Podshoh Fahd xalqaro aeroporti
Podshoh Fahd xalqaro aeroporti (arabcha: مطار الملك فهد الدولي; abbr. KFIA) (IATA: DMM, ICAO: OEDF), Dammom xalqaro aeroporti yoki oddiygina Dammom aeroporti yoki Podshoh Fahd aeroporti nomlari bilan ham tanilgan, Saudiya Arabistonining Dammom shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport hisoblanadi. Dammom shahri markazidan 31 kilometr (19 milya) shimoli-gʻarbda joylashgan boʻlib, Saudiya Arabistonining sobiq qiroli Fahd ibn Abdulaziz as-Saud (1921–2005) sharafiga nomlangan. Saudiya Arabistonining butun Sharqiy viloyatiga xizmat koʻrsatadi va qirollikdagi toʻrtta asosiy xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi.
Podshoh Fahd xalqaro aeroporti مطار الملك فهد الدولي | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: DMM – ICAO kodi: OEDF | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Saudiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi | ||
Operator | Dammam Airports Company | ||
Xizmat doirasi | Dammom, Sharqiy viloyati, Saudiya Arabistoni | ||
Joylashuvi | Dammom gubernatorligining shimoli-gʻarbiy qismida Dammom shahri markazidan 31 km shimoli-gʻarbda | ||
Ochilgan | 28-noyabr, 1999-yil | ||
Havo yoʻli tuguni | |||
Dengiz sathidan balandligi | 72 ft / 22 m | ||
Koordinatalari | 26°28′16.3″N 049°47′54.9″E / 26.471194°N 49.798583°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
16R/34L | 13,123 | 4,000 | Asfalt |
16L/34R | 13,123 | 4,000 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2016) | |||
Yoʻlovchilar soni | 9,690,000+ | ||
Yuk (tonna) | 138,870 | ||
Parvozlar soni | 90,134 |
Ilgari AQSh aviabazasi sifatida asosan Koʻrfaz urushi paytida foydalanilgan boʻlsa, 1999-yil 28-noyabrdan beri aeroport tijorat reyslarini qabul qiladi va oʻsha vaqtdan beri 43 ta yoʻnalishga parvozlarni taʼminlash uchun kengaytirilgan. Podshoh Fahd aeroportidan oldin viloyatga xizmat koʻrsatadigan asosiy aeroport ancha gavjum Dahron xalqaro aeroporti edi, Fahd aeroporti fuqaro samolyotlarini qabul qila boshlagach, Dahron harbiy aviabazaga aylantirildi va hozirda Podshoh Abdulaziz aviabazasi deb nomlanadi. 2017-yil 1-iyuldan boshlab aeroport Dammam Airports Company (DACO) tomonidan egalik qilinadi va boshqariladi[2][3]. Aeroport tarixida tijoriy reyslar faqatgina bir marta toʻxtatilgan. Oʻshanda Saudiya Arabistoni axborot agentligi (SPA) 2020-yil 21-mart kuni COVID-19 pandemiyasi tufayli Saudiya ichida va tashqarisidagi barcha mahalliy va xorijiy reyslar toʻxtatilgani eʼlon qilingan edi[4]. Mahalliy reyslar 2020-yil 31-mayda[5], xalqaro reyslar esa 2021-yil 17-mayda[6] tiklandi.
Aeroport yoʻlovchilar soni boʻyicha podshohlikning uchinchi yirik aeroporti sanaladi. Har yili 10 milliondan ortiq yoʻlovchi Dammom aeroportidan foydalanadi va 37 aviakompaniya aeroportdan mahalliy va xalqaro parvozlarni amalga oshiradi. Aeroport Saudia va Flynas uchun markaz boʻlib xizmat qiladi. Hozirda faoliyat koʻrsatmagan Sama aviakompaniyasi uchun ham markaz boʻlib xizmat qilgan. Ushbu aviakompaniyalardan tashqari Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi xodimlarini Yanbu, Tanajib va Shayba kabi strategik joylarga tashish uchun Saudi Aramco Aviation aviakompaniyasi ham aeroportdan foydalanadi[2].
Aeroportda ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud: ikkalasining ham uzunligi 4 kilometr (2,5 mil)dan. Shuningdek, uchta terminal binosi bor: Yoʻlovchi terminali yoʻlovchilarning asosiy qismiga, Aramco terminali Saudi Aramco Aviation reyslarida uchadigan neft kompaniyasi xodimlariga va Qirollik terminali Saudiya qirollik oilasiga xizmat koʻrsatadi. Dammom va boshqa shahar oʻrtasida amalga oshiriladigan eng gavjum yoʻnalish Dubay yoʻnalishi boʻlib, haftasiga 70 ta reys amalga oshiriladi.
Tarixi
tahrirAeroport podshoh Fahd (podshohlik yillari: 1982–2005) hukmronligi davrida qurilgan va faoliyatini boshlagan. Aeroport binosini loyihalash 1976-yilda boshlangan. Joyning bosh rejasi Yamasaki & Associates arxitektura firmasi va Boeing tomonidan 1977-yilda ishlab chiqilgan[7], qurilishi esa 1983-yilda boshlangan[8]. Aeroportning asosiy infratuzilmasi 1990-yil oxiriga kelib qurib bitkazildi, bu esa AQSh boshchiligidagi ittifoqchi kuchlarga 1991-yil boshida Fors koʻrfazi urushi paytida harbiy samolyotlarni, xususan 144 ta A-10 Thunderbolt II samolyotlarini saqlash uchun aeroportdan foydalanish imkonini berdi. AQSh armiyasining 101-havo desant diviziyasining AH-64 Apaches va CH-47 Chinooks kabi vertolyotlari operatsiyadan oldin Kuvaytdagi Ahmad al-Jobir aviabazasiga koʻchirildi.
Saudiya Arabistoni Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi 1999-yil 28-noyabrda Podshoh Fahd xalqaro aeroportining ochilish marosimini oʻtkazdi va uni tijoriy parvozlar uchun ochdi, barcha aviakompaniyalar oʻz faoliyatini shu vaqtgacha foydalanilgan Dahron xalqaro aeroportidan bu aeroportga koʻchirdi. Dahron aeroporti esa oʻshandan keyin harbiylar foydalanadigan aeroportga aylantirildi va Podshoh Abdulaziz aviabazasi nomini oldi.
Saudi Vision 2030 va Milliy transformatsiya dasturi doirasida Podshohd Fahd aeroporti 2017-yil iyul oyida aeroportni boshqaruvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi Dammam Airports Company (DACO) ga oʻtkazilgan[9]. COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini yumshatish maqsadida 2020-yil 21-martda barcha ichki va xalqaro reyslar keyingi ogohlantirishgacha toʻxtatildi. Qattiq komendantlik soatlari va infeksiyaga chalinish holatlarining kamayishi natijasida 2020-yil 31-may kuni ichki reyslarga ruxsat berildi. Xalqaro parvozlar esa 2021-yil 18-mayda tiklandi.
Imkoniyatlari
tahrirAeroport ICAO tomonidan E kodi sifatida tasniflangan, bu Boeing 747-400 va A340-600 kabi samolyotlarni osongina qabul qila olishini anglatadi. Amalda aeroportdan A380 samolyotlari foydalana oladi, ammo bu tavsiya etilmaydi, chunki bunday samolyotlarni qabul qilish uchun aeroport F kodi boʻlishi kerak; Dammom aeroportidagi uchish-qoʻnish yoʻlaklarigina F kodi talablariga javob beradi; taksi yoʻllari va darvozalari esa javob bermaydi.
Terminallari
tahrirOlti qavatli asosiy terminal binosining umumiy maydoni 327,000 m2 (3,520,000 kv ft) ni tashkil qiladi. Taxminan 247,500 m2 (2,664,000 kv ft) hudud, 15 ta darvozaga xizmat koʻrsatadigan 11 ta statsionar yoʻlovchilar oʻtish koʻprigi birinchi bosqichda qurilgan. Dastlabki dizaynga 31 ta qoʻzgʻalmas bort koʻprigi kiritilgan. Uchib ketish terminali mijozlarni hisoblagich uskunalar bilan jihozlangan, ulardan 66 tasi Saudia aviakompaniyasiga (hozirda flynas ikkalasiga), 44 tasi xorijiy aviakompaniyalarga, qolganlari esa bojxona va immigratsiya uchun moʻljallangan.
Podshoh Fahd xalqaro aeroporti boj olinmaydigan doʻkonlarga ega birinchi Saudiya aeroporti boʻldi. Aeroportda boj olinmaydigan doʻkonlar uchun ajratilgan joylardan tashqari, sovgʻalar va yoʻlovchilar bilan bogʻliq barcha tovarlarni sotishga ixtisoslashgan doʻkonlar uchun alohida maydon mavjud. Bu maydonda restoranlar, kafeteriyalar va bank ofislari ham mavjud hamda uchib keluvchilar qavatiga joylashgan.
Saudi Aramco kompaniyasiga tegishli Saudi Aramco Aviation xususiy aviakompaniyasi Aramco terminalidan parvozlarni amalga oshiradi va Boeing 737 va Embraer ERJ-170LR samolyotlarida oʻz xodimlarini uzoq nasos stansiyalari hamda kompaniyaning Yanbu, Tanajib, Shayba va Harad kabi neft konlariga tashiydi.
Qirollik terminali Saudiya Arabistoni qirollik oilasi, hukumat xodimlari va rasmiy mehmonlar uchun ajratilgan. U 16,400 m2 (177,000 kv ft) maydonni egallaydi va terminalni samolyot bilan bogʻlaydigan toʻrtta teletrapga ega. Terminal hashamatli jihozlangan va bezatilgan boʻlib, keng koʻlamli tashqi koʻrinish va maydonlarni oʻz ichiga oladi. Qirollik oilasiga xizmat koʻrsatish maqsadida ajratilganiga qaramay, terminal birinchi oila tomonidan kamdan-kam foydalaniladi, ular odatda Podshoh Abdulaziz aviabazasidagi shunga oʻxshash maxsus terminaldan foydalanishni afzal koʻradilar.
Uchish-qoʻnish yoʻlaklari
tahrirAeroportda uzunligi 4,000 m (13,123 ft) boʻlgan ikkita parallel uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud: 16L/34R va 16R/34L. Bundan tashqari uchish-qoʻnish yoʻlaklariga parallel boʻlgan taksi yoʻllari va ikkita uchish-qoʻnish yoʻlagini bogʻlaydigan taksi yoʻli mavjud. Ikki uchish-qoʻnish yoʻlagi orasidagi masofa 2,146 m (7,041 ft). Sharqiy uchish-qoʻnish yoʻlagidan odatda Saudi Aramco, gʻarbiy uchish-qoʻnish yoʻlagidan esa tijoriy aviakompaniyalari foydalanadi.
Yer usti transporti
tahrirAeroportga faqat janubdagi Al-Xubar va Dammom hamda shimoldagi Qatif shaharlarini bogʻlaydigan ikkinchi darajali avtomagistral 605-yoʻnalish orqali kirish mumkin. 40-magistralga tutashgan kichikroq 6466-marshrut 605-magistralni aeroport bilan bogʻlaydi. SAPTCO Al-Xubar va Dammomdan aeroportga avtobus qatnovini taklif etadi. Qirollikning har bir yirik shahri va shaharchasiga qatʼiy narxlarda qatnovchi taksi xizmati mavjud boʻlib, Uber kompaniyasining shoʻba korxonasi Careem kabi xususiy kompaniyalar ushbu xizmatlarni taqdim etadi.
Aeroport avtoturargoh majmuasining umumiy maydoni 176,752 m2 (1,902,540 kv ft) boʻlib, u uchta yopiq qavatga taqsimlangan, maksimal sigʻimi 4930 ta mashina. Qoʻshimcha mashinalarni joylashtirish uchun ijaraga berilgan obyektlar yonida ikkita ochiq toʻxtash joyi mavjud.
Boshqa imkoniyatlari
tahrirAeroport masjidi avtoturargohning tomida va 46 200 m 2 (497 292 ft²) maydon oʻrtasida qurilgan. Masjid zamonaviy meʼmorchilikning anʼanaviy islom meʼmorchiligi elementlari bilan uygʻunlashtirilgan holda qurilgan. Aeroport masjidi 2000 tagacha namozxonni sigʻdira oladi va unga yoʻlovchi terminalidan ochiq koʻprik hamda harakatlanuvchi kamar bilan jihozlangan ikkita yopiq, konditsionerli koʻprik orqali kelish mumkin.
Aeroportning umumiy maydoni 215,579 m2 (2,320,470 kv ft) ga teng boʻlgan koʻchatzori mavjud. Koʻchatzor uchta issiqxonani va 36,400 square metre (392,000 kv ft) yashil hududni oʻz ichiga oladi. Koʻchatzor aeroport bogʻlari va yashil maydonlarni daraxtlar va oʻsimliklar bilan taʼminlaydi. Boshqaruv minorasining balandligi 85.5 m (281 ft). Ushbu balandlik aeroportning barcha operatsion qismlarini koʻrish imkonini beradi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirYoʻlovchi tashish
tahrirYuk tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Aerotranscargo, Moldova [27] | Hong Kong, Sharja |
Air France Cargo | Dubay–Xalqaro, Hong Kong, Mumbay |
Garuda Cargo, Indoneziya | Jakarta–Sukarno–Hatta |
Cargolux, Lyuksemburg | Hong Kong, Luksemburg |
DHL Aviation, Olmoniya | Dubay–Xalqaro[28] |
Emirates SkyCargo, Birlashgan Arab Amirliklari | Dubay–Al-Maktum |
Lufthansa Cargo, Olmoniya | Frankfurt, Sharja |
Saudia Cargo | Amsterdam, Brussel, Dakka, Frankfurt, Hong Kong, Xoshimin |
Turkish Cargo | Istanbul, Nayrobi–Jomo Kenyatta |
Xiamen Air, Xitoy | Chjenchjou |
Statistika
tahrirHar yili Podshoh Fahd xalqaro aeroportidan 9,7 millionga yaqin yoʻlovchi foydalanadi.
Yillar | Jami yoʻlovchilar | Xalqaro yoʻlovchilar ulushi, %da | Yoʻlovchilar soning oʻzgarishi | Jami yuk tashish (tonna) | Parvozlar soni | Parvozlar sonining oʻzgarishi |
---|---|---|---|---|---|---|
2001 | 2 542 000 | 41% | 0,4% | 55 088 | 23 312 | −2,5% |
2002 | 2 578 000 | 39% | 1,4% | 53 029 | 23 281 | −0,1% |
2003 | 2 613 000 | 40% | 1,4% | 48 634 | 23 308 | 0,1% |
2004 | 2 782 000 | 41% | 6,5% | 48 065 | 23 778 | 2,0% |
2005 | 3 013 000 | 40% | 8,3% | 49 633 | 24 457 | 2,9% |
2006 | 3 341 000 | 43% | 10,9% | 59 610 | 29,162 | 19,2% |
2007 | 4 092 000 | 41% | 15,0% | 67 427 | 48 653 | 34,6% |
2008 | 4 165 000 | 47% | 1,1% | 97 596 | 50 926 | 3,9% |
2009 | 4 422 000 | 48% | 6,8% | 83 652 | 51,166 | 0,7% |
2010 | 4 835 000 | 52% | 10,1% | 83 426 | 56,156 | 10,8% |
2011 | 5 531 000 | 56% | 15,3% | 82 832 | 62 060 | 11,9% |
2012 | 6 422 000 | 56% | 16,5% | 103 421 | 67 390 | 9,6% |
2013 | 7 311 000 | 55% | 19,1% | 121 655 | 72 897 | 9,3% |
2014 | 8 248 000 | 54% | 12,8% | 115 830 | 79 284 | 9,8% |
2015 | 9 407 000 | 53% | 14,0% | 95 321 | 84 803 | 7,8% |
2016 | 9 690 000 | 53% | 3,0% | 138 870 | 90,134 | 6,3% |
Oʻrni | Shahar | Parvozlar soni |
---|---|---|
1 | Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | 70 |
2 | Qohira, Misr | 34 |
3 | Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari | 28 |
4 | Bahrayn, Bahrayn | 28 |
5 | Dehli, Hindiston | 21 |
6 | Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari | 18 |
7 | Maskat, Ummon | 16 |
8 | Mumbay, Hindiston | 14 |
9 | Istanbul, Turkiya | 14 |
Aeroport rekordlar kitobida
tahrir- Podshoh Fahd aeroporti Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng katta aeroport sifatida qayd etilgan[29]. 776 kvadrat kilometr (300 mi 2) maydondagi mulk qoʻshni Bahrayn davlatidan kattaroqdir. Aeroportning rasmiy veb-saytida 3,675 gektar (9,080 akr) yoki 36,75 kvadrat kilometr foydalaniladigan maydon haqida maʼlumot berilgan, bu aeroportni dunyodagi oltinchi eng yirik aeroportga aylantiradi[30].
- Dunyodagi eng qisqa xalqaro reyslardan biri Dammomdagi Podshoh Fahd va Manamadagi Bahrayn xalqaro aeroporti oʻrtasidagi 76 km (47 mi) masofa hisoblanadi. Ikkala aeroport orasidagi parvoz vaqti atigi 45 daqiqani tashkil qiladi[31].
- 2009-yil may oyida Ukrainadan Tanzaniyaga yoʻl olgan dunyodagi eng katta Antonov An-225 Mriya samolyoti Dammom aeroportiga qoʻnib oʻtgan edi.
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
tahrir- 2020-yil 1-fevral kuni Saudia 919-reysida Ispaniyaning Saragosa shahriga parvoz qilgan Boeing 747-400F aeroportdan havoga koʻtarilish chogʻida quyruq qismi zararlandi. Samolyot aeroportning gʻarbiy tomonidagi kutib turish zonasida ushlab turildi, keyin esa Jidda tomon parvoz qildi va uch soatdan keyin Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportiga qoʻndi[32][33].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ flynas hubs, qaraldi: 25 March 2018
- ↑ 2,0 2,1 „About King Fahd International Airport | King Fahd International Airport“. kfia.gov.sa. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Where are the largest airports in the world?“ (en-GB). Flight-Delayed.co.uk. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Saudi Arabia suspending domestic flights, mass land transport in fight against COVID-19“ (en). Arab News (2020-yil 20-mart). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Notice setting date for Saudi international flights 'is bogus'“ (en). Arab News (2020-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
- ↑ „Saudi airports, airlines resume international flights after COVID-19 suspension“ (2021-yil 18-may).
- ↑ KFIA project summary, qaraldi: 29 December 2011
- ↑ King Fahd International Airport, Airport Technology, qaraldi: 29 December 2011
- ↑ „About Us | DACO“ (en). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Flight schedule“.
- ↑ „Air Arabia Egypt launches new Cairo-Dammam service“. Trade Arabia. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ „Azerbaijan Airlines Expands Saudi Arabia Network in Sep 2023“ (en-CA). AeroRoutes (2023-yil 27-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ „flynas plans Pakistan launch in Feb 2018“. airlineroute (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
- ↑ Liu, Jim „flynas W19 network expansion“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ Liu, Jim „flynas S20 Network Expansion“. Routesonline (2020-yil 26-fevral).
- ↑ „flynas to launch 10 new seasonal services in Jun-2023“. CAPA. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
- ↑ „Welcome to Himalaya Airlines-Press“. www.himalaya-airlines.com. 2017-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Flight Schedule“. IndiGo. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
- ↑ Liu, Jim „Jazeera resumes Dammam service from late-Dec 2019“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 17-dekabr.
- ↑ „Turkish LLC Pegasus launches flights to Muscat and Dammam“. ftnnews.com (2018-yil 20-iyun). 2018-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-oktyabr.
- ↑ „PEGASUS NS23 NETWORK ADDITIONS – 16APR23“. aeroroutes.com (2023-yil 18-aprel).
- ↑ „Qatar and Saudi Arabia to resume direct flights“ (2021-yil 9-yanvar).
- ↑ Liu, Jim „Salam Air schedules new routes in Nov 2019“. Routesonline. Qaraldi: 2019-yil 13-noyabr.
- ↑ „Vistara commences services to Dammam“ (en). Zawya (2023-yil 2-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-mart.
- ↑ Godinho, Varun „Wizz Air to launch flights between Saudi Arabia and Rome, Vienna“. Business Traveller. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
- ↑ 26,0 26,1 „Wizz Air signals Saudi expansion with 20 new routes“.
- ↑ „Home“. Aerotranscargo.
- ↑ „Flightradar24: Live Flight Tracker - Real-Time Flight Tracker Map“.
- ↑ Craig Glenday.
- ↑ Data Project Data.
- ↑ „What Are The World's Shortest International Routes?“ (en-US). Simple Flying (2020-yil 26-aprel). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
- ↑ Ranter. „ASN Aircraft accident Boeing 747-412F (SCD) TC-MCT Dammam-King Fahad International Airport (DMM)“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Accident: ACT B744 at Dammam and Jeddah on Feb 1st 2020, tail strike on departure“. avherald.com. Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
Havolalar
tahrir- FlightRadar24 KFIA jonli harakati
- The-Saudi. Net/kfia King Fahd xalqaro aeroporti
- Aeroport haqida OEDF Great Circle Mapper'da.