Flyadeal
flyadeal (arabcha: طيران أديل, Tayaran 'Adil) – Saudiya Arabistonining arzon aviatashuvchisi. Faoliyatini, asosan, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportidan olib boradi. Mamlakatning flagman aviakompaniyasi Saudia tomonidan egalik qilinadi. 2017-yil 23-sentyabrda mahalliy yoʻnalishlarga parvoz qilish orqali oʻz faoliyatini boshlagan.
| |||||||
Tashkil topgan | 17-aprel, 2016-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Boshlangan amaliyotlari | 23-sentyabr, 2017-yil | ||||||
Baza aeroporti | |||||||
Park hududi | 32 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 23 | ||||||
Egasi | Saudia | ||||||
Bosh qarorgohi | Jidda, Saudiya Arabistoni | ||||||
Sayti | flyadeal.com |
Tarixi
tahrirSaudiya Arabistonining flagman aviakompaniyasi Saudia 2016-yil 17-aprelda flyadeal yaratilishini eʼlon qildi[1][2][3]. Ushbu kompaniya Saudia Groupning SV2020 Transformatsiya strategiyasining bir qismi boʻlib, strategiya guruh boʻlinmalarini 2020-yilgacha jahon darajasidagi maqomga koʻtarishni maqsad qilgan[4]. Aviakompaniya 2017-yil 23-sentyabrda Jidda va Ar-Riyodni bogʻlovchi parvozlarni boshladi[5]. 2022-yil 10-iyunda flyadeal Dammomdan Qohiraga parvozlarni amalga oshira boshladi[6].
Parvoz manzillari
tahrirCodeshare shartnomalari
tahrirFlyadeal quyidagi aviakompaniyalar bilan codeshare shartnomalarini tuzgan:
Aviaparki
tahrir2024-yil iyun holatiga koʻra, flyadeal quyidagi samolyotlarda faoliyat yuritadi[14][15]:
Samolyot | Soni | Buyurtmalar | Yoʻlovchilar | Eslatmalar |
---|---|---|---|---|
Airbus A320-200 | 11 | — | 186[16] | |
Airbus A320neo | 21 | 22 | 186 | Saudiadan olingan 20 dona samolyot uchun qoʻshimcha opsiyalar[17][18]. Bitta samolyot toʻxtab qolgan |
Airbus A321neo | — | 39 | Eʼlon qilingan | 2026-yilda yetkazib beriladi[18]. |
Airbus A330-200 | 2 | — | Eʼlon qilingan | Aircastle lizing kompaniyasidan GullivAir orqali ijaraga olingan |
Airbus A330-300 | 1 | — | Eʼlon qilingan | Aviator Capital lizing kompaniyasidan Air Anka orqali ijaraga olingan. |
Boeing 777-300 | 1 | — | Eʼlon qilingan | Alexandria Airlines aviakompaniyasidan ijaraga olingan. Registratsiya raqami SU-KHP. |
Jami | 35 | 61 |
2019-yil 7-iyulda flyadeal qoʻshimcha 20 ta opsiyali 30 dona Airbus A320neo samolyotiga buyurtma berish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Avvalroq aviakompaniya Boeing 737 MAX xarid qilish boʻyicha majburiyat olgan edi, biroq 737 lar ishlab chiqarilishi toʻxtatilishi ortidan 30 ta samolyotga boʻlgan buyurtmadan voz kechdi. Boeing bu qarorni „jadval boʻyicha talab“ deb atadi[19][20].
2021-yil iyul oyida flyadeal 50 tagacha samolyotga buyurtma doirasida A320neoni yil oxirida yetkazib berilish boshlashini maʼlum qiladi. Arzon aviatashuvchining kelajakdagi rejalari 100 ta samolyotdan iborat parkni koʻzda tutadi[21].
Baxtsiz hodisalar
tahrir2021-yil 10-fevralda Saudiya Arabistonidagi Abxa xalqaro aeroportida husiylarning dron hujumidan soʻng „HZ-FAB“ nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan flyadeal Airbus A320 samolyoti shikastlangani xabar qilindi[22]. Hech kim jabrlangani yoʻq, tergov ishlari hamon davom etmoqda. Samolyot taʼmirlandi va xizmatga qaytarildi[23].
Manbalar
tahrir- ↑ Arab Air Carriers Organization (2016-yil 18-aprel). „Saudia Airlines announces launching flyadeal, a new low-cost carrier“. Press-reliz.
- ↑ „Saudia launches low cost Flyadeal airline“ (2016-yil 18-aprel). Qaraldi: 2016-yil 20-aprel.
- ↑ „Saudia unveils new budget carrier, flyadeal“. ch-aviation (2016-yil 18-aprel). Qaraldi: 2016-yil 20-aprel.
- ↑ Hanware, Khalil. „Flyadeal's launch puts Saudia at higher altitude“ (2016-yil 19-aprel). Qaraldi: 2016-yil 20-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia's flyadeal commences operations“. ch-aviation (2017-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
- ↑ „"طيران أديل" يطلقُ أولى رحلاتِه الدولية من الدمام إلى القاهرة“ [Flyadeal launch its first international fly from Dammam to Cairo] (ar). www.alriyadh.com (2022-yil 10-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
- ↑ „FLYADEAL ADDS RIYADH – DUBAI AL MAKTOUM FROM LATE-JUNE 2024“. AeroRoutes. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
- ↑ „flyadeal boosts Riyadh – Dubai route with up to five daily flights“ (2023-yil 24-may). Qaraldi: 2024-yil 21-yanvar.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 9,7 9,8 „flyadeal Announces Expansion To 12 European And Middle East Destinations For Summer 2023“ (2023-yil 20-mart). Qaraldi: 2024-yil 21-yanvar.
- ↑ „Saudi flyadeal launches first flight to Kuwait from Riyadh“ (2021-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 21-yanvar.
- ↑ „flyadeal announces new services to Hail, Yanbu and Taif“ (2019-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 21-yanvar.
- ↑ „flyadeal adds Istanbul flights from late-Nov 2022“ (2022-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 21-yanvar.
- ↑ „Saudia / flyadeal Begins Codeshare Service From late-Sep 2023“.
- ↑ „Flyadeal fleet details and history“. Planespotters.net. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ „Airbus Orders and Deliveries“ (XLS). Airbus (2022-yil 31-may). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „what we fly“. flyadeal.com. Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Saudi Arabia's flyadeal takes first A320neo“ (en). ch-aviation. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
- ↑ 18,0 18,1 „Saudia Group orders 105 A320/A321neo“. ch-aviation.com (2024-yil 20-may).
- ↑ Kaminski-Morrow, David „Saudi carrier Flyadeal switches to A320neo from 737 Max“ (en-GB). Flightglobal.com (2019-yil 7-iyul). Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
- ↑ „Boeing loses big order for 737 Max aircraft“ (en-GB) (2019-yil 7-iyul). Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
- ↑ „2021: year of the real Deal?“ (2021-yil 20-iyul). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ Ranter, Harro „ASN Aircraft accident Airbus A320-214 (WL) HZ-FAB Abha International Airport (OHB/OEAB)“. aviation-safety.net. Aviation Safety Network. Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
- ↑ Ranter, Harro „ASN Aircraft accident Airbus A320-214 (WL) HZ-FAB Abha International Airport (OHB/OEAB)“. aviation-safety.net. Aviation Safety Network. Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
Havolalar
tahrir