AnadoluJet – Turkish Airlines aviakompaniyasining lou-koster[1] mintaqaviy aviakompaniya sifatida faoliyat olib boruvchi brendi. U ichki reyslarni, shuningdek, Shimoliy Kipr, Gʻarbiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyoga reyslarni amalga oshiradi.

AnadoluJet
IATA ICAO Identifikatori
TK THY TURKISH
Tashkil topgan 2008-yil 23-aprel
Havo tuguni
Tez uchish dasturlari Miles & Smiles
Alyansi Star Alliance (affillangan)
Park hududi 68
Egasi Turkish Airlines
Bosh qarorgohi Anqara, Turkiya
Muhim shaxslar Said Şamil Karakaş
Sayti anadolujet.com

Tarixi tahrir

Brend 2008-yil 23-aprelda Turkish Airlines tomonidan yaratilgan. 2020-yil mart oyida Turkish Airlinesning Istanbulning Sabiha Goʻkchen aeroportidan uchuvchi 20 dan ortiq xalqaro yoʻnalishlar tarmogʻi AnadoluJetga oʻtkazildi[2].

2023-yil fevral oyida Turkish Airlines AnadoluJetni AJet Hava Taşımacılığı Anonim Şirketi (oʻzbekcha: AJet havo transporti aksiyadorlik kompaniyasi) nomi ostida mustaqil aviakompaniyaga aylantirish rejasini tasdiqladi, lekin u Turk havo yoʻllarining 100% shoʻba korxonasi boʻlishda davom etadi[3].

Turkish Airlinesga koʻra, birjada yangi kompaniya 2023-yil 14-iyulda tashkil etilgan boʻlib, boshlangʻich toʻlangan kapitali 450 million lira (15,75 million yevro) va u lou-koster sifatida faoliyatini davom ettiradi[4].

Parvoz manzillari tahrir

AnadoluJet Yevropa va Osiyoning bir qancha mamlakatlarida ichki yoʻnalishlarga va xalqaro yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi, jumladan[5] [6] [7]:

  Ozarbayjon 
  Bosniya va Gertsogovina 
  Yevropa Ittifoqi va Shengen hududi 


  Gruziya  
Fors koʻrfazi Hamkorligi Kengashi 
  Eron
  Iroq
  Isroil
  Iordaniya
  • Amman

 

  Kosovo
  • Pristina

 

  Livan
  • Bayrut
 Shimoliy Kipr
  • Lefkoşa (Nikosiya)

 

  Shimoliy Makedoniya
  • Skopye

 

  Serbiya
  Turkiya
  Birlashgan Qirollik
  • London–Stansted[18]

 

Codeshare shartnomalari tahrir

AnadoluJet qoʻshimcha ravishda asosiy kompaniya Turkish Airlines bilan kod-sheyring shartnomalarini saqlab turadi.

Aviaparki tahrir

Joriy holati tahrir

 
AnadoluJet Boeing 737-800

2023-yil yanvar oyi holatiga koʻra, AnadoluJet 67 ta tor korpusli samolyotlar parki bilan parvozlarni amalga oshiradi[19].

AnadoluJet aviaparki[19]
Samolyot Miqdori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar
B E Jami
Airbus A320neo 5 186 186 Dastlab S7 Airlines tomonidan buyurtma qilingan[20].
Airbus A321neo 11 1 8 203 211 Dastlab S7 Airlines tomonidan buyurtma qilingan[20].
240 240 Dastlab VietJet Air tomonidan buyurtma qilingan.
Boeing 737-800 45 186 186 Ularning koʻpchiligi asosiy kompaniya Turkish Airlinesgategishli[19].
189 189
Boeing 737 MAX 8 7 6[21] 8 168 176 Dastlab S7 Airlines tomonidan buyurtma qilingan[20].
189 189
Jami 67 7

Aviaparkning avvalgi holati tahrir

AnadoluJet aviaparkida quyidagi samolyotlar mavjud boʻlgan[22]:

Manbalar tahrir

  1. „AnadoluJet is certified as a 3-Star Low-Cost Airline“.
  2. Liu. „Turkish Airlines confirms AnadoluJet network transition from late-March 2020“. Routesonline (2020-yil 13-yanvar).
  3. ch-aviation.com – Turkish Airlines moves ahead with AnadoluJet hive-off 27 February 2023
  4. https://www.ch-aviation.com/portal/news/129787-turkish-airlines-spins-off-anadolujet-into-a-new-subsidiary
  5. thy.com – Flight Schedule retrieved 20 September 2016
  6. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“. www.anadolujet.com. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  7. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“. www.anadolujet.com. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  8. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“.
  9. „AnadoluJet gaat tussen Istanbul en Amsterdam vliegen“ (2020-yil 4-fevral).
  10. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“.
  11. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“.
  12. 12,0 12,1 12,2 „AnadoluJet goes global brand with international flights“.
  13. „Anadolujet'in yeni rotası belli oldu“ (2021-yil 5-dekabr).
  14. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“.
  15. „THY subsidiary AnadoluJet goes global with 28 destinations“. Daily Sabah (2020-yil 15-yanvar).
  16. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“.
  17. „✅ ✈️️ Fly with Most Affordable and Cheap Ticket Opportunities | AnadoluJet“.
  18. „AnadoluJet files Istanbul Sabiha Gokcen – London Stansted schedule in S20“.
  19. 19,0 19,1 19,2 „Anadolu Jet Fleet Details and History“. www.planespotters.net. Qaraldi: 2020-yil 16-iyul.
  20. 20,0 20,1 20,2 „Turkey's AnadoluJet adds first A321neo“. Ch-Aviation (2022-yil 12-iyul).
  21. „Turkish Airlines Signs Lease For Six Additional Boeing 737-8 MAX Aircraft“. simpleflying.com (2023-yil 29-iyun).
  22. „AnadoluJet Historic Fleet“. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.

Havolalar tahrir