Rostok universiteti — Yevropadagi qad. untlardan biri. 1419-yil tashkil etilgan. Germaniyaning Rostok shahrida. Oʻrta asrlarda Shimoliy Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari uchun taʼlim markazi boʻlgan. 1437—43 yillarda vaqtincha Greyfsvald, 1487—90 yillarda Vismar va Lyubek shahrilarida joylashgan. Mat. Va tabiiy fanlar, kemasozlik, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 1,5 mln.dan ortik, asar saqlanadi. Universitetda 6 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil