Shodibiy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Shodibiy madrasasi XVI asrda Registonning gʻarbida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida Shodibiy otaliq ibn Lalbiy otaliq tomonidan bunyod etilgan. Buxorodagi uchinchi darajadagi oliy madrasalardan biri boʻlib, banoraspoʻsh mudarris talabalarga tahsil bergan. Abdurauf Firat maʼlumotlariga koʻra yillik vaqf mablagʻi 40 ming tagani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaga oid 4 ta vaqf hujjati mavjud. Madrasa xom va pishiq gʻishtdan qurilgan va tashqi hovlisi boʻlgan. Madrasa gʻarbi va shimolida hovlilar va Sitorai Mohi Xossa masjidi, sharqida Sitorai Mohi Xossa madrasasi, janubi esa koʻcha boʻlgan. Madrasa uchun voqif Nasaf viloyatidagi Joʻyi Nahri haq qishlogʻidagi yerlarni vaqf qiladi. Bundan tashqari voqif madrasa janubi sharqiy tomonidagi doʻkonlar va hovlillarni vaqf mulkiga aylantirgan. Madrasaga mutavvalini qozi tayinlagan. Mutavvali vaqf yerlaridagi hosildan ushr olgan. Madrasada mutavvali oʻqish jarayonlarini nazorat qilib turgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa har bir hujrasida ikki nafar talaba yashagan. Mazkur hujjat nusxasi Amir Shohmurod muhri bilan tasdiqlangan. Mazkur madrasaga oid yana koʻplab hujjatlar topib oʻrganilgan. Mufti dars oʻtishi uchun yiliga 2600 tanga haq toʻlangan. Mazkur madrasa sovet inqilobi davrida vayron etilgan[2]. Shodibiy madrasasi 87 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Madrasa
Shodibiy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Shodibiy otaliq
Binokorlik tashabbuschisi Shodibiy otaliq
Asosiy sana:
XVI asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 87 ta


Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.