Rustam Teshaboyev

oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Rustam Dadajonovich Teshaboyev (1946-yil 20-mart, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR2011-yil 22-dekabr, Pekin, Xitoy) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona fillialining ilk rahbari[1].

Rustam Dadajonovich Teshaboyev

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va Rustam Teshaboyev (Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali ochilishi, 2005-yil)
Tavalludi 20-mart 1946-yil
Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 22-dekabr 2011-yil(2011-12-22)
(65 yoshda)
Pekin, Xitoy
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis quruvchi
Sohasi arxitektura
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Rustam Teshaboyev 1946-yil 20-mart Farg‘ona tumanida o‘qituvchi oilasida tugʻilgan. 1963-yilda shu tumandagi 5-maktabni tamomlagan. 1953—1968-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 1968—1969-yillarda Farg‘ona politexnika instituti assistenti, 1975—1976-yillarda ushbu institutning „Sanoat va fuqaro qurilishi“ kafedrasi mudiri, 1976—1998-yillarda qurilish fakulteti dekani, 1998—2005-yillarda Farg‘ona politexnika instituti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari prorektori, 2005—2011-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali direktori lavozimida ishlagan[2][3].

Vafoti tahrir

2011-yil 22-dekabrda Xitoy Xalq respublikasining Pekin shahrida respublika miqyosidagi xizmat safarida vafot etgan[2].

Ilmiy faoliyati tahrir

1971—1974-yillarda Moskva muhandislik-qurilish instituti aspiranturasida tahsil olgan va 1975-yilda nomzodlik dessertatsiyasini yoqlagan. 1997-yilda Toshkent arxitektura–qurilish institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Qurilish mavzusiga doir 130 dan ziyod ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 6 ta o‘quv darslik va qo‘llanmalar muallifi[2].

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE