Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi

SSSR ittifoqdosh respublikasi
(Tojik SSRdan yoʻnaltirildi)

Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston SSR (tojikcha: Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон; ruscha: Таджикская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Tojikistoni deb yuritiladi.

Maqom Sovet Ittifoqi respublikasi (1929–91)
Hukumat boshchisi  
• 1929-1933
Abdurrahim Hojibayev
• 1986-1991
Izatullo Xayoyev
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Tojikiston ASSR
Tojikiston
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Tojikiston
 China

1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.

Tojikiston SSR poytaxti Dushanbe shahri boʻlgan. Respublika 45 rayonga boʻlingan, 19 shahar, 49 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi

tahrir

Tojikiston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida paydo boʻlgan. 6-4-asrlarda Axomaniylar davlati, soʻngra makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Tojikiston SSR 9-10-asrlarda Tohiriylar va Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan kezlarda tojik elati tarkib topa boshlagan. 10-13-asrlarda Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. 14-asrning 2-yarmidan Tojikiston SSR Temuriylar davlati, 16-asrdan Buxoro xonligi qoʻl ostida boʻlgan.

 
Tojikiston SSRning Zarafshon togʻlarida yosh pionerlar

1868-yili Tojikiston SSRning shimoliy qismini Rossiya egallab olgan, janubiy qismi esa Rossiyaga vassal qaramlikdagi Buxoro xonligi tarkibida qolgan.

20-asr boshida ilk sotsialist-demokratik toʻgaraklar paydo boʻlgan. Tojikiston SSR shimolida Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralida oʻrnatilib, hududi Turkiston ASSR tarkibida boʻlgan. Buxorodagi Xalq inqilobidan keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan.

1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.

1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar

tahrir
  1. "Tojikiston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 274. 5-89890-018-7. 

Havolalar

tahrir