Said Sholikorboy majmuasi

Oʻzbekistonning Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik

Said sholikorboy majmuasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Tarixiy shaharning tashqi qismi – Dishan qalʼada bunyod etilgan. Masjid, madrasa, minora va 2 ta kichik hovlini oʻz ichiga oladi. U majmuani qurgan savdogar Sholikorboy sharafiga nomlangan. 1842-yilda qurib bitkazilgan.

Said Sholikorboy majmuasi

Said Sholikorboy majmuasi
Joylashuvi Kaptarxona mahallasi
Xiva shahri
Xorazm viloyati
Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′28″N 60°21′47″E / 41.374463°N 60.363073°E / 41.374463; 60.363073
Konfessiya islom
Turi Majmua
Arxitektura uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Asoschi Sayid Niyoz Sholikorboy
Asosiy sanalar 1842-yil
Qurilish boshlanishi 1830-yil
Qurilish yakunlanishi 1842-yil
Yodgorliklar Masjid, madrasa, minora
Holati davlat himoyasida
Qurilish materiali Pishiq gʻisht
Map
Said Sholikorboy majmuasi xaritada
Said Sholikorboy majmuasi

Joylashuvi

tahrir

Said Sholikorboy majmuasi Xivaning tashqi shahar qismida – Dishan qal’ada, Polvon Darvoza shahar darvozasidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda joylashgan, ammo u haligacha tarixiy Ichan qal’a shahri yodgorligi sifatida YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[1].

Tarixi

tahrir

Majmua Xiva xonligida Olloqulixon hukmronlik davrida taxminan 1830—1842-yillarda qurilgan. Sholi yetishtirish va sotish bilan shugʻullangan mahalliy savdogar Said Niyoz Sholikorboy (sholikor – sholi yetishtiruvchi) majmua bunyodkori edi. Sayid Niyoz Sholikorni sholi oqlovchi yaʼni dapmachi deb ataganlar. Otasi boy savdogarlardan boʻlib vafot etganidan keyin barcha boyligi oʻgʻli Sayid Niyozga qoladi. U Eronga qatnab, savdo ishlarini olib borgan. Toʻplagan pullariga Olloqulixondan ruxsat olib masjid bunyod ettirgan. Keyinchalik masjid yonida madrasa va minora ham qad rostlagan[2].

Said Sholikorboy masjidi shahardagi Jumadan keyingi ikkinchi yirik masjiddir. Masjid qurilishida meʼmor oldiga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat edi: koʻproq odam sigʻadigan usti yopiq joy, hovlining ichkari tomonida musulmonlar salqinlasa boʻladigan maydonchalar. Sayid Sholikorboy masjidi shu uslubda bino qilingan[3].

Meʼmorchiligi

tahrir

Majmua (33,0x32,0 m) 2 hovli, masjid, Madrasa, ayvon va minoradan iborat. Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (24,4x21,2 m), bal. 12 m., 9 gumbazli, 4 ustunli markaziy gumbazi ravoqsimon bagallarga tayangan, diametri (4,8 m)ning kengligi bilan ajralib turadi. Masjidga ayvon orqali 3 boʻlmali 3 eshikdan kiriladi. Ayvondagi ustunlarda mahalliy yogʻoch uymakorligining eng yaxshi anʼanalari aks ettirilgan. Ustunlardan birida 1797 y. sanasi saqlangan. Ayvon devorlariga ganchdan oʻymakori usulda namoyenlar ishlangan. Masjidga shim.dan hovli tutash boʻlib, hovlining yarmisini ayvon egallagan. Madrasa (14,6x4,2 m) masjid sharqidagi kichik hovli atrofidagi tartibsiz joylashgan bir necha xonadan iborat. Sharqiy va shim. tomonidagi hujralar 2 qavatli. 1-qavati tokchali, 2-qavati derazali. Madrasa va masjidga kiraverish oraligʻida minora (diametri – 4,5 m) qad koʻtargan. Minorasi Xiva shahrining hamma yeridan koʻzga tashlanadi. Minoraning tepasiga chiqish uchun ichida aylanma zina qurilgan. Tanasi bezaklarga boy. Minoraning balandligi 30 metrga yetadi. Tepasidagi sharafasining ostiga ravoqsimon mezana ishlangan. Bosh tarzidagi peshtoq bezagida „bantak“ uslubi qoʻllangan. 1983-yilda qayta taʼmirlangan. Minora pishiq gʻishtdan qurilgan. Hozirgi paytda minora biroz qiyshaygan boʻlib, Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan asl holatiga qaytarish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda[4].

Ayvonning 3 ta ustunining har biri anʼanaviy Xiva meʼmorchiligi uslubida yogʻoch oʻymakorligi bilan namunali bezatilgan.

Hozirgi kunda majmuada Xiva jome masjidi joylashgan.[5]

Manbalar

tahrir
  1. Alexey Arapov. Die historischen Denkmäler Usbekistans. Taschkent·Samarkand·Buchara·Chiva·Shahrisabz.. SMI-ASIA, Taschkent 2016 — 92-bet. ISBN 978-9943-17-075-9. 
  2. „Sayid Sholikorboy masjidi“. khivamuseum.uz. Qaraldi: 15-oktabr 2023-yil.
  3. „Sayid Sholikorboy masjidi“. meros.uz. Qaraldi: 15-oktabr 2023-yil.
  4. Bobojonov D, Abdurasulov M. Firdavsmonand shahar. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2008 — 80-bet. 
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil