Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti
Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti (arabcha: مطار الأمير نايف بن عبدالعزيز الدولي) (IATA: ELQ, ICAO: OEGS), sobiq Qosim xalqaro aeroporti, Saudiya Arabistonining Burayda shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport hisoblanadi[2]. Aeroport Buraydaning chetidagi Mulayda shaharchasida joylashgan. Saudiyaning sobiq valiahd shahzodasi Naif bin Abdulaziz sharafiga nomlangan va birinchi navbatda, qirollikning shimoliy viloyatlariga xizmat qiladi. Xalqaro yoʻnalishlar 9 ta davlat bilan cheklangan: BAA, Misr, Bahrayn, Ozarbayjon (mavsumiy), Bosniya va Gerzegovina (mavsumiy), Qatar, Kuvayt, Pokiston va Turkiya. 1964-yilda tashkil qilingan[3] aeroport Matarat Holding Company tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi. Saudiya podshohi Abdulloh ibn Abdulazizning 2012-yil 5-iyuldagi qirollik farmoni bilan sobiq valiahd shahzoda Naif bin Abdulaziz xotirasiga bagʻishlab uning nomi berilgan[4][3].
Shahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: ELQ – ICAO kodi: OEGS | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Operator | Matarat Holding Company | ||
Xizmat doirasi | Al-Qassim viloyati | ||
Joylashuvi | Burayda shahri chetidagi Mulayda shaharchasi, Saudiya Arabistoni | ||
Dengiz sathidan balandligi | 2,126[1] ft / 648[1] m | ||
Koordinatalari | 26°18′10″N 043°46′26″E / 26.30278°N 43.77389°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
15/33 | 9,843 | 3,000 | Asfalt |
Oʻsha paytda valiahd shahzoda hamda mudofaa va aviatsiya vaziri boʻlgan shahzoda Sulton 2003-yilda aeroportdagi qirollik terminalini kengaytirish loyihasini boshladi. Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi 1964-yildan beri kengaytirish loyihalariga 300 million riyoldan ortiq mablagʻ sarfladi va aeroport Saudiya Arabistonining markaziy mintaqasidagi asosiy aviatsiya markazi sifatida oʻz mavqeini mustahkamlab, yanada kengayishda davom etmoqda[3].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Arabia | Qohira, Savhoj[5], Sharja |
Air Cairo | Qohira, Savhoj |
AlMasria Universal Airlines, Misr | Qohira |
Azerbaijan Airlines | Mavsumiy charter: Boku[6] |
Egyptair | Qohira |
flyadeal, Saudiya Arabistoni | Dammom, Jidda |
flydubai | Dubay–Xalqaro |
flynas, Saudiya Arabistoni | Abxa, Dammom, Jidda Mavsumiy: Sarayevo[7] |
Gulf Air | Bahrayn |
Jazeera Airways | Kuvayt[8] |
Nesma Airlines, Misr | Haʼil, Qohira |
Nile Air | Qohira, Savhoj |
Pakistan International Airlines | Islomobod, Lohur, Moʻlton[9] |
Qatar Airways | Doha[10] |
Saudia | Ar-Riyod, Dammom, Jidda, Madina |
Turkish Airlines | Istanbul[11] |
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
tahrir- 2005-yil 28-mayda aeroportda turgan uchta harbiy vertolyot yonib ketdi va angar yonidagi binolarga ham zarar yetkazdi. Baxtsiz hodisa natijasida hech kim halok boʻlmadi[12].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Gassim“. World Aero Data. 2011-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-avgust.
- ↑ „Google Maps“. Google Maps.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Saudi Arabia: Qassim Regional Airport Named After Prince Naif“. Eurasia Review. Arab News (2012-yil 6-iyul). Qaraldi: 2012-yil 6-iyul.„Saudi Arabia: Qassim Regional Airport Named After Prince Naif“.
- ↑ „خادم الحرمين الشريفين يسمي مطار القصيم بمطار الأمير نايف مباشر المدي“. Al-madina.com. Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
- ↑ „Air Arabia Egypt launches new service between Sohag and Gassim“. aaco.org (2022-yil 22-fevral).
- ↑ Liu, Jim. „Azerbaijan Airlines adds Qassim charters in S19“. Routesonline (2019-yil 21-may). Qaraldi: 2019-yil 21-may.
- ↑ „Bosnia and Herzegovina Aviation News : ✈ Flynas is expanding Sarajevo network !“ (2020-yil 22-fevral).
- ↑ „Jazeera Airways Expands Saudi Service“. Routesonline (2022-yil 8-avgust).
- ↑ „Pakistan International Airlines (PIA) is introducing direct flights to a fifth destination, Burayda, located in northern Saudi Arabia.“ (2020-yil 7-noyabr).
- ↑ „Qatar Airways to resume operations to Qassim, adds 4 flights to Riyadh“ (2022-yil 10-avgust).
- ↑ „Istanbul New Airport Transition Delayed Until April 5, 2019 (At The Earliest)“ (2019-yil 9-aprel).
- ↑ „Three Choppers Catch Fire at Qassim Airport“. Arab News (2005-yil 30-may). Qaraldi: 2012-yil 15-avgust.