Togʻa
Togʻa — 1980-yillardagi jarayonlarni tasvirga olingan, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, rejissor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan komediya, milodramma shaklidagi filmdir[1].
Togʻa | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Rashid Malikov |
Prodyuser(lar) | Farhod Usmonov |
Ssenariynavis(lar) | Rashid Malikov |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy |
Kinematografiya | Umid Malikov |
Studiya(lar) | "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi |
Chiqarilgan sanasi | 2014-yil 9-aprel |
Davomiyligi | 82 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Syujeti
tahrirFilmda tasvirlangan voqealar oʻtgan asrning 80-yillarida Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Otasiz oilada voyaga yetayotgan Sanjar yozgi taʼtil davrida togʻasining uyiga mehmonga borib, bir muddat u yerda yashaydi. Uning togʻasi — Jumash aka tabiatan quvnoq, hazilkash inson. Biroq turmush oʻrtogʻi bilan befarzandlikdan aziyat chekadi. Turli yumushlarda togʻasiga qarashgan Sanjar qatʼiyat, iroda, maqsad sari intiluvchanlik, mehnatsevarlik, halollik kabi fazilatlarni aynan togʻasidan oʻrganadi. Bu fazilatlar unga kelgusida yaxshi inson, mohir shaxmatchi boʻlib shakllanishida asosiy omil vazifasini oʻtaydi. Voqealar Sanjar ismli shaxmatchi yirik musobaqa oldidan uyushtirgan matbuot anjumanidan boshlanadi. Unda bir muxbir qiz shaxmatchidan Jumash ismli kishi haqida soʻraydi. Jurnalistning savoliga javoban Sanjar anjumandan soʻng boshidan oʻtkazgan voqealarni hikoya qilib beradi. Hikoyadagi voqealar oʻtgan asrning saksoninchi yillari oxirida Buxoroda boʻlib oʻtadi. Sanjar oʻshanda toʻqqiz yashar bolakay edi. Ota-onasi ajrashib ketgan. U yozgi taʼtil paytida Jumash togʻasinikiga mehmonga borib, u yerda bir muddat yashaydi. Togʻasi garchi quvnoq, hazilkash odam boʻlsa-da, yuragining bir chekkasi kemtik, farzandi yoʻq edi. Shu bois Jumash jiyanini har doim oʻzi bilan birga etaklab yuradi. U baʼzan nojoiz ishlarga ham qoʻl uradi. Lekin oxir-oqibat oʻz xatolarini tushunib etadimi-yoʻqmi, filmni tomosha qilish asnosida bilib olish mumkin.
Film ijodkorlari
tahrir- Postanovkachi rejissyor: Rashid Malikov
- Ssenariy muallifi: Rashid Malikov
Alisher Jumaniyozov - Postanovkachi operator: Umid Malikov
- Postanovkachi rassom: Mariya Soshina
- Mantaj Rejissori: Sherzod Shohalilov
- Bastakor: Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy
- Ovoz Rejissori: Abduqahhor Karimov
Rollarda
- Bobur Yo‘ldoshev — Jumash
- Boris Gʻafurov — Sanjarning kattaligi
- Nigora Karimboyeva — Lola
- Abbos Nig‘monov — Sanjar
- Feruza Sobitova — Manzura
- Ali Choriyev — Bugalter
- Ra’no Shodiyeva — Madina
- Ubaydulla Omon — Ota
- Behzod Hamroyev — Murod
- Zarina Nizmoddinova — Komila
- Vitaly Popetov — Goyko Tadich
Ishlab chiqarish
tahrirTogʻa filmi Rashid Malikov tomonidan suratga olingan boʻlib voqealar rivoji Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Kino kartinada asosan 1980-yillardagi jarayonlar yoritish maqsad qilingan. Bu kartinada „Andijon polkasi“ va polyak bastakori Mixail Oginskiyning „Oginskiy polonezi“ musiqi asarlaridan foydalanilagan[2]. 2014-yilning 9-aprealida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shu yilning oʻzida esa Rossiya kinofestivalida qatnashib sovrindor ham boʻlgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „1980-yillar haqida hikoya qiluvchi “Tog‘a” filmining premyerasi o‘tkazildi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
- ↑ RUSTAMOV, Abdulaziz „Bir film tahlili: “Tog`a”dan nimani o`rganamiz?“. https://darakchi.uz/oz. Darakchi.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
- ↑ BBC, O‘zbek xizmati „Rashid Malikov: "Qo‘limda bo‘lsa, xontaxta filmlarni man qilardim"“. https://www.bbc.com/uzbek. BBC News o'zbek. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.