Orenburg echki zoti
Orenburg echki zoti - tivit yoʻnalishidagi echki zoti. Orenburg echki zotiz. mahalliy ti-vitli echkilarni uzoq vaqt tanlab chatishtirish yoʻli bilan chiqarilgan. Tana tuzilishi baquvvat. Shoxlari uzun. Serkalari oʻrtacha 65–70 kg, urgochilari 45– 47 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi 0,3—0,4 kg. Juni tivit (35%, uz. 5—6 sm, ingichkaligi 14—16 mkm) va qil (65%, uz. 7—9 sm, ingichkaligi 80— 90 mkm)dan iborat. Tiviti qoramtirkulrang. Oqranglisi kam uchraydi. Tarab olinadigan tivit chiqimi 0,2—0,3 kg dan 0,5 kg gacha. Tiviti butun dunyoga mashhur. Undan issiq Orenburg roʻmollari tayyorlanadi. Sogim davrida 90– 120 kg sut beradi, yogʻliligi 4,8—5%. 100 ta ona echkidan 125 — 140 uloq olinadi. Bu echki Orenburg, Chelyabinsk viloyatlarida, Boshqirdistonda va Qozogʻistonning ayrim joylarida boqiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |