Abxa xalqaro aeroporti
Abxa xalqaro aeroporti (arabcha: مطار أبهـــا الدولي, (IATA: AHB[3], ICAO: OEAB) – Saudiya Arabistonidagi Asir viloyatining markazi Abxa shahridagi aeroport.
Abxa xalqaro aeroporti مطار أبهـــا الدولي | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: AHB – ICAO kodi: OEAB | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Saudiya Arabistoni | ||
Operator | Saudiya hukumati | ||
Xizmat doirasi | Abxa / Xamis Mushayt | ||
Joylashuvi | Asir viloyati, Saudiya Arabistoni | ||
Dengiz sathidan balandligi | 6 858 ft / 2 090 m | ||
Koordinatalari | 18°14′25″N 042°39′24″E / 18.24028°N 42.65667°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
13/31 | 3 350 | 10 991 | Asfalt |
Manbalar:[1][2] |
Aeroportdan qirollikning bir qancha mahalliy aeroportlariga qatnovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Yamanning Adan va Sano, Misrning Qohira, Qatarning Doha, BAAning Dubay va Sharja shaharlariga toʻgʻridan toʻgʻri parvozlar taklif etiladi.
Aeroport oʻrni Xamis Mushayt va Abxa shaharlari oʻrtasidagi yangi qurilish maydoni boʻlib, ikkala shaharga ham barobar xizmat qilgan. Aeroport qurilishi 1975-yil oʻrtalarida Laing Vimpey Alirizo tomonidan boshlangan. Aeroport qurilishigacha mahalliy reyslar Xamis Mushayt yaqinidagi harbiy aeroportda amalga oshirilgan edi. Abxa aeroporti 1977-yilda foydalanishga topshirilgan[4]. Qurilish Bin Trif Airport ltd (Hindistonning aeroporti kompaniyasi) tomonidan amalga oshirilgan[manba kerak].
Imkoniyatlari
tahrirAeroport dengiz sathidan 6,858 fut (2,090 m) balandlikda joylashgan. U 13/31 deb belgilangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega, Yoʻlak yuzasi asfalt bilan qoplangan, maydoni 3,350 by 45 metr (10,991 ft × 148 ft).
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirAbxa aeroportida quyidagi aviakompaniyalar muntazam va charter reyslarini amalga oshiradilar:
Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Arabia | Sharja |
Air Cairo | Qohira[5], Savhoj[6] |
Egyptair | Qohira |
flyadeal, Saudiya Arabistoni | Ar-Riyod[7], Dammom, Jidda |
flydubai | Dubay–Xalqaro |
Flynas | Al-Baha, Ar-Riyod, Bisha, Dammom, Dubay–Xalqaro[8], Jidda, Jizan, Madina[9], Qohira[10], Qosim[11], Vodiy ad-Davosir[12], Xartum (toʻxtatilgan)[9], Sharura[10] |
Jazeera Airways | Kuvayt[13] |
Nesma Airlines, Misr | Qohira |
Nile Air | Qohira |
Saudia | Ar-Riyod, Jidda, Madina, Qohira, Tabuk, Toif |
Husiylarning hujumlari
tahrirYamandagi fuqarolar urushi davomida aeroport husiy kuchlari tomonidan tez-tez nishonga olingan.
Aeroportga birinchi marta 2019-yil 12-iyun kuni Yaman husiylari hujum qilib, 26 kishi jarohatlangan edi[14].
2019-yil 23-iyun kuni husiylar aeroportga navbatdagi hujum uyushtirdi, natijada bir nafar Suriya fuqarosi halok boʻldi va 21 kishi yaralandi[15].
2019-yil 2-iyul kuni aeroport yana raketalar hujumiga uchradi, toʻqqiz kishi jarohat oldi[16].
Husiylarning aeroportga navbatdagi hujumi 2020-yil 31-avgust kuni sodir boʻldi, oʻshanda aeroportga bomba yuklangan dron uchayotgani aniqlangan va Qizil dengiz yaqinida masofadan boshqariladigan qayiq ham portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan va hujum parvoziga tayyor edi[17].
2021-yil 10-fevralda husiylar toʻrtta dron yordamida aeroportga havo hujumi uyushtirib, fuqarolik samolyotiga (Flyadeal Airbus A320)[18] zarar yetkazdi va aeroportda yongʻin chiqdi. Husiy harakati vakilining aytishicha, hujum Yamandagi koalitsiyaning havo hujumlari va boshqa harakatlarga javob boʻlgan[19].
2021-yil 31-avgust kuni aeroport yana husiylarning dronlari tomonidan hujumga uchradi, natijada 8 kishi yaralandi[20].
Manbalar
tahrir- ↑ Airport information for OEAB from DAFIF (effective October 2006)
- ↑ Aeroport haqida AHB Great Circle Mapper'da. Source: DAFIF (effective October 2006).
- ↑ „IATA Airport Code Search (AHB: Abha)“. International Air Transport Association. Qaraldi: 2013-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Abha Airport Airport“. Idealo. 2013-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-sentyabr.
- ↑ „AIR CAIRO ADDS ABHA SERVICE FROM DEC 2022“. aeroroutes.com (2022-yil 14-noyabr).
- ↑ „AIR CAIRO NS23 MIDDLE EAST NETWORK ADDITIONS“. aeroroutes.com (2023-yil 21-aprel).
- ↑ „flyadeal plans Abha launch in Feb 2018“. routesonline.com (2018-yil 26-fevral).
- ↑ „flynas adds Abha to Dubai operation“ (2017-yil 30-noyabr).
- ↑ 9,0 9,1 Liu, Jim „flynas W19 network expansion“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ 10,0 10,1 Flynas „Route Map - flynas.com“. 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „flynas adds Abha – Gassim service from late-May 2017“.
- ↑ Flynas „Flight Schedule“. 2017-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ Liu, Jim „Jazeera adds Abha service from Jan 2020“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
- ↑ „Arab Coalition Says Houthi Terror Attack Targets Saudi Arabia's Abha Airport“ (en). Asharq AL-awsat. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ „One killed, seven injured in Houthi attack on Saudi Abha airport“. Al Arabiya (2019-yil 23-iyun). Qaraldi: 2019-yil 24-iyun.
- ↑ Yemenʼs Houthis attack Saudi’s Abha airport, injuring civilians
- ↑ „Reuters | Breaking International News & Views“. Reuters. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „World News | Latest Top Stories“. Reuters. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ghantous, Ghaida; Barrington, Lisa. „Yemen's Houthis say they carried out drone attack on Saudi airport“ (en). Reuters (2021-yil 10-fevral). Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
- ↑ „Several wounded in a drone attack on Saudi airport: Coalition“.