Stephenie Meyer
Stephenie Meyer (talaffuzi: Stefani Mayer; qizlik familiyasi Morgan (talaffuzi: Morgan); 1973-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik yozuvchi va kino prodyuser.- amerikalik yozuvchi va kino prodyuser. U 37 xil tilga tarjima qilingan, 100 milliondan ortiq nusxada sotilgan „Twilight“ vampir romantik seriyasining muallifi sifatida mashhur. Meyerning ushbu asari 2008-yilda AQShda 29 milliondan ortiq[1] va 2009-yilda 26,5 million nusxada sotilgan yirik asardir[2]. Meyer 2009-yilda "Twilight" finali „Breaking Dawn“ filmi uchun Britaniya „Yil bolalar kitobi“ kitob mukofotiga sazovor boʻlgan.
Stephenie Meyer | |
---|---|
Stephenie Meyer | |
Tavalludi |
24-dekabr 1973-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Brigham Young Universiteti |
Kasbi | Romanchi, Prodyuser |
Turmush oʻrtogʻi | Christian Meyer |
Imzosi | |
Hayot faoliyati
tahrirYoshlik davrlarida maktabni tugatgach, Brigham Young universitetiga oʻqishga kirdi. 1997-yilda ingliz tili fakultetini tugatishdan oldin yigirma bir yoshida turmushga chiqadi. Muallif sifatida hech qanday tajribaga ega boʻlmagan Stephenie Meyer tushida „Twilight“ seriyasi gʻoyasini oʻylab topganini aytadi. Jane Austen va William Shakespeare asarlari taʼsirida u tez orada „Twilight“ ni yozdi. Asar koʻp rad etilishlardan soʻng, „Little, Brown and Company“ unga 750 000 dollarlik uch kitob uchun shartnoma taklif qildi. Bu esa yana toʻrtta kitob seriyasiga, bir nechta asar va romanlarga va bir qator muvaffaqiyatli filmlar ishlanishiga olib keldi. Meyer yoshlar uchun yozilgan romanlaridan tashqari, „The Host“ (2008) va „The Chemist“ (2016) nomlarida kattalar uchun ham romanlarini yaratishga kirishdi. Meyer kino ishlab chiqarishda ishlagan va „Fickle Fish Films“ prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan. Meyer „Tong otishi“ asarining ikkala qismini va boshqa ikkita roman moslamasini yaratdi.
Meyer Time jurnalining „2008-yilning eng nufuzli 100 kishisi“[3] roʻyxatiga kiritilgan. 2009-yilda „Forbes Celebrity 100“ dunyoning eng kuchli mashhurlari roʻyxatiga kiritilgan. Uning yillik daromadi 50 million dollardan oshgan[4].
Yoshligi va shaxsiy hayoti
tahrirStephenie Morgan Konnektikut shtatining Hartford shahrida tugʻilgan. U otasi moliya xodimi Stephen Morgan va onasi uy bekasi Candy Morganning olti farzandining ikkinchisi[5][6]. Meyer Arizona shtatining Feniks shahrida oʻsgan va Arizona shtatining Scottsdale shahridagi Chaparral yuqori maktabida oʻqigan[7][8]. 1992-yilda Meyer Milliy xizmat stipendiyasiga ega boʻlgan[9]. Bu stipendiya uning Yuta shtatining Provo shahridagi Brigham Young universitetida bakalavriatda oʻqishini moliyalashtirishga katta yordam berdi va u yerda 1997-yilda ingliz adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasiga erishdi[10][11]. U BYUda oʻqishni boshlagan va tugatgan boʻlsa-da, 1996-yilning kuzida va 1997-yilning bahorida Arizona shtat universitetida saboq oldi[12].
Meyer oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Christian „Pancho“ Meyer bilan bolaligida Arizonada uchrashgan[13][14]. Ular 1994-yilda, Meyer yigirma bir yoshda boʻlganida turmush qurishgan[6][15]. Ularning uchta oʻgʻli bor. Kristian Meyer, ilgari auditor boʻlgan, keyinchalik bolalarga gʻamxoʻrlik qilish uchun nafaqaga chiqadi[13][8].
Oʻzining birinchi romani „Twilight“ ni yozishdan oldin, Meyer huquqshunoslik fakultetida oʻqishni oʻylaydi, chunki u yozuvchi boʻlish imkoniyati yoʻqligini his qiladi. 1997-yilda toʻngʻich oʻgʻli Gabening tugʻilishi bilan uning fikri oʻzgaradi: „Gabe dunyoga kelgandan keyin, men shunchaki uning onasi boʻlishni xohlardim“[16][17]. Muallif boʻlgungacha Meyerning yagona professional ishi mulk kompaniyasida qabulxona xodimligi edi[13].
Kattalar uchun badiiy adabiyotlar
tahrir"The Host" romani
2008-yil may oyida Meyerning kattalar uchun „The Host“ ilmiy-fantastik romani „Little, Brown and Company“ nashriyoti kattalar boʻlimi tomonidan ishlab chiqarilgan. Unda yosh ayol va bosqinchi oʻzga sayyoralik „ruh“ Melanie Stryder va Wanderer haqida hikoya qilinadi[18][19]. „The Host“ "New York Times Best seller" roʻyxatida[20] 1-oʻrinda debyut qildi va 26 hafta davomida roʻyxatda qoldi[21]. Asar asosida trilogiya yozish niyatini bildirgan Meyer ikkinchi va uchinchi kitoblarini mos ravishda „The Soul“ va „The Seeker“ deb nomlanadi[22]. Bu asarlardan soʻng Meyer 2022-yilgacha „The Host“ uchun keyingi romanlarni nashr etmagan[23].
2009-yil aprel oyida Meyer doʻsti Hochhalterga koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyilganidan soʻng Fayth Hochhalterning tibbiy toʻlovlarini toʻlash uchun tashkillashtirilgan „Project Book Babe“ dasturida ishtirok etdi. Meyer koʻplab oʻquvchi nusxalari va asl qoʻlyozmalarni kim oshdi savdosiga sovgʻa qilgan[24].
„The Host“ asari asosida Andrew Niccol rejissyorligi asosida film suratga olingan. Aktorlardan Melanie Stryder rolida Saoirse Ronan, Jared Howe rolida Max Irons va Ian OʻShea rolida Jake Abel ijro etishgan[25]. Film 2013-yil 29-martda umumiy salbiy baholar bilan chiqarildi[26][27]. U yomon tanqidiy baholandi va „Twilight“ filmlari seriyasiga nisbatan kassa flopiga aylandi[28][29][30].
Televizion loyihalarda ishtirok
tahrir2015-yil oxirida Meyer Daniel O'Malleyning „The Rook“ kitobi asosida teleserial ishlab chiqarayotgani eʼlon qilindi[31][32]. Roman uchun huquqlarni prodyuserlik kompaniyasi bilan birga olib borishayotgan boʻlsada, u ijodiy kelishmovchiliklar tufayli suratga olish boshlangandan koʻp oʻtmay loyihani tark etdi[33].
2016-yil iyul oyida „Little, Brown and Company“ Meyerning „Sobiq ish beruvchilaridan qochgan sobiq agent“ haqida „The Chemist“ nomli kattalar uchun triller yozganini eʼlon qildi. Kitob 2016-yil 8-noyabrda chop etilgan[34], 2018-yilda Meyerning „Fickle Fish“ prodyuserlik kompaniyasi „Tomorrow Studios“ bilan hamkorlikda „The Chemist“ asariga teleserial suratga olishni boshlagan[35].
Qabul
tahrirMeyer va uning romanlarini qabul qilish kompaniyalar tomonidan avj oldi[36][37]. „Entertainment Weekly“ Meyerni Anne Ricedan keyin dunyodagi eng mashhur vampir romanchisi" ekanligini taʼkidlasa[38], "The Guardian" esa uni „xayoliy hikoyachi, sermahsul muallif va nashriyot bozorida yangi qudratli shaxs“ sifatida tasvirlaydi[39]. Toronto Sundan Wayne Janes rozi boʻlib, „Meyerning muvaffaqiyati yana shu narsani koʻrsatadiki, soʻnggi bir necha yil ichida eng koʻp sotilgan asarlarning virtual hukmronligi odatda kattalar fantastikasi boʻldi“ deb taʼkidlaydi[40]. „The Times“ gazetasi muxbiri Tymon Smith uni „yoshlar fantastikasining super yulduzi“ deb taʼriflagan[41].
Meyer "MSN Lifestyle" nashrining „2008-yilning eng taʼsirli ayollari“ roʻyxatiga kiritilgan va u „adabiy yorituvchi“ sifatida taʼriflangan[42]. U, shuningdek, „The Time“ jurnalining „2008-yilning eng nufuzli 100 kishisi“ roʻyxatida 49-oʻrinni egalladi[3]. Bundan tashqari Meyer „Muhim odamlar“ roʻyxatiga ham kiritilgan edi[43].
Meyer 2009-yilda „Vanity Fair“ning „Axborot davrining eng yaxshi 100 ta kuchlilari“ roʻyxatida 82-oʻrinni egallagan[44]. U jamiyat va pop madaniyatidagi mashhur ayollarni nishonlaydigan „Bluewater Productions“ nomidagi „Ayol kuchi“ biografik komiksining sonlaridan birida tasvirlangan[45]. Amazon tomonidan chop etilgan roʻyxatga koʻra, Meyer oʻn yillikning ikkinchi eng koʻp sotilgan kitob muallifi boʻlgan[46].
Meyerning muvaffaqiyatiga qaramay, uning romanlari juda qattiq tanqid qilindi. „The New York Times“ "Twilight „ filmini „jozibali va maftunkor“ deb atadi, ammo davom etgan sharxga koʻra, „Kitob baʼzan haddan tashqari ishtiyoqmand, oʻquvchi yozuvlardan aziyat chekadi“, deyilgan. Ular Meyerning ishiga tanqidiy yondoshib, Edvardning jozibadorligi va Bellaning behushlik haqida haddan tashqari koʻp havolalar borligini koʻrsatadi[47]. „The Guardian“ gazetasi maqolasida Bellaning xarakterini tanqid qilib, uni haddan tashqari hudbin deb atashgan[48]. NPR romanni tashqi koʻrinish jihatdan eʼtiborga loyiq ammo til ortida niqoblangan takrorlanuvchi „jackhammer“ ekanligi uchun tanqid qiladi. Qolaversa, ular hikoyani qiziq emas deb va bosh qahramon esa koʻpchilikka yoqmasligini aytishgan[49]. "Entertainment Weekly" nashrining taʼkidlashicha, „Breaking Dawn“ haqidagi hikoya baʼzida shu qadar xaotik ediki, Meyer oʻz qarashlarini Jacob Blackga oʻzgartirdi va bu uzoq vaqt davom etgan syujetning gʻalayonini yengillashtirdi.
Yozuvchi Orson Scott Card shunday deydi: „Stephanie Meyer hech qachon oʻquvchi va ular hohlagan orzu boʻyicha baxslashmaydi, u yorqin tiniqlik bilan yozadi. Bu unga hos haqiqiy narsa“[50]. „Newsweek“ jurnaliga bergan intervyusida yozuvchi Jodi Picoult shunday degan: Stephenie Meyerning kitoblarini odamlar berilib oʻqiydi va bu barchamiz uchun yaxshi"[51]. Meyerni J. K. Rowlinga qiyoslagan Stephen King shunday deydi: „Asl farq shundaki, Jo Rowling ajoyib yozuvchi, Stephenie Meyer esa arzimas mavzularda yoza olmaydi. U unchalik ham yaxshisi emas“[52]. Kingning taʼkidlashicha, Meyerning kitoblari oʻquvchilarni qiziqtiradi, chunki bu kitoblarda sevgi va munosabatlarning yorqin birlashmasi ifodalab berilgan"[52]. Amerikalik diniy tarixchi olim Jana Riess Meyerning romanlariga turlicha munosabat bildirgan. U Meyerning asarlariga taʼsir qiluvchi Mormon ilohiyotini chiroyli va murakkab deb topadi. Shu bilan birga Meyerni iqtidorli yozuvchi emas, balki isteʼdodli hikoyachi sifatida taʼriflaydi va romanlarida koʻplab texnik kamchiliklarni ham qayd etadi. Bundan tashqari, Riess Meyer ishidagi „retrogressiv gender stereotiplari“ ni tanqid qilgan[53].
„Twilight“ romanida tasvirlangan „Quileute“ ajdodlari boʻridan odamlarga aylangani haqidagi afsona mavjud. Ammo romandagi Quileute tasvirlarining aksariyati notoʻgʻri talqin qilingan[54]. „Quileute“ qabilasi uning kitoblar va filmlarda ularning urf-odatlaridan foydalanishini va keyinchalik savdo-sotiqni ham madaniy oʻgʻirlik deya taʼrifladi[55].
Muxlislar kuzatuvi
tahrirMeyer Vashington shtatidagi Olimpiya yarim orolidagi Forks kichik shaharchasida sodir boʻladigan voqealar tasvirlangan „Twilight“ romanlar toʻplami yosh oʻquvchilari orasida tezda mashhur boʻldi. Shundan keyin ham Forks shaharchasi muxlislar eʼtiborini yanada tortdi va „Stephenie Meyer kuni“ ni 13-sentyabrda, qahramon Bella Swanning tugʻilgan kunida nishonlaydigan boʻlishdi[56]. Meyerning muxlislari uning kitob qahramonlari rolini oʻynashadi, hikoyalar bilan bogʻliq fantastika yozadilar va kitob imzolash marosimlarida qatnashadilar. Ekstremal muxlislar orasida roman „Twihards“ nomi bilan mashhur[36][57].
Meyerning „Twilight“ seriyasidan keyin, u bilan birga J.K Rowlingning Harri Potter seriyasidan ilhomlangan sehrli rokka oʻxshash „Twi-rock“ deb nomlangan geek rok janri rivojlandi. „Twilight“ mavzusidagi musiqiy guruhlarga „Bella Cullen Project“, „Twilight Music Girls“, „Be Safe Bella“, „Bella Rocks“ va „Mitch Hansen Band“lar film uchun ijrolarini namoyish qilishgan. „Mitch Hansen“ guruhi „By You“ qoʻshigʻini „Twilight“ „New moon“ qismining filmi saundtrekiga qoʻshiladi degan umidda yozgan[58][59]. 2009-yil yozida Dallasda (Texas) „TwiCon“ nomli norasmiy „Twi-rok“ mavzusidagi muxlislar anjumani tashkil etildi. Unda „Twi-rock“ guruhi chiqishlari, Volturi balli, panellar, ustaxonalar va sotuvchilar namoyish etilgan.
Uslub va taʼsirlar
tahrirUslub
tahrir„Twilight“ chiqqandan beri Meyer barcha syujetli asarlarini juda kam xarakteristikalar bilan yozgan va uning yozuvi „oʻrtacha“[60] yomon deb taʼriflangan. Meyer yozuvchilik yoʻnalishida izchil uslub yoki ovoz yetishmasdi: masalan, uning „Hell on Earth“ qisqa hikoyasi „Twilight“ seriyasida qoʻllangan bezakli tasvirlardan farqli ravishda, koʻproq suhbatga asoslangan[12]. Meyer oʻz romanlarini[61] faol ovozda batafsil tushuntirishlarga tayanadi. U tez-tez jumlalarini eng muhim maʼlumotlar bilan ochadi[12]. Aksariyat romanlarning uslubiy yoʻnalishi asar qahramoni xarakterining rivojlanishi boʻlsa-da, Meyer oʻz qahramonlarini tasvirlashdan qasddan qochganini taʼkidlaydi. Uning fikricha, bu oʻquvchiga „oʻz poyafzaliga osonroq kirish“ imkonini beradi[62]. „Twilight“ romanida Bellaning yolgʻizlik davrlari tasvirlangan „New Moon“ va shu kabi baʼzi asarlarida Meyer nasrning oʻzi bilangina emas, balki bob sarlavhalari orqali ham Bellaning ruhiyatiga chuqurroq tushuncha kiritib oʻtgan[12].
Meyerning ijod namunalari odatda melodrama sifatida tasniflanadi. „Twilight“ filmida Meyer „Book of Genesis“, „Wuthering Heights“, „Macbeth“, „Andisha va gʻurur“, „Sense and Sensibility“ kabi asarlardan olgan tajribasi bilan qoʻshiqlaridagi kanonik matnlarga ishora qiladi. Meyerning taʼkidlashicha, har bir romanining individual uslubi yozish paytida tinglagan musiqaning turli janrlaridan ham kelib chiqqan[60]. „Twilight“ romanining korpus stilistik tahlili shuni koʻrsatdiki, Meyer tavsifining aksariyatda koʻzlar, yuzlar va ifoda orqali personajlarning jismoniy xususiyatlari koʻrsatilgan. Meyerning tez-tez uchraydigan taʼriflari koʻz rangi va ifodasi, issiqlik va sovuqning yonma-yonligi, „qora“ va „qorongʻi“ soʻzlari bilan bogʻliq. Tadqiqot mualliflari Meyer tavsiflarining bashoratli va yuzakiligi Meyerning yozish uslubi gʻayrioddiy ekanligidan dalolat deyishgan va uning romanlarining muvaffaqiyati koʻproq aqlli marketing bilan bogʻliqligini koʻrsatadi degan xulosani bildirishgan[63].
Taʼsirlar
tahrirStephanie Meyer mormonizmni oʻzining eng katta taʼsiri deb atagan[64]. Biroq, aktyor Robert Pattinsonning soʻzlariga koʻra, Meyer roman va filmlarga mormonlarga oid havolalarni kiritmagan. Shunga qaramay, kino va din professori Angela Aleiss „Twilight“ seriyasida mormonizmning koʻplab aniq taʼsirlari borligini aytib oʻtadi[65]. Meyer shunday deydi: „Men ongsiz ravishda hikoyaga oʻzimning asosiy eʼtiqodlarimni kiritdim. Erkin agentlik — bu katta mavzu“[66]. Meyer BYU professori Stephen Walker uning ishiga katta taʼsir qilganini aytadi va uning yozishiga taʼsir qiladigan adabiyotni koʻrish va oʻrganishning yangi usulini Walker ochib berganini tushintiradi.
Meyer „Twilight“ seriyasi uchun ilhom manbai sifatida koʻplab romanlarni, shu jumladan Charlotte Brontë Jane Eyre va L. M. Montgomeryning „Anne of Green Gables“ romanini keltiradi. U Seriyadagi har bir kitobni yozishda boshqa koʻplab adabiy klassikalardan ilhomlangan: „Jane Austen“ „Andisha va gʻurur“ asari „Twilight“ gʻoyasi uchun, William Shakespearening „Romeo va Juliet“ asari „yangi oy“, Emily Brontëning „Wuthering Heights“ tomonidan „Oy tutilishi“, William Shakespearening „The Merchant of Venice“ va "„A Midsummer Night's Dream“ asarining „Tong otishi“ kitoblari uchun asos boʻlishi buning dalilidir[67]. Meyer „Twilight“ filmini magʻrurlik va xurofotga asoslangan deb daʼvo qilsa-da, kinoshunos olim Anne Morey roman Jane Eyrega oʻxshashligini aytadi. Edvard ismini tanlash Charlotte Brontë va Jane Austen asarlaridan xulosa qilingan va uning romanlarida oʻrta asrlardagi saroy muhabbati va XIX asr odob-axloq qoidalaridan namuna olingan[68]. Meyer vampirlar haqidagi adabiyotni oʻqimaganligini va shuning uchun unga taʼsir qila olmasligini bildirganiga qaramay, olimlar Anne Klaus va Stefanie Krüger Meyerning qahramonlari „hamma bilgan, anʼanaviy vampir figuralari“ga oʻxshashligini takidlaydilar. Meyer bunga nisbatan fikr bildirib, romanlaridagi gʻayritabiiy va vampir mavzularida fikr yuritishda unga Anne Rice yoki Stephen Kingdan koʻra Austen va Shakespeare koʻproq taʼsir qilganini aytadi[69]. Meyer Austen, Shakespeare va Orson Scott Cardni oʻzining sevimli mualliflari sifatida taʼriflagan[70].
Meyer musiqani asarni yozishda muhim taʼsir etgan omil sifatida taʼkidlagan va u oʻz veb-saytida kitoblarini ilhomlantirgan qoʻshiqlarning pleylistlarini joylashtirgan. Uning pleylistlariga koʻpincha „Muse“, „Blue October“, „My Chemical Romance“, „Coldplay“ va „Linkin Park“ kiradi[71][72][73].
Bibliografiya
tahrirYosh kattalar romanlari
tahrir„Twilight“ seriyasi:
- Asosiy seriyalar:
- „Twilight“ (2005)
- 1.5. „Midnight Sun“ (2020)
- „New moon“ (2006)
- „Eclipse“ (2007)
- 3.5. „The Short Second Life of Bree Tanner“ (2010), roman
- „Breaking Dawn“ (2008)
- „Twilight“ (2005)
- Tegishli kitoblar:
- „Twilight“ dostoni: Rasmiy tasvirlangan qoʻllanma (2011), maʼlumotnoma sifatida
- „Midnight Sun“ (2020)
Romanlar
tahrir- „The Host“ (2008)
- „The Chemist“ (2016)
Yosh va kattalar uchun qisqa hikoyalar
tahrir- „Hell on Earth“, „Prom Nights from Hell“ da chop etilgan. (2007)
Komikslar
tahrir„Twilight“ seriyasi:
- „Twilight“: Grafik roman (2010 — 2011)
- „Yangi oy“: Grafik roman (2012)
Badiiy boʻlmagan asar
tahrir- „Hero at the Grocery Store“ (2006), maqola
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Namoyish | Izohlar | ||
---|---|---|---|---|---|
Aktrisa | Prodyuser | Rejissyor | |||
2008-yil | „Twilight“ | Ha | Diner mijozi (kreditsiz) | [74] | |
2008-yil | „The Resolution“ | Ha | Ha | Noble Jons bilan hamkorlikda rejissyor boʻlgan Jek’s Mankenning „The Resolution“ filmiga musiqiy video | [75] |
2011-yil | The Twilight Saga: Breaking Dawn – Part 1 Breaking Dawn – Part 1 | Uning „Tong otishi“ romani asosida suratga olingan filmning birinchi qismi rekreditatsiya qilinmagan | [74][76] | ||
2012-yil | The Twilight Saga: Breaking Dawn — Part 2 | Ha | Uning „Tong otishi“ romani asosidagi filmning ikkinchi qismi | [76] | |
2013-yil | „The Host“ | Ha | Uning „The Host“ romani asosida film | [77] | |
'"Austenland" | Ha | Shannon Halening xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan film | [78] | ||
2018 | Down a Dark HallAustenland | Ha | Lois Duncanning shu nomdagi romani asosida suratga olingan film |
- „Twilight“ (2008), rejissyor Catherine Hardwicke, „Twilight“ romani asosida film
- „The Twilight Saga: New Moon“ (2009), rejissyor Chris Weitz „Yangi oy“ romani asosida film.
- „The Twilight Saga: Eclipse“ (2010), rejissyor David Slade „Oy tutilishi“ romani asosida suratga olingan film
- „The Twilight Saga: Breaking Dawn — Part 1“ (2011), rejissyor Bill Condon, „Tong otishi“ romani asosida film
- „The Twilight Saga: Breaking Dawn — Part 2“ (2012), rejissyor Bill Condon „Tong otishi“ romani asosida suratga olingan
- „The Host“ (2013), Andrew Niccol tomonidan suratga olingan, „The Host“ romani asosida film
- „Twilight Storytellers: The Mary Alice Brandon File“ (2015), Rejissyor Kailey Spear va Sam Spear, „Twilight“ romani seriyasiga asoslangan.
- „Twilight Storytellers: Consumed“ (2015), Rejissyor Maja Fernqvist „Twilight“ romaniga asoslangan.
- „Twilight Storytellers: The Groundskeeper“ (2015), qisqa metrajli rejissyor Nicole Eckenroad, „Twilight“ romaniga asoslangan
- „Twilight Storytellers: Masque“ (2015), qisqa metrajli rejissyor Cate Carson, „Twilight“ romaniga asoslangan.
- '"Twilight Storytellers: Sunrise" (2015), qisqa metrajli rejissyor Amanda Tasse, „Twilight“ romani seriyasiga asoslangan
- „Twilight Storytellers: Turncoats“ (2015), qisqa metrajli rejissyor Lindsey Hancock Williamson, „Twilight“ romaniga asoslangan
- „Twilight Storytellers: Weʼve Met Before!“ (2015), qisqa metrajli rejissyor Yulin Kuang, „Twilight“ romani seriyasiga asoslangan
Mukofotlar
tahrirYil | Turkum | Muassasa yoki nashr | Natija | Izohlar |
---|---|---|---|---|
2006-yil | Yoshlar uchun eng yaxshi fantastika | "Young Adult Library Services
Association" |
Yutuq | "Twilight" asari uchun |
2008-yil | Yil yozuvchisi | "USA today" | Yutuq | |
2009-yil | Yilning bolalar uchun moʻljallangan kitobi | "British book Awards" | Yutuq | "Breaking Dawn" asari |
Manbalar
tahrir- ↑ „The World's Most Powerful Celebrities: #26 Stephenie Meyer“. Forbes. 19-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2009-yil.
- ↑ Diane Roback. „Children's Bestsellers 2009: The Reign Continues“. Publishers Weekly (22-mart 2010-yil). 19-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2010-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „The 2008 Time 100 Finalists“ (1-aprel 2008-yil). 3-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2009-yil.
- ↑ Gil Kaufman. „Angelina Jolie, Oprah, Madonna Top Forbes Celebrity 100“. MTV (2009-yil 4-iyun). 2009-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2009-yil.
- ↑ Shapiro 2009, ss. 20–21
- ↑ 6,0 6,1 Cochrane, Kira. „Stephenie Meyer on Twilight, feminism and true love“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (11-mart 2013-yil). 19-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Stephenie Meyer – profile“. The Telegraph. Telegraph Media Limited (18-noyabr 2009-yil). 15-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2019-yil.
- ↑ 8,0 8,1 Laing, Olivia. „Stephenie Meyer – a squeaky-clean vampire queen“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (14-noyabr 2009-yil). 24-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Scholars You May Know“. National Merit Scholarship Corporation. National Merit Scholarship Corporation. 2016-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
- ↑ Walker, Michael R.. „A Teenage Tale with Bite“. BYU Magazine. Brigham Young University (2007-yil qish). 31-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
- ↑ McRae, Madalyn. „4 BYU alumni who became bestselling authors“. The Daily Universe. Brigham Young University (29-noyabr 2017-yil). 31-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 Blasingame, Deakin & Walsh 2012.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Damian Whitworth. „Harry who? Meet the new J.K. Rowling“. The Times Online. London: The Times (13-may 2008-yil). 13-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2009-yil.
- ↑ Blasingame, Deakin & Walsh 2012, s. 5
- ↑ Scherer 2012, s. 19
- ↑ Tony-Allen Mills. „News Review interview: Stephenie Meyer“. The Times (10-avgust 2008-yil). Qaraldi: 15-avgust 2009-yil.
- ↑ Krohn 2010, ss. 24–25
- ↑ Schillaci, Sophie. „From 'Twilight' to 'The Host': A Stephenie Meyer Timeline“. The Hollywood Reporter (28-mart 2013-yil). 16-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
- ↑ Nance, Kevin. „Stephenie Meyer talks about 'The Host'“. Chicago Tribune (23-mart 2013-yil). 16-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Books – Best-Seller Lists“. The New York Times (25-may 2008-yil). 4-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
- ↑ „The 25 Entertainers of the Year“. Entertainment Weekly (13-noyabr 2008-yil). 1-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2008-yil.
- ↑ Carroll. „'Twilight' Writer Stephenie Meyer Wants Matt Damon For 'Host' Movie – Movie News Story MTV Movie News“. Mtv.com (9-aprel 2008-yil). 2010-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
- ↑ Alter, Alexandra. „Sorry, "Twilight" Fans, Stephenie Meyer's Latest Is a Twister Spy Thriller“. The New York Times (9-noyabr 2016-yil). 9-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2019-yil.
- ↑ PJ Standlee. „Stephenie Meyer, J.S. Lewis and More Young Adult Authors Fight Cancer With Project Book Babe“. Phoenix New Times (7-aprel 2009-yil). 2009-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2009-yil.
- ↑ McNary, Dave (12-may 2011-yil). „Meyer's 'Host' finds a helmer“. Variety. November 8, 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2012-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „'The Host' Lands Release Date: Here's What We Know About Stephenie Meyer Adaptation“. MTV.com (27-iyun 2011-yil). 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2011-yil.
- ↑ Lee, Stephan. „Box office report: 'G.I. Joe' wins Easter Weekend with a muscular $41.2M“. CNN (1-aprel 2013-yil). 21-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2013-yil.
- ↑ McCarthy. „The Host: Film Review“. The Hollywood Reporter (28-mart 2013-yil). 2015-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2020-yil.
- ↑ Dargis. „Fighting the Peacenik Alien Within Her – Saoirse Ronan in 'The Host,' From a Stephenie Meyer Novel“. The New York Times (28-mart 2013-yil). 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2020-yil.
- ↑ Dean, Michelle. „Twilight author Stephenie Meyer to publish new thriller for adults“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (19-iyul 2016-yil). 17-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Stephenie Meyer to produce The Rook TV series – The Bookseller“. 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2016-yil.
- ↑ Robinson, Joanna. „New Details on The Rook TV Series from Twilight's Stephenie Meyer“. Vanity Fair. Conde Nast (28-iyul 2017-yil). 22-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ Andreeva, Nellie. „"The Rook": Lisa Zwerling & Karyn Usher Join As Showrunners, EP Stephenie Meyer Exits Starz Spy Series“. Deadline. Penske Business Media (1-iyun 2018-yil). 7-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2019-yil.
- ↑ France. „'Twilight' author publishing thriller“. CNN (19-iyul 2016-yil). 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2016-yil.
- ↑ Andreeva, Nellie. „"Twilight" Author Stephenie Meyer's "The Chemist" to Be Adapted As TV Series By Tomorrow Studios“. Deadline. Penske Business Media (29-yanvar 2018-yil). 10-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2019-yil.
- ↑ 36,0 36,1 Beasley, Tom. „Twilight forever: how superfans kept the vampire critics at bay“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (6-noyabr 2018-yil). 17-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ Jancovich, Mark „Cue the Shrieking Virgins' : The Critical Reception of the Twilight Saga“, . Screening Twilight. International Library of the Moving Image Clayton: . London: I.B.Tauris, 2014. ISBN 9781780766669. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
- ↑ Gregory Kirschling. „Stephenie Meyer's 'Twilight' Zone“. Entertainment Weekly (2-avgust 2007-yil). 21-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2009-yil.
- ↑ „All fangs, no bite“. The Guardian (7-avgust 2008-yil). 21-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2009-yil.
- ↑ Wayne Janes. „The might of bite“. Toronto Sun (28-dekabr 2008-yil). 2012-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2009-yil.
- ↑ Tymon Smith. „Stephanie [sic] Meyer vs Jordan Scott“. The Times (7-avgust 2009-yil). 2010-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2009-yil.
- ↑ „MSN Lifestyle's Most Influential Women of 2008“. MSN. 2009-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2009-yil.
- ↑ Lev Grossman. „People Who Mattered: Stephenie Meyer“. Time (17-dekabr 2008-yil). 21-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2009-yil.
- ↑ „The New Establishment 2009“. Vanity Fair (1-sentabr 2009-yil). 2009-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2009-yil.
- ↑ Mandi Bierly. „'Twilight' author Stephenie Meyer featured in 'Female Force' comic“. Entertainment Weekly (4-avgust 2009-yil). 2009-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2009-yil.
- ↑ Liew, Jonathan. „Amazon: top 10 best-selling books of the decade“. The Daily Telegraph (16-dekabr 2009-yil). 29-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2010-yil.
- ↑ Spires, Elizabeth. „'Enthusiasm' by Polly Shulman and 'Twilight,' by Stephenie Meyer“. The New York Times (12-fevral 2006-yil). 17-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ Russell-Williams, Imogen. „Twilight vampires? Bah! Fangs ain't what they used to be...“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (8-yanvar 2009-yil). 17-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ Holmes, Linda. „The Writing Style of 'Twilight': We Kick Off The 'I will If You Will' Book Club“. NPR. National Public Radio (22-mart 2010-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
- ↑ Orson Scott Card. „The 2008 Time 100: Stephenie Meyer“. Time (30-aprel 2009-yil). 24-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2009-yil.
- ↑ Jennie Yabroff. „Why Is It A Sin To Read For Fun?“. Newsweek (2009-yil 11-aprel). 2009-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2009-yil.
- ↑ 52,0 52,1 Flood, Alison. „Twilight author Stephenie Meyer "can't write worth a darn", says Stephen King“. The Guardian. The Guardian News & Media Limited (5-fevral 2009-yil). 7-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2019-yil.
- ↑ Reiss 2009.
- ↑ „Misconceptions: Facts vs. Fiction“. www.burkemuseum.org. Qaraldi: 22-iyul 2020-yil.
- ↑ „Misconceptions: Cultural Theft“. www.burkemuseum.org. Qaraldi: 22-iyul 2020-yil.
- ↑ Paige Dickerson. „Forks' Stephenie Meyer Day to celebrate 'Twilight' author's books“. Peninsula Daily News (6-sentabr 2010-yil). 2011-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2010-yil.
- ↑ Lev Grossman. „Stephenie Meyer: A New J.K. Rowling?“. Time (24-aprel 2008-yil). 23-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2011-yil.
- ↑ Vineyard, Jennifer. „'Harry Potter' vs. 'Twilight': Battle of the 'Bands About Books'“. MTV News. MTV (18-avgust 2008-yil). 16-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
- ↑ Carroll, Larry. „Mitch Hansen Band Hope For Spot on "New Moon" Soundtrack“. MTV News. MTV (31-avgust 2009-yil). 16-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
- ↑ 60,0 60,1 Krohn 2010.
- ↑ Blasingame, Deakin & Walsh 2012, s. 28
- ↑ Meyer, Stephenie (2019), Frequently Asked Questions: Twilight, qaraldi: 28 January 2021
- ↑ Cesiri, Daniela; Coccetta, Francesca (2019). „Narrative Descriptions in Stephenie Meyer's Twilight Saga. A Corpus stylistics perspective“. Umanistica Digitale. № 6. doi:10.6092/issn.2532-8816/8745. Qaraldi: 6 January 2020.
- ↑ Sanders, Eli. „10 Questions for Stephenie Meyer“. Time. Time (21-avgust 2008-yil). 11-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2019-yil.
- ↑ Aleiss, Angela. „Mormon Influence, Imagery Run Deep Through 'Twilight'“. Huffington Post (24-iyun 2010-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2020-yil.
- ↑ Smyth, Karen Elizabeth (2011). „"What's a Nice Mormon Girl Like You Doing Writing about Vampires?": Stephenie Meyer's "Twilight" Saga and the Church of Jesus Christ of Latter-day Saints“ (PDF). College of William & Mary. 15-bet. doi:10.21220/s2-sy93-gw28. October 11, 2019da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 11 October 2019.
- ↑ Clarke & Osborn 2010, ss. 39–50 ;Morey 2012, ss. 15–17
- ↑ Klaus & Krüger 2011.
- ↑ Associated Press. „Teen star Stephenie Meyer writes adult novel“. Today. NBC Universal (30-aprel 2008-yil). 11-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Interview: Twilight author Stephenie Meyer“. A Motley Vision. 2007-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Twilight Series | New Moon | Playlist“. Stepheniemeyer.com. 2016-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
- ↑ „Twilight Series | Eclipse | Playlist“. Stepheniemeyer.com. 2016-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
- ↑ „Twilight Series | Breaking Dawn | Playlist“. Stepheniemeyer.com. 2016-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2010-yil.
- ↑ 74,0 74,1 Durand, Elizabeth. „Stephenie Meyer Makes Cameo in "Breaking Dawn: Part 1"“. MTV News. MTV (6-iyun 2011-yil). 8-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2019-yil.
- ↑ Vineyard, Jennifer. „"Twilight" Author Stephanie Meyer Tries to Drown Jack's Mannequin in "Resolution" Video“. MTV News. MTV (5-sentabr 2008-yil). 22-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2019-yil.
- ↑ 76,0 76,1 Richmond, Krista. „"Breaking Dawn" author Stephenie Meyer discusses her new role as movie producer“. The Christian Science Monitor. The Christian Science Monitor (9-noyabr 2011-yil). 9-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2019-yil.
- ↑ Kit, Zorianna. „A Minute With: "Twilight" author Stephanie Meyer on "The Host"“. Reuters. Reuters (27-mart 2013-yil). 8-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2019-yil.
- ↑ McNary, Dave. „Q&A Stephenie Meyer: "Twilight" Author Trades Undead for Well-Bred in "Austenland"“. Variety. Variety Media (13-avgust 2013-yil). 28-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2019-yil.