Oqshoh (? - 1221) - Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Xorazmshoh oʻlimi oldidan O. va boshqa oʻgʻli Oʻmoqshohak chaqirib taxtni Jaloliddin Manguberdiga berajagini bildirgan. Akaukalar Gur-ganjni mudofaa etish uchun kelishgan. Sobiq valiaxd Oʻzloqshoh tarafdorlari Jaloliddinni tan olmaganlar. Jaloliddin Gurganjni tashlab ketishga maj-bur boʻlgan. 3 kundan soʻng moʻgʻullarning yaqinlashib kelayotganini eshitgan Oʻzloqshoh va O.lar ham shaharni tark etganlar. Moʻgʻullar ularni taʼqib etib, Habushon viloyatidagi Vashta qishlogʻida ularga yetib olganlar. Avvaliga shahzodalar moʻgʻullarning bir toʻdasini yengishgan, gʻalabadan kibrlanib, xavf-xatardan ogoh boʻlmay turganlarida moʻgʻullar ularni qurshab olib, askarlari bilan cho-pib tashlagan. Moʻgʻullar O. va Oʻzloqshohning kallalarini nayzaga ilib mamlakat boʻylab koʻtarib yurishgan.

Juvayniining yozishicha, Uzloqshoh va O. moʻgʻullar tomonidan asir olinib, 2 kundan soʻng qatl etilgan. Rashiduddinga koʻra, moʻgʻullar ularni shahzoda ekanliklaridan bexabar boshqalar qatori chopib tashlaganlar.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil