Andijon (futbol klubi)
Andijon PFK (Andijon professional futbol klubi) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi vakili, Andijon viloyati sharafini himoya qiladi[1]. 2024-yilda o‘tkazilgan Oʻzbekiston Kubogi sohibi.
Andijon PFK | |||
Toʻliq nomi | Andijon professional futbol klubi | ||
Laqabi | Burgutlar | ||
Asos solingan | 1964-yil | ||
Stadion | Bobur arena | ||
Stadion hajmi | 18.600 | ||
Egasi | UzAvtoMotors | ||
Prezidenti | Ulugʻbek Mirzayev | ||
Murabbiyi | Aleksandr Xamyakov | ||
Sardori | Ildar Mamatkazin | ||
Homiysi | UzAutoMotors | ||
Musobaqasi | Super liga | ||
|
Tarixi
tahrir1964—1967, 1989—1990-yillari „Spartak“, 1969—1974-yillari „Andijanets“, 1983—1985-yillari „Toʻqimachi“, 1986—1988-yillari „Paxtakor“, 1991—1996-yillari „Navroʻz“ va 1997-yildan boshlab „Andijon“ nomlari ostida chempionatlarda ishtirok etishni boshlagan. 1964—1970, 1973—1974, 1986—1991-yillari Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi chempionatida ishtirok etgan. Klub 1992-yildan 2004-yilgacha Oliy ligada, 2005-yilda Birinchi ligada ishtirok etgan. 2006-yili klub yana Oliy ligaa qaytgan. 2008-yilda oʻz tarixidagi eng yaxshi natija, Oliy ligada 5-oʻrinni qoʻlga kiritgan[2]. 2012-yilgi mavsum so'ngida esa jamoa Oliy ligani tark etgan va navbatdagi bir mavsumni birinchi ligada oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumni 13-pogʻonada yakunlagan.
2012-yil 22-avgustda klub Oliy ligadagi oʻz oʻrnini saqlab qolishiga yordam berish uchun, Azamat Abduraimovni bosh murabbiy sifatida tayinlagan. Klubdagi o'zgarishlar natija bermagan va jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasiga tushib ketgan. Klub navbadagi mavsum, Oʻzbekiston birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallab, yana Oliy Ligaga qaytgan. 2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng „Andijon“ atigi 4 ochko bilan chempionatda 14-oʻrinda edi. 2014-yil 14-iyun kuni „Bunyodkor“ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Oradan bir necha kun oʻtib, 2014-yil 20-iyunda Azamat Abduraimov isteʼfoga chiqqan. Klubga vaqtinchalik Ildar Mamatkazin bosh murabbiy etib tayinlangan. 2014-yil 26-sentyabrda Edgar Gess klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Klub nomlari
tahrir- 1964—1967: Spartak
- 1969—1974: Andijanets
- 1983—1985: Toʻqimachi
- 1986—1988: Paxtakor (Andijon)
- 1989—1990: Spartak (Andijon)
- 1991—1996: Navroʻz
- 1997—2005: Andijon
- 2006-yil: Andijon UzDEU avto
- 2008—h. v.: Andijon
Mahalliy tarix
tahrirMavsum | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Pos. | Oʻyin | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
1992 | 1 | 7 | 32 | 12 | 9 | 11 | 45 | 45 | 33 | 1/4 Final | Furqat Esonboyev | 11 | Karim Moʻminov |
1993 | 1 | 7 | 30 | 11 | 8 | 11 | 43 | 41 | 30 | 1/4 Final | Karen Safarov | 9 | Vladimir Jukovskiy |
1994 | 1 | 11th | 30 | 11 | 3 | 16 | 34 | 50 | 25 | 1/8 Final | Igor Golovanov | 12 | Iskandar Galiulin |
1995 | 1 | 8 | 30 | 10 | 7 | 13 | 38 | 43 | 38 | 1/16 Final | Qahramon Abduqodirov | 10 | Iskandar Galiulin |
1996 | 1 | 8th | 30 | 11 | 8 | 11 | 44 | 51 | 41 | Playoff Round | Qahramon Abduqodirov | 9 | Iskandar Galiulin |
1997 | 1 | 12th | 34 | 11 | 6 | 17 | 54 | 62 | 39 | 1/8 Final | Otabek Qilichev | 11 | Viktor Borisov |
1998 | 1 | 9 | 30 | 12 | 4 | 14 | 59 | 58 | 40 | 1/16 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 9 | Sergey Shevchenko |
1999 | 1 | 6 | 30 | 12 | 7 | 11 | 53 | 50 | 43 | Baxtiyor Hamidullayev | 24 | Sergey Shevchenko | |
2000 | 1 | 8th | 38 | 15 | 10 | 13 | 82 | 62 | 55 | 1/16 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 33 | Iskandar Galiulin |
2001 | 1 | 7 | 34 | 15 | 3 | 16 | 64 | 58 | 48 | 1/8 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 25 | Iskandar Galiulin |
2002 | 1 | 11th | 30 | 9 | 6 | 15 | 43 | 61 | 33 | 1/4 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 22 | Iskandar Galiulin |
2003 | 1 | 7 | 30 | 11 | 6 | 13 | 38 | 36 | 39 | Playoff Round | Baxtiyor Hamidullayev | 8 | Hakim Fuzaylov |
2004 | 1 | 14 | 26 | 6 | 1 | 19 | 30 | 68 | 19 | 1/8 Final | Shuhrat Yusupov | 8 | |
2005 | 2nd | 1 | 34 | 27 | 3 | 4 | 85 | 20 | 84 | 1/8 Final | Yodgor Akbarov | 26 | |
2006[3] | 1 | 10 | 30 | 10 | 5 | 15 | 46 | 52 | 35 | 1/16 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 17 | Edgar Gess |
2007 | 1 | 10 | 30 | 10 | 5 | 15 | 37 | 45 | 35 | 1/4 Final | Baxtiyor Hamidullayev | 6 | Edgar Gess |
2008 | 1 | 5 | 30 | 13 | 7 | 10 | 35 | 28 | 46 | 1/8 Final | Levan Mdivnishvili | 11 | Vladimir Bondarenko |
2009 | 1 | 7 | 30 | 10 | 9 | 11 | 47 | 48 | 39 | 1/8 Final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 9 | Orif Mamatkazin |
2010 | 1 | 7 | 26 | 9 | 7 | 10 | 28 | 29 | 34 | 1/4 Final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 11 | Amet Memet |
2011 | 1 | 12th | 26 | 7 | 7 | 12 | 29 | 43 | 28 | 1/8 Final | Lochinbek Soliyev | 11 | Orif Mamatkazin |
2012 | 1 | 14 | 26 | 4 | 4 | 18 | 28 | 52 | 16 | 1/4 Final | Vladimir Shishelov | 7 | Aleksandr Averyanov |
2013 | 2nd | 2nd | 30 | 23 | 2 | 5 | 76 | 24 | 71 | 1/16 Final | Lochinbek Soliyev | 15 | Azamat Abduraimov |
2014 | 1 | 14 | 26 | 3 | 3 | 20 | 18 | 50 | 12 | 1/8 Final | Abdulatif Abduqodirov | 3 | Azamat Abduraimov |
2015 | 1 | 13 | 30 | 8 | 4 | 18 | 27 | 56 | 28 | 1/8 Final | Anvar Berdiyev | 7 | Edgar Gess |
2016 | 1 | 16 | 30 | 6 | 5 | 19 | 20 | 50 | 23 | 1/4 Final | Nemanja Jovanović | 5 | Sergey Kovshov |
2017 | 2nd | 3rd | 34 | 21 | 9 | 4 | 73 | 32 | 72 | II-bosqich | Shahboz Jumaboyev | 15 | Vitaliy Legay |
2018 | 2nd | 12th | 32 | 18 | 9 | 5 | 57 | 29 | 63 | 1/4 Final | Shahboz Jumaboyev | 17 | Eldor Sakayev |
2019 | 1 | 10 | 26 | 6 | 10 | 10 | 23 | 37 | 28 | 1/8 Final | Shaxzod Ubaydullaev | 9 | Eldor Sakayev |
2020 | 1 | 13 | 26 | 2 | 10 | 14 | 16 | 38 | 16 | 1/8 Final | Jamshid Hasanov | 5 | Aleksandr Xomyakov |
2021 | 1 | 13 | 26 | 4 | 7 | 15 | 22 | 41 | 19 | Guruh bosqichi | Usmonali Ismonaliyev | 5 | Viktor Kumikov |
2022 | 2nd | Shahboz Erkinov | 12 | Viktor Kumikov | |||||||||
2023 | 1 | Rubin Hebaj | 12 | Aleksandr Xomyakov |
Jamoa ramzlari
tahrir-
Andijon jamoasi 2017—2021-yillar davomidagi logosi
-
"Andjon" klubining yangi logosi
Yutuqlar
tahrir- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolib (3): 2005-yil, 2018-yil, 2022-yil
- Oʻzbekiston Superligasi 5-oʻrin 2008-yil
Tarkibi
tahrirBirinchi jamoa tarkibi
tahrir- 2024-yil 6-oktyabr holatiga ko‘ra[4]
|
|
Oʻsmirlar jamoasi
tahrir
|
U19
tahrirU21
tahrir
|
|
Texnik xodimlar
tahrirJoriy murabbiylar shtabi
tahrirPosition | Name |
---|---|
Bosh murabbiy | Aleksandr Xomyakov |
Murabbiy yordamchisi | Artyom Petrosyan |
Murabbiy yordamchisi | Elyorbek Rahmatullayev |
Murabbiy | Asilbek Azizov |
Darvozabonlar murabbiyi | Olimjon Qobiljonov |
Bosh murabbiylari
tahrirYillar boʻyicha
Yillar | Bosh murabbiy |
---|---|
1964-yil | Yevgeniy Valitskiy |
1965 | Sergey Budagov |
1965—1966-yillar | Vladimir Desyatchikov |
1967—1983-yillar | maʼlumotlar yoʻq |
1973 | Idgay Tazetdinov |
1974 | Vladimir Eremeev |
1984-yil | Aleksandr Averyanov |
1985-yil | maʼlumotlar yoʻq |
1986—1987-yillar | Aleksandr Averyanov |
1988-yil | maʼlumotlar yoʻq |
1989-yil | Birodar Abduraimov |
1989-yil | Igor Frolov |
1990-yil | Aleksey Petrushin |
1990-yil | Aleksey Stepanov |
1991-yil | Yuriy Hakimov |
1991-yil | Rustam Usmonov |
1992-yil | Karim Moʻminov |
1992—1993-yillar | Vladimir Jukovskiy |
1994—1996-yillar | Iskandar Galiulin |
1996-yil | Bahrom Hakimov |
1997-yil | Viktor Borisov |
1997—1999-yillar | Sergey Shevchenko |
1999-yil | Boris Lavrov |
2000-2002 | Iskandar Galiulin |
2003-yil | Hakim Fuzaylov |
2004—2005-yillar | maʼlumotlar yoʻq |
2006—2007-yillar | Edgar Gess |
2007-yil | Ishtvan Sekech |
2007—2008-yillar | Orif Mamatkazin |
2008-yil | Vladimir Bondarenko |
2008—2009-yillar | Orif Mamatkazin |
2010-yil | Amet Memet |
2011-yil | Orif Mamatkazin |
2011—2012-yillar | Aleksandr Averyanov |
2012—2013-yillar | Azamat Abduraimov |
2014-yil | Orif Mamatkazin |
2014-yil | Sergey Shevchenko |
2014—2015-yillar | Edgar Gess |
2015—2016-yillar | Sergey Kovshov |
2016-yil | Baxtiyor Ashurmatov |
2017-yil | Usmon Toshev |
2018—2019-yillar | Eldor Sakayev |
2020-yil | Aleksandr Xomyakov |
2020-yil | Baxtiyor Hamidulayev |
2020-yil | Otabek Gʻulomxoʻjayev |
2020—2022 | Viktor Kumikov |
2023-yil | Aleksandr Xomyakov |
Muxlislar, raqiblar, derbilar, taxalluslar
tahrirAndijon mamlakatdagi eng katta muxlislar armiyasiga ega jamolardan biridir. „Andijon“ jamoasining deyarli har bir uy uchrashuvida 18600 tomoshabinga moʻljallangan „ Sogʻlom avlod“ stadioni toʻlib-toshgan.
„Andijon“ jamoasining asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalaridir. Bular Oʻzbekistonning bir-biriga tutashgan 3 ta demografik yirik viloyati – Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining (viloyatlarning) asosiy jamoalaridir.
Ularning barchasi Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, u Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoning eng unumdor va goʻzal maskanlaridan biri hisoblanadi.
Shunga koʻra, ushbu 3 klub oʻrtasidagi oʻyinlar nafaqat oʻz muxlislari, balki butun Oʻzbekiston futbol muxlislarida katta qiziqish uygʻotadi.
Bu uch jamoa toʻqnashuvi „Vodiy derbisi“ deb nomlanib, Sovet davridan qolgan.
„Andijon“ning muxlislar orasida laqablari koʻp. Eng keng tarqalganlari „Burgutlar“, „Andijonliklar“, „Avtomobisozlar“.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Super ligasi[sayt ishlamaydi]
- ↑ „АРХИВ. Ёмғир остида ўтган "Андижон" - "Бунёдкор" учрашуви“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „АРХИВ. "Андижон" жамоасининг 2006 йилги таркиби“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Andijon“. Transfermarkt.com. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Andijanfc.uz (Wayback Machine saytida 2024-03-15 sanasida arxivlangan)Andijon futbol klubi Instagram
- Andijon futbol klubi
- FK Andijon – Weltfussballarchiv (Wayback Machine saytida 10-dekabr 2012-yil sanasida arxivlangan)
- Rasmiy Telegram kanali