 8 (2)
2015 NBU-Osiyo - (-)
2016 Oqtepa - (-)
2016 Nurafshon-Buxoro 2 (1)
Milliy terma jamoa
2010–2011 Oʻzbekiston 11 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2013-yil 9-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2011-yil 26-mart uchun)

Hayoti tahrir

Olim Navkarov 30-mart 1983-yil Toshkent shahrida tavallud topgan[2].

Faoliyati tahrir

Olim Navkarov faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. 2007-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Keyin Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida uch mavsum toʻp surgan[3], 2010-yilda u „Qizilqum“da ijara asosida oʻynagan. Keyin „Andijon“, Samarqandning „Dinamo“si, yana Toshkentning „Lokomotiv“, „Olmaliq“, yana „Qizilqum“da oʻynadi.[4] 2015-yilda Olim „NBU-Osiyo“ klubida Birinchi ligada ishtirok etgan[5].[6] 2016-yilda ham Birinchi liga jamoalari: „Oqtepa“ va „Nurafshon“da oʻynagan.[7]

2010-yildan Olim Navkarov Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etila boshlandi. Bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. Shuningdek, 2011-yil yanvar oyida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan birgalikda 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi[5]. Olim Navkarov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 11ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urgan[3].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir