Salavat Yulaev xokkey klubi (ruscha: Хоккейный клуб «Салават Юлаев»; boshqirdcha: «Салауат Юлаев» хоккей клубы) (odatda Salavat Yulaev Ufa deb ataladi) Rossiya Federatsiyasining federal subyekti Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida joylashgan professional xokkey jamoasidir. „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining Chernyshev divizioni aʼzosidir.

1961-yilda tashkil etilgan „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi Sovet davrini asosan, quyi divizionlarda oʻtkazdi. Sovet davrida „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi bor-yoʻgʻi besh mavsum oliy ligada ishtirok etdi. Klub Sovet Ittifoqi parchalanganidan beri Rossiya oliy ligasida qatnashib kelmoqda.

„Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi 2011-yilda bir marta KHL chempioni sifatida Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, klub ikki marta, 2009 va 2010-yillarda, muntazam mavsum chempionligini qoʻlga kiritdi va ikkinchisi uchun ilk Kontinental kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi 2008-yilda Rossiya Superligasining yakuniy chempionligini qoʻlga kiritgan edi.

Tarixi tahrir

Sovet davri tahrir

1961-yilda tashkil etilgan klub Boshqirdiston milliy qahramoni Salavat Yulaev nomi bilan atalgan. Yillar davomida quyi divizionlarda kurash olib borgan „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubi 1964-yilda Sovet ligasining ikkinchi darajasidagi „A klassi“ga taklif qilindi va keyinchalik 1978 —1979, 1980 —1981, 1982 —1983, 1985 —1986 va 1986 —1987-yilgi mavsumlarda elita guruhiga koʻtarildi.  

KHL davri tahrir

2008-yil 11-iyulda klub NHL yulduzi Alexandr Radulov bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil 9-iyunda matbuot bayonotida klub Viktor Kozlov bilan uch yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berildi[1].

2022-yil mart oyida jamoadagi toʻrtta fin oʻyinchisi, shu jumladan toʻpurarlar yetakchisi Teemu Hartikainen hamda Geoff Platt va Philipp Larsen Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli jamoani tark etishdi[2].

Muntazam mavsum KHL natijalari tahrir

r

Mavsum Oʻyin Gʻalaba Magʻlubiyat Qoʻsjimcha vaqtdagi magʻlubiyatlar Ochkolar Gollar

(uy oʻyinida)

Gollar

(safar oʻyinida)

Natija va diviziya Toʻpurarlar Pley-off oʻyinlari
2008 —2009 56 38 8 2 129 203 116 1-oʻrin, Bobrov Alexei Tereshchenko Dastlabki bosqichda magʻlub boʻldi, 1-3 (Avangard Omsk)
2009 —2010 56 37 8 1 129 215 116 1-oʻrin, Chernyshev Alexander Radulov Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Ak Bars Kazan)
2010 —2011 54 29 12 0 109 210 144 2-oʻrin, Chernyshev Alexander Radulov Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (Atlant Moscow Oblast)
2011 —2012 54 23 18 1 89 173 152 2-oʻrin, Chernyshev Alexander Radulov Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Ak Bars Kazan)
2012 —2013 52 24 17 0 88 148 140 2-oʻrin, Chernyshev Igor Mirnov Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Ak Bars Kazan)
2013 —2014 54 25 16 3 94 140 155 2-oʻrin, Chernyshev Dmitri Makarov Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Metallurg Magnitogorsk)
2014 —2015 60 25 27 2 86 173 158 4-oʻrin, Chernyshev Kirill Koltsov Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Metallurg Magnitogorsk)
2015 —2016 60 29 22 3 101 179 156 3-oʻrin, Chernyshev Linus Omark Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Metallurg Magnitogorsk)
2016 —2017 60 27 20 13 88 169 174 3-oʻrin, Chernyshev Linus Omark Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Ak Bars Kazan)
2017 —2018 56 31 20 5 93 151 139 1-oʻrin, Chernyshev Linus Omark Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Traktor Chelyabinsk)
2018 —2019 62 31 21 10 72 158 140 3-oʻrin, Chernyshev Linus Omark Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Avangard Omsk)
2019 —2020 62 29 23 10 68 153 144 3-oʻrin, Chernyshev Linus Omark Konferensiya chorak finalida gʻolib boʻldi, 4-2 (Avangard Omsk)

Final oʻyini COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi.
2020 —2021 60 28 17 5 81 181 151 2-oʻrin, Chernyshev Teemu Hartikainen Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (Ak Bars Kazan)
2021 —2022 45 28 11 6 62 131 96 1-oʻrin, Chernyshev Markus Granlund Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Traktor Chelyabinsk)

Oʻyinchilar tahrir

Joriy roʻyxat tahrir

  2022-yil 30-iyul holatiga koʻra;

Raqam Davlat Oʻyinchi Pozitsiyasi Yoshi Klubga qabul qilingan yili Tavallud joyi
61   Danil Alalykin Hujumchi 21 2019 Ufa, Rossiya
28   Rodion Amirov Hujumchi 21 2019 Salavat, Rossiya
97   Viktor Antipin Himoyachi 29 2021 Ust-Kamenogorsk, Qozog'iston
19   Danil Bashkirov Hujumchi 21 2019 Tyumen, Rossiya
48   Yevgeny Biryukov Himoyachi 36 2020 Magnitogorsk, Rossiya SFSR
-   Stanislav Bocharov Hujumchi 31 2022 Khabarovsk, Rossiya SFSR
-   Sasha Chmelevski Hujumchi 23 2022 Huntington, California, AQSH
-   Ivan Drozdov Hujumchi 23 2022 Vitebsk, Belarus
-   Josh Ho-Sang Hujumchi 26 2022 Toronto, Ontario, Kanada
78   Alexander Kadeikin Himoyachi 29 2018 Elektrostal, Rossiya
-   Andrei Kareyev Darvozabon 28 2022 Novokuznetsk, Rossiya
98   Vladislav Kartayev Himoyachi 30 2019 Chelyabinsk, Rossiya
2   Pavel Koledov Himoyachi 28 2018 Novosibirsk, Rossiya
41   Nikolay Kulemin Hujumchi 36 2021 Magnitogorsk, Rossiya SFSR
87   Gleb Kuzmin Hujumchi 25 2017 Voronezh, Rossiya
85   Shakir Mukhamadullin Himoyachi 20 2019 Ufa, Rossiya
-   Ryan Murphy Himoyachi 29 2022 Aurora, Ontario, Kanada
33   Mikhail Naumenkov Himoyachi 29 2020 Moskva, Rossiya
11   Grigori Panin Himoyachi 37 2017 Karaganda, Qozog'iston SSR
68   Artyom Pimenov Hujumchi 26 2019 Sarapul, Rossiya
92   Alexei Pustozyorov Hujumchi 22 2020 Chebarkul, Rossiya
17   Stepan Sannikov Hujumchi 32 2021 Solikamsk, Rossiya SFSR
93   Sergei Shmelyov Hujumchi 29 2021 Nizhnekamsk, Rossiya
-   Yevgeny Timkin Hujumchi 32 2022 Murmansk, Rossiya SFSR
-   Ilya Yezhov Darvozabon 35 2022 Krasnodar, Rossiya SFSR

Yutuqlar tahrir

Chempion tahrir

  Gagarin kubogi (1): 2011

  KHL Muntazam mavsum / Kontinental kubogi (2): 2009, 2010

  Opening kubogi (2): 2008—2009, 2011—2012

  Rossiya Superligasi (1): 2008

  IIHF kontinental kubogi (1): 1995

  Sovet ligasi A2 darajasi (5): 1978, 1980, 1982, 1985, 1992

  Pajulahti kubogi (1): 2003

Ikkinchi o‘rin tahrir

  KHL 2013—2014, 2015—2016

  Kontinental kubogi (1): 1997

  Spengler kubogi (2): 2007, 2014

  Rossiya Superligasi (1): 1997

  IHL chempionati (1): 1995

Manbalar tahrir

  1. „Виктор Козлов продолжит карьеру в Уфе“. HC Salavat Yulaev Ufa (2009-yil 9-iyun). 2009-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Venäläismedia: Suomalaiset KHL-pelaajat lähtevät joukolla Venäjältä“ (Finnish). Ilta-Sanomat (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 4-mart.