Qoʻshkoʻpir tumani
Qoʻshkoʻpir tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1936-yil 17-aprelda tashkil etilgan. 1962-yil 14-dekabrda Xiva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1966-yil 9-yanvarda qayta tashkil etilgan. Shimoldan Shovot tumani, shim.-sharq va sharqdan Urganch tumani, janubdan Xiva tumani, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qoʻshkoʻpir), 13 qishloq fuqarolari yigʻini (Shix, Kenagas, Oqdarband, Xonobod, Xosiyon, Shixmashhad, Yangilik, Oʻzbekyop, Oʻrtayop, Qatagʻon, Gʻozovot, Hadra, Hayrobod, Nezaxos) bor. Tuman markazi – Qoʻshkoʻpir shaharchasi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qoʻshkoʻpir |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi | 128,7 ming kishi |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 0,54 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
41°31′56″N 60°21′4″E / 41.53222°N 60.35111°E |
Etmologiyasi
tahrirQoʻshkoʻpir toponomikasi ikkita koʻpir yaʼni koʻprik nomidan olinganligi aniq deya aytadi Umid Bekmuhammad oʻzining Xorazm va Xorazmliklar kitobida[1]. Xiva xonligi davrida bu hududlarga Gʻazovot deb atalgan. 1935-yilda esa Gʻzavot va Qoʻshkoʻpir birlashtirilib Qoʻshkoʻpir tumani tashkil etildi[2]. OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI kitobida ham ushbu hududda bir joyda ikkita koʻprik joylashganligi uchun u Qoʻshakoʻpir deb atalgan, keyinchalik u mahalliy sheva vakillari nutqida Qoʻshkoʻpir deb nomlangan deyilgan[3]. Oʻzbek tilining toponimlarining oʻquv izohli lugʻatida yonma-yon ikkita koʻprik qurilgan qishloq deyilgan[4].
Tabiati
tahrirTuman hududi, asosan, tekislik. Iqlimi keskin kontinental. Qishning eng sovuq oyi (yanvar)da oʻrtacha temperatura —5°, eng past temperatura —32°. Yozning eng issiq oyi iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, eng yuqori temperatura 42°. Vegetatsiya davri 192 kun. Yillik yogʻin 50-100 mm. Tuman hududini kesib oʻtgan Kattakoʻl, Dovdon, Dovudkoʻl magistral kollektorlari va ularga tutashgan kollektor – drenaj shoxob-chalari ishlab turibdi. Tuprogʻi oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, turangʻil, yulgʻun; yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon uchraydi.
Aholisi
tahrirAholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, eroniy, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 239 kishi. Shahar aholisi 16,9 ming kishi (2005). Qishloq aholisi 111,8 ming kishi.
Xoʻjaligi
tahrirTumanda paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, tikuvchilik va gilamchilik sexlari ishlab turibdi. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar va boshqa faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashtan. Dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, balikchilik ham rivojlangan. 1 ijara xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari, 1 aksiyadorlik jamiyati, „Qushkoʻpir parranda“, „Qoʻshkoʻpirpilla“ masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, „Qoʻshkoʻpir-asalarichilik“ jamoa korxonasi bor (2005). Jami 27,7 mint ga ekin may-donnint 13,3 ming gektariga paxta, 5,3 ming gektariga gʻalla, 370 gektariga kartoshka, 800 gektariga sabzavot; shuningdek, poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2005). Mevazor, tutzorlar bor.
Qoʻshkoʻpir tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 54,5 ming^Qoramol (shu jumladan, 22,9 ming sigir), 55,1 ming qoʻy va echki, 163 ming parranda boqiladi (2005). Asalarichilik va pil-lachilik bilan ham shugʻullaniladi.
Maorifi, matbuoti va tibbiy muassasalari
tahrirTumanda 55 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 35 tarmogʻi, madaniyat uylari, 15 madaniyat muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi (2005). stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi (430 oʻrin), poliklinika, tugʻruqxona, 4 tish davolash poliklinikasi punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 216 vrach aholiga xizmat koʻrsatadi (2005). Qoʻshkoʻpir tumani markazi Qoʻshkoʻpir shaharchasidan Xiva, Urganch va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼ-moriy yodgorliklardan Imorat bobo meʼmoriy majmuasi (14—18-asrlar) saqlangan. 1941-yildan „Hayot koʻzgusi“ tuman gaz. chop etiladi.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Xorazm va Xorazmliklar. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
- ↑ Xorazm va Xorazmliklar. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
- ↑ OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI. Toshkent. 2022
- ↑ Oʻzbek tilining toponimlarining oʻquv izohli lugʻati. Toʻra Nafasov, Vazira Nafasova. Toshkent. 2007.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |