Samarqanddagi buxoro yahudiylari

Samarqanddagi Buxoro yahudiylari anʼanaviy turmush kechirishgan va kechirishadi. Buxoro yahudiylarining eng katta jamoasi hisoblangan[1].

Yahudiy bolalari oʻz oʻqituvchilari bilan, Samarqand, 1905-1915-yillar

Kelib chiqishi

tahrir

Qadimgi, Ilk va Oʻrta asrlar

tahrir

Yahudiylar qadimgi Soʻgʻd viloyatiga milodimizning dastlabki yillarida Ahamoniylar saltanati orqali kirib kelgan boʻlishi mumkin. Yahudiylarning Oʻrta Osiyoga koʻchib kelishining ikkinchi toʻlqini Imperator Mark Avreliy davrida rimliklarga qarshi koʻtarilgan Bar-Koxba isyonining qattiqqoʻllik bilan bostirilishi bilan bogʻliq[2].

Ilk oʻrta asrlarda Samarqandda yahudiylarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma manbaga ega emasmiz, biroq ularning mavjudligini taxmin qilish mushkul emas. Soʻgʻd viloyati orqali, undan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻlining savdo yoʻllari orqali yahudiy savdogarlari Sharqiy Turkistonga chiqishgan.

Samarqand yahudiylarga qarchi cheklovlar amal qilgan Buxoro xonligi tarkibida boʻlgan XVII asr — XIX asrning birinchi yarmi yahudiylar uchun „21 taʼqiq“ sifatida tarixga kirgan. XIX asr oʻrtalariga qadar, Samarqand yahudiylari bir-biridan ayro holda, shaharning turli mavzelarida istiqomat qilgan. 1843-yil 5-martda Samarqand yahudiylari jamoasi tomonidan sharqiy shahar darvozasi haqinidagi yer maydonchasi xarid qilingan. Mazkur hududda Yahudiylar mahallasi — „Mahallai Yahudiyon“ barpo etilgan. 1840-1850-yillarda Samarqandga Mashhaddan qochib chiqqan koʻplab yahudiylar kelib oʻrnashgan[1].

 
Samarqanddagi yahudiy maktabi, 1840-1888-yillar
 
IV asr oxirida Sosoniylar saltanati. Fors shahanshohi Yazdigard I Yahudiylik diniga eʼtiqod qiladi va Yahudiya shoh-ravvini, Qadimgi Isroil podshosi Dovud avlodidan boʻlmish Gun bar Natanning qizi Shoshanduxtga uylanadi. Shahanshohdan uch oʻgʻil tugʻiladi. Oʻrtancha ogʻil Bahrom otasidan keyin taxtni egallaydi va shahanshoh boʻladi. Kichik oʻgʻil Narseh esa oʻz ichiga Marv, Buxoro va Samarqandni ham oluvchi Xuroson viloyatining noibiga aylanadi.

Rus bosqinidan keyin

tahrir

Samarandning 1868-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi bilan Oʻrta Osiyo yahudiylarining mahalliy aholi bilan huquqiy tengsizliklari biroz yumshatildi. Shaharga Ashkenazi yahudiylari kelib joylasha boshladi, Turkiston temir yoʻllarining qurib, ishga tushirilishi bilan ularning oqimi yanada ortdi. 1885-1890-yillarda Samarqandning yahudiy mahallasi markazida katta sinagoga barpo etiladi. XX asrning boshlarida shaharda 30 dan ortiq sinagogalar mavjud boʻlgan. Samarqandda Xasidizm diniy yoʻnalishining viloyat jamoasi joylashgan boʻlib, uning aʼzolari soni 1914-yilda 853 kishiga yetgan[1].

XIX asrning oxirida rasmiy hujjatlarda "Buxoro yahudiylari" atamasi paydo boʻldi. Buxoro amirligi hududida istiqomat qiluvchi yahudiylar shunday nomlangan, Turkiston hududida yashovchi yahudiylar esa „mahalliy yahudiylar“ deb atalgan. 1917-yil Oktabr hodisalari va uning ketidan kelgan Oʻrta Osiyodagi siyosiy oʻzgarishlardan keyin „Buxoro yahudiylari“ atamasi mintaqada istiqomat qiluvchi barcha yahudiylarga nisbatan qoʻllana boshladi. Samarqandda yahudiy madaniyat markazi va ivrit tilida taʼlim beriluvchi oʻrta maktab barpo etiladi[1]. 1926-yilda Samarqanddagi yahudiylar soni 7740 kishiga, 1935-yilda esa — 9832 kishiga yetdi. Samarqand yahudiylari jamoasi Buxoro yahudiylarining eng yirik jamaosi sifatida qoldi. Shuningdek, Samarqandda istiqomat qiluvchi Ashkenazi yahudiylari soni ham bir necha yuzga yetdi. Buxoro-yahudiy tilida taʼlim beriluvchi oʻrta maktab ham faoliyat yuritdi. I. S. Lurye tashabbusi bilan Yahudiy muzeyi tashkil etildi. Buxoro yahudiy tilida spektakllar qoʻyiluvchi teatr ham faoliyat yuritdi[1].

 
Miloddan avvalgi VI asr. Ahamoniylar imperiyasi Yangi Bobil podsholigi va Oʻrta Osiyoni oʻz ichiga olgan. Yahudiylar mamlakat boʻylab erkin oʻrnashish huquqiga ega boʻladi

Oʻrta Osiyo yahudiylarining anʼanaviy kasblaridan biri bu boʻyoqchilik edi. Shuningdek, savdogarlar ham koʻpgina edi. Samarqandlik savdogar-kommersantlar qoʻshni mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq ishlarida faol ishtirok etishgan. Ular qatoriga Abramovlar, Fuzaylovlar, Isaxarovlar kabi oilalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga, Oʻrta Osiyo yahudiylarining qishloq xoʻjaligi sohasiga ham kirib kelishi kuzatildi. 1920-yillarda qishloq xoʻjaligi oʻrtoqliklari tashkil etiladi. 1937-yilda Oʻzbekiston boʻylab 15 ta yahudiy koxlozlari mavjud boʻlib, ulardan eng yiriklari Samarqand okrugida edi. Qolaversa, yahudiylar orasida zargarlar, bichuvchilar, sartaroshlar, tabiblar boʻlgan; sozanda va raqqoslar shuhrat qozongan. Butun Buxoro amirligi boʻylab professional yahudiy qoʻshiqchilari —— „sozanda“lar oʻz sanʼatlari bilan nom taratgan. XX asr boshida Samarqand xalqi xotirasida uzoq muhrlanib qolgan bir qator qoʻshiqchi va musiqachilar yetishib chiqdi. XIX asr oxiri — XX asr birinchi choragining eng mashhur xonandalaridan biri Levi Babaxanov edi. Bu roʻyxatga Murdaxay Tanburi, Kamol hofiz, Qori Siroj, Mixoel va Isroel Tolmasovlar, aka-uka Mulloqandovlarni ham kiritish mumkin[1]. Samarqandda, shuningdek, buxoro-yahudiy tilida qalam tebratuvchi koʻplab yozuvchi va shoirlar faoliyat yuritgan. Ular qatoriga Y.I. Kurayev, Y.S. Oqilov, B.M. Qalandarov, Y.I. Kalontarov, M.Zavul; adabiyotshunos olimlar Y.A. Boboyev, N.M. Mallayev; tarixchi olim va shoir M.B. Abramovni kiritish mumkin[3].

Bugungi kun

tahrir

1960-yillardan yahudiylarning mamlakatni tark etishi boshlanadi. 1990-yillar boshida Samarqandda 6-7 ming yahudiy istiqomat qilgan. Bugungi kunda shaharda yahudiy jamoat tashkilotlari qonuniy faoliyat yuritadi, sinagogalar ishlaydi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Aminov S. M. Iz istorii evreyskoy diaspori Samarkanda. — V: Rol goroda Samarkanda v istorii Mirovogo kulturnogo razvitiya. Materiali Mejdunarodnogo nauchnogo simpoziuma, posvyaщyonnogo 2750-letnemu yubileyu goroda Samarkanda. // Fan AN RUz. — 2007.
  • Kobzeva O. P. Rol Velikogo shyolkovogo puti v formirovanii etnicheskogo raznoobraziya Zarafshanskoy dolini. — V: Rol goroda Samarkanda v istorii Mirovogo kulturnogo razvitiya. Materiali Mejdunarodnogo nauchnogo simpoziuma, posvyaщyonnogo 2750-letnemu yubileyu goroda Samarkanda. // Fan AN RUz. — 2007.
  • Kamarzoda A. Vklad Samarkanda v razvitie xudojestvennoy literaturi vostoka. — V: Rol goroda Samarkanda v istorii Mirovogo kulturnogo razvitiya. Materiali Mejdunarodnogo nauchnogo simpoziuma, posvyaщyonnogo 2750-letnemu yubileyu goroda Samarkanda. // Fan AN RUz. — 2007.
  • Kaganovich A. Druzya ponevole: Rossiya i buxarskie evrei, 1800—1917. M.: Novoe literaturnoe obozrenie, 2016.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Аминов, С. М.. Из истории еврейской диаспоры Самарканда. (Ruscha). Фан АН РУз., 2007 — 431-bet. 
  2. Кобзева, О. П.. Роль Великого шёлкового пути в формировании этнического разнообразия Зарафшанской долины (ruscha). Фан АН РУз., 2007 — 164-166-bet. 
  3. Камарзода А.. Вклад Самарканда в развитие художественной литературы востока. — В: Роль города Самарканда в истории Мирового культурного развития.. Фан АН РУз., 2007 — 207-209-bet.