Uqba ibn Nafiy ibn Abdulqays al-Fihriy al-Qurashiy (arabcha: عقبة بن نافع بن عبد القيس الفهري القرشي), Uqba ibn Nafiy nomi bilan tanilgan, Amr ibn al-Osning jiyani. Xalifa Umar davridan Roshidun xalifaligiga xizmat qilgan arab generali. Keyinchalik Umaviy xalifalari Muoviya I va Yazid I hukmronligi davridamusulmonlarning Magʻribga istilosi, shu jumladan, Liviya, Tunis, Jazoir va Marokashni zabt etishda va Nubiyani egallashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz yurishlarda ishtirok etgan. Shimoliy Afrikada Umaviylar hukmronligini oʻrnatish yoʻlidagi harakatlari bilan tanilgan. Kelib-chiqishi Qurayshga aloqador Banu Fihr qabilasidan boʻlganligi bois al-Fihriy nomini olgan. Avlodlari Uqbiylar yoki Fihriylar nomi bilan tanilgan.

Uqba ibn Nafiy
عقبة بن نافع

Uqba ibn Nafiyning Jazoirdagi haykali
Mansab davri
681 – 683
Hukmdor Muoviya I
Oʻtmishdoshi Muoviya ibn Hudayj
Vorisi Abu al-Muhojir Dinor
Mansab davri
681 – 683
Hukmdor Yazid I
Oʻtmishdoshi Abu al-Muhojir Dinor
Vorisi Zuhayr ibn Qays
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 622
Vafoti 683
Tabuda[1] (hozirgi Jazoirning Sidi Okba vohasi yaqinida)
Munosabatlari
Bolalari Abu Ubayda ibn Uqba
Ota-onasi Nafiy ibn Abdulqays
Salma binti Harmala
Faoliyati Roshidun xalifaligi
Umaviylar xalifaligi
Dafn etilgan joyi Sidi Okba masjidi, Jazoir
Qoʻshin turi Roshidun armiyasi
Xizmat yillari 635–683
Unvoni general
Janglari

Hayoti

tahrir
 
Uqba masjidi

Uqba ibn Nafiy 622-yilda tugʻilgan[2]. Roshidun xalifaligining generali sifatida Amr ibn al-Os bilan birga Shimoliy Afrikadagi shaharlarni zabt etishda ishtirok etgan. Dastlab Barqa shahrini, soʻngra 644-yilda Tripolitaniyani egallagan. 642 yoki 643-yillarda Kirenaika zabt etilgan. Shundan soʻng, Amr ibn al-Os Berber qabilalaridan olinadigan jizya soligʻini 13 000 dinor qilib belgilagan[3]. Birinchi fitnadan keyin 661-yilda Muoviya I tomonidan Umaviylar xalifaligi tashkil qilingach, Magʻribga tomon ikkinchi bosqinchilik harakatlari boshlangan. 10 000 musulmon va boshqa minglab qoʻshin Uqba ibn Nafiy boshqaruvi ostida Damashqdan chiqib, Vizantiya Afrikasi tomon yurish qilgan va u yerni zabt etgan[4].

670-yilda amir yoki qoʻmondon sifatida Uqba arab qoʻshinini Shimoliy Afrikaga olib borgan, Misr choʻllarini kesib oʻtib, yoʻl boʻylab muntazam ravishda harbiy postlar oʻrnatgan. Hozirgi Tunisning janubiy qismida joylashgan hududda Qayravon (fors tilida qarorgoh yoki karvonsaroy degan maʼnoni anglatadi) nomli shaharcha barpo etgan. Bu shahar hozirgi Tunisdan 99 milya janubda joylashgan. Ushbu hududdan keyingi harbiy operatsiyalar uchun baza sifatida foydalangan. Qayravon keyinchalik diniy ziyoratgoh va Shimoliy Afrikadagi eng muhim shahar boʻlib qolgan. Shuningdek, Umaviylarning yangi viloyati Ifriqiyaning poytaxti sifatida tanlangan. Uqba oʻsha vaqtda ilk masjid qurilishi uchun joy tanlayotgan edi va shu yilning oʻzida u yerda Qayravon Katta masjidi (Uqba masjidi) qurilgan. Ushbu masjid keyinchalik Magʻribdagi barcha masjidlar uchun namuna boʻlib xizmat qilgan va bugungi kunda islom meʼmorchiligining durdonalaridan biri hisoblanadi.

Oʻlimi

tahrir
 
Mustafo Farruxning tomonidan 1954-yilda Uqbaning Atlantikaga yetib borgani tasvirlangan surat

683-yilda Uqba Berberlarning nasroniy qiroli Kusayla va uning Vizantiya ittifoqchilari tomonidan Biskra jangida pistirmaga uchragan. Oʻzining eng ashaddiy raqibi Abu al-Muhojir Dinor bilan birga oʻldirilgan. Uning qoʻshinlari Qayravonni tark etib, Barcaga chekingan. Biroq keyinchalik 688-yilda Qayravon qayta zabt etilgan[5].

Uqbaning vafotidan soʻng, 686-yilda uning xotirasiga bagʻishlab Sidi Okba masjidi maqbara sifatida qurilgan. Bino dastlab sodda tarzda qurilgan boʻlib, uning qurilishida qimmatbaho materiallardan foydalanilmagan. Ushbu meʼmoriy uslub eng qadimgi islom meʼmorchiligi, shuningdek, paygʻambar Muhammad tomonidan qurdirilgan masjidlarga oʻxshar edi. Bundan tashqari Liviyadagi al-Vatiya havo bazasi ham uning nomi bilan Okba ibn Nafa havo bazasi deb ataladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Discover Islamic Art - monument_isl_dz_mon01_15_en“. Virtual Museum.
  2. Adamec, Ludwig W.. Historical Dictionary of Islam (en). Scarecrow Press, 2009-05-11 — 318-bet. ISBN 978-0-8108-6303-3. 
  3. Abun-Nasr, Jamil M.. A History of the Maghrib in the Islamic Period (en). Cambridge University Press, 1987-08-20 — 34-bet. ISBN 978-1-316-58334-0. 
  4. African whispers: labels the world leaders (en). Neili Belhassen, 2014-11-23 — 16-bet. 
  5. Conant, Jonathan. Staying Roman : conquest and identity in Africa and the Mediterranean, 439–700. Cambridge New York: Cambridge University Press, 2012 — 280–281-bet. ISBN 978-0521196970. 

Havolalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir