Tiara (lotincha: tiara , qadimgi yunoncha: τιάρα) boshga taqiladigan bezak. Uning kelib chiqishi qadimgi Yunoniston va Rimga borib taqaladi. 18-asrning oxirida tiara Yevropada ayollar tomonidan tantanali marosimlarda kiyiladigan nufuzli zargarlik buyumlari sifatida modaga kirgan. Zamonaviy tiaralar asosan yarim doira shsklda boʻlib odatda kumush, oltin yoki platinadan yasalgan va qimmatbaho toshlar, marvaridlar yoki kameoslar bilan bezatilgan.

Angulem gersoginyasining tiarasi (1820). Tiara fransuz malikasi Mari-Tereza, Angulem gersoginyasi, Lui XVI va Mari Antuanettaning qizi uchun tayyorlangan.

Tiaralar 19-asrning oxirlarida juda mashhur boʻlgan va asosa dabdabali marosimlar uchun taqilgan. Birinchi jahon urushidan soʻng, qirollik saroyidagi rasmiy holatlardan mustasno, tiara kiyish asta-sekin modadan chiqib ketgan. 21-asr boshidan tiaralarga qiziqish yana ortdi. „Tiara“ soʻzi koʻpincha " diadem " soʻzi bilan almashtiriladi.

Tavsif

tahrir

Zamonaviy tiaralar odatda kumush, oltin yoki platinadan yasalgan (yarim) doira shaklda boʻladi. Tiaralar tortoiseshell, marjon va kvartsdan ham tayyorlangan. 20-asrda shox va alyuminiy kabi gʻayrioddiy materiallardan tiaralar yaslgan[1].

Tiaralar odatda qimmatbaho toshlar, marvaridlar yoki kameoslar bilan bezatilgan. Qimmatbaho toshlar tiaradagi naqshlarga oʻrnatilgan. Ushbu naqshlar koʻpincha yoy, gulchambar, doira, yulduzlar gullar yoki barglar shaklida boʻlgan. Baʼzan qimmatbaho toshlar yordamida gullar, makkajoʻxori boshoqlari, ninachilar yoki kapalaklar shakllari bilan bezatilgan. Tiara turli oʻlchamdagi yuzlab minglab qimmatbaho toshlarni oʻz ichiga olishi mumkin; deyarli har doim, tiaralar olmoslardan tayyorlangan. Bu tiaralarni eng qimmat va ajoyib zargarlik buyumlari qatoriga qoʻyadi[1].

Tiaralarning turli xil modellari mavjud, jumladan:

  • bandeau, lenta yoki soch tasmasi shaklidagi diadem;
  • kokoshnik, odatda qimmatbaho toshlardan devor hosil qilib yasalgan shakli xuddi shu nomdagi anʼanaviy rus bosh kiyimiga asoslangan;
  • halo, boshni aureola kabi oʻrab turgan diadem,
  • fringe, koʻpincha marjon sifatida ham taqilishi mumkin boʻlgan olmoslardan yasalgan hoshiyali bezak.[2]

Tiaralarni boshga, balki peshonaga ham taqish mumkin; bu tiaraning tuzilishiga bogʻliq. Tiara taqish bosh ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin.

 
Erkaklar tiarasi

Odob qoidalari

tahrir
 
Gollandiya qirolichasi Maxima

Baʼzi odamlar faqat yuqori unvonga ega ayollarga tiara kiyishga ruxsat beriladi, deb oʻylashadi. Har qanday ayol tadbirlarda tiara taqishi mumkin. Bunday hollarda ayollar tantanali kechki koʻylak kiyishlari kerak, libosning yelkalari biroz ochiq boʻlishi kerak.

Anʼanaga koʻra, yosh qizlar turmushga chiqmaguncha tiara taqmasliklari lozim. Toʻy kuni ular oʻz oilasiga tegishli boʻlgan tiara taqishgan. Ayol turmushga chiqqandan soʻng, u faqat erining oilasiga yoki oʻziga tegishli boʻlgan tiaralarni taqishi kerak. Faqat malikalarga turmushga chiqmagan boʻlsalarda oʻn sakkiz yoshdan boshlab tiara kiyishga ruxsat berilgan. 21-asrda bu qoidalar endi qatʼiy qoʻllanilmaydi[2].

Motam marosimida jet, oniks, shisha yoki poʻlatdan yasalgan maxsus qora tiaralar taqilgan. Motamning keyingi marosimlari uchun (ikkinchi motam va yarim motam), binafsha rangli toshlar (ametist), oq toshlar (olmos va oy toshi) yoki marvaridli tiaralar ham mavjud[1].

 
Bu Fayum mumiya portreti oltin gulchambar kiygan ayolni koʻrsatadi, v . Milodiy 100-110 yillar.

18-asrgacha

tahrir

Tiara va diadem soʻzlari qadimda erkaklar va ayollar tomonidan yuqori maqomni bildirish uchun kiyiladigan bosh bezaklari nomidan kelib chiqqan. Jefri Munn taʼkidlaganidek, „Tiara“ soʻzi aslida forscha boʻlib, bu nom birinchi boʻlib fors qirollarining (binafsha va oq bezakli tasmalar) bilan oʻralgan baland choʻqqidagi bosh kiyimlarini bildirgan. Endi u dekorativ bosh bezaklarining deyarli barcha shakllarini tasvirlash uchun ishlatiladi." [1] Qadimgi yunonlar va rimliklar gulchambar shaklidagi bosh bezaklarini yasash uchun oltindan foydalanganlar. Rim imperiyasining qulashi va nasroniylikning yuksalishi bilan birga tiara va diademlarga boʻlgan talab ham kamayib ketgan[1].

Yevropada qirolicha va malikalarining toj kiyishlari urf boʻlgan, kelinlar esa toʻy kunida maxsus kelin tojlarini kiyishgan. 17—18-asrlarda hukmron qirolichalar oʻzlarining alohida mavqeini bildirish uchun bosh bezaklarini taqib yurishni boshlaganlar. Bu odat keng tarqalmaganligining asosiy sababi XVIII asrdagi ayollarning baland soch turmagi diadem kiyishni qiyinlashtirgan[3].

18 va 19-asrlar

tahrir
 
Stefani de Boharnais, Badenning marvarid va olmosli tiarasi, 1830-yilda yaratilgan va hozirda Mannheim saroyidagi muzeyda.

18-asr oxirida neoklassitsizm tiaralarning jonlanishiga sabab boʻldi, ammo bu safar undan faqat ayollar foydalanishgan. Qadimgi Yunoniston va Rimdan ilhom olgan zargarlar qimmatbaho toshlardan gulchambar koʻrinishidagi tiaralarni yaratdilar[3]. Napoleon va uning rafiqasi Jozefin de Beauharnais tiaralarni ommalashtirishga yordam berishgan. Napoleon fransuz saroyi Yevropadagi eng buyuk saroy boʻlishini xohlagab va xotiniga tiaralardan iborar koʻplab toʻplamlarni sovgʻa qilgan. Napoleonning birinchi xotini Jozefina uchun tayyorlangan bir nechta tiaralar hali ham Yevropa qirollik oilalarida saqlanadi[1].

 
Jozefina uchun tayyorlangan tiara

19-asrda tiara tezda qirol va aslzoda ayollar orasida maqomni ifodalash va eʼtiborni jalb qilish usuli sifatida mashhur boʻlgan. Tiara sud marosimlari, ballar, kechki ovqatlar va boshqa tantanali tadbirlar uchun ayollar kiyimining muhim qismiga aylangan. Koʻpincha kelinlar toʻy kuni eri yoki otasidan sovgʻa sifatida tiara olishgan.

Tiara mashhurligining balandligi 1890-1914 yillar oraligʻida edi. Eng yuqori va eng boy ijtimoiy tabaqalardan boʻlgan ayollar bir nechta tiaralarga ega edi. Tiara kiyish endi faqat zodagonlar uchun xos emas edi. Qoʻshma Shtatlarda ham tiara taqish tantanalarda yuqori ijtimoiy doiradagi ayollar orasida keng tarqalgan[1][4]. Garrard, Fabergé, Chaumet, Cartier va Van Cleef & Arpels kabi ajoyib zargarlik uylari oʻz mijozlari uchun tiaralarni ishlab chiqarishgan[2].

20 va 21-asrlar

tahrir
 
Art Nouveau uslubida Rene Lalik tomonidan yaratilgan tiara

Rene Lalik va zargarlik buyumlari dizayneri Genri Uilson kabi ijodkorlar haqiqiy hayotda osongina taqib boʻlmaydigan badiiy tiaralarni yaratdilar.

Birinchi jahon urushidan keyin tiara taqish urfdan chiqqan . Bunga ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlar sabab boʻlgan(boylikni namoyish qilish unchalik maqbul emas edi). Bundan tashqari tiaralarning urfdan chiqishi ayollar sochlarini qisqartirishlari va shampun bilan sochlarini tez-tez yuvishlari bilan bogʻliq edi. Toza sochlar silliq va yumshoq boʻlib, tiarani „ushlab“ tura olmagan. Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi oʻrtasidagi Art Deco koʻpincha qisqa sochlar bilan kiyish oson boʻlgan tiaralar yaratgan.

Yigirmanchi asrning oxiridan boshlab tiaralardan faqat davlat ziyofatlari, qirollik toʻylari va toj kiyish marosimlari uchun foydalanilan boshlangan[3]. Biroq, tiaralar hali ham ishlab tayyorlanmoqda[5][6]. Versace estrada yulduzi Madonna uchun tiara tayyorlagan[7]. Daniya qirollik oilasida 2009-yilda klassik va zamonaviy tiaralar ko‘rgazmasi uchun mo‘ljallangan tiara bor[8].

Toʻplamlar

tahrir

Qirolicha Yelizaveta II dunyodagi eng katta va eng qimmat tiaralar kolleksiyasiga ega boʻlib, ularning aksariyati qirolichaga ajdodlaridan meros qolgan. U tez-tez davlat tadbirlarida tiara taqqan holatda qatnashadi. Qirolicha tiaralarning katta qimini qirolicha Aleksandradan meros qilib olgan. Shuningdek, u shahzoda Albert tomnidan Qirolicha Viktoriyaga sovgʻa qilingan bir nechta tiaralarga ega[9]. Qirolicha Mary 1920-yillarda Buyuk Gertsog Vladimir tiarasini sotiboldgan. Tiara bir-biriga bogʻlangan koʻplab olmos doiralaridan iborat. Doiralar ichida marvarid tomchilari yoki zumradlar biriktirilgan. Qirolicha Mary 1911-yilda Hindistonda boʻlib oʻtgan Dehli Durbar uchun ham maxsus tiara yasattirga. Hozirda bu tiara u Uels shahzodasi Charlzning rafiqasi Kornuol gersoginyasiga vaqtinchalik ijaraga berilgan. Qirolicha Yelizaveta II oʻzi uchun yoqut va olmos tiara buyurtma qilgan. Bu tiara Braziliya xalqi sovgʻa qilgan akvamarinlardan tayyorlangan[3][10].

Boshqa malikalar va qirolichaalar rasmiy oqshomlarda muntazam ravishda tiara taqishadi. Shvetsiya qirollik oilasi Daniya, Gollandiya va Ispaniya monarxlari ham shaxsiy kolleksiyaga ega. Daniya qirollik taqinchoqlarining koʻpchiligi dastlab Shvetsiya malikasi Louise Frederik VIII ga turmushga chiqqanida toʻplamga kirgan. Romanovlar sulolasi 1917-yil inqilobiga qadar tiaralar toʻplamiga ega boʻlgan[11]. Eron qirollik oilasida ham tiaralarning katta kolleksiyasi bor edi. Eron inqilobidan beri ular Tehrondagi Milliy zargarlik muzeyida saqlanmoqda[12][13].

Zargarlik

tahrir

Plastmassa, straz, Swarovski kristallari yoki boshqa qimmatbaho boʻlmagan materiallardan ham tiaralar tayyorlangan . Bunday taqinchoqlar odatda bitiruv kechasi, tugʻilgan kun yoki toʻy kabi maxsus holatlarda taqiladi. Ulardan goʻzallik tanlovlari gʻoliblari ham taqishgan.

Teatr va kino

tahrir

Tiaralar koʻpincha kino, spektakl va televidenieda aktrisalar tomonidan taqiladi. 2013-yilda Kartier uchun Nikol Kidman rol o‘ynagan " Grace of Monako " filmi uchun Grace Kelly taqqan birinchi tiaraning nusxasini yaratgan[14].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Munn, Geoffrey. Tiaras: Past and Present. 160 Brompton Road, London: V&A Publications, 2002. ISBN 0-8109-6594-1. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Jordan. „The Story of Tiaras: A History of Elegance“. Sotheby's (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Munn, Geoffrey. Tiaras: A History of Splendor. England: Antique Collectors' Club Ltd., 2001. ISBN 1851493751. 
  4. „Jewel History: The Tiara Has Become a Social Need (1907)“ (en-US). The Court Jeweller (2016-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  5. Treble. „Rocking the tiara“. Macleans University (2013-yil 24-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  6. „Collecting guide: 10 things to know about tiaras | Christieʼs“ (en). www.christies.com. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  7. „Versace tiara to be auctioned for AIDS charity“. Rough&Polished. 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  8. „The Royal Order of Sartorial Splendor: Tiara Thursday: The Midnight Tiara“. The Royal Order of Sartorial Splendor (2011-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  9. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. Champ. „Anatomy of a tiara“. Sotheby's. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  10. „Aquamarine and diamond tiara“. 2009-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-may.
  11. „Which Royal Family has the most expensive tiara collection in the world?“ (en-GB). Tatler (2021-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  12. „The Crown Jewels: From Empress Farah of Iran to Queen Mary, the royals who have boasted the best jewellery collections“ (en-GB). Tatler (2021-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  13. „Iran National Jewels Museum“ (en-US). Iran Safar Travel (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  14. Sowray. „Cartier recreate Grace Kelly's jewels for Nicole Kidman film Grace of Monaco“. Telegraph (2013-yil 16-may). 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.

Treasury of national jewel in Iran

Havolalar

tahrir