Usmoniylar va Safaviylar urushi (1514—1555)
1514-1555-yillardagi Usmoniylar va Safaviylar urushi Usmonlilar va Safaviylar imperiyalari oʻrtasidagi birinchi yirik qurolli toʻqnashuvdir[1]. Bu davr urushsiz kunlarni ham o'z ichiga oladi. Tarixchilar bu urushni yagona qilib 1514-1555-yillardagi Usmoniylar va Safaviylar urushi davri deb hisoblashadi. Sababi 1555-yilgacha tinchlik shartnomasi imzolanmagan va davlatlar urush holatida edi.
Usmoniylar va Safaviylar urushi (1514—1555) | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Sulaymonning 1554-yil yozi, Usmonli-Safaviy urushi oxirida Naxchivanga qo'shin bilan yurishi tasvirlangan "Sulaymonnoma" miniatyurasi. | |||||||
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Shoh Ismoil Safaviy
Shoh Tahmosb |
Sulton Salim
Sulton Sulaymon | ||||||
Kuchlar | |||||||
40-80 ming askari | 60-100ming askar |
Mojaroning mazmuni va nomlanishi
tahrirFransuz tarixchisi Jan-Luyi Braket-Grammon XVI asrning birinchi choragidagi 1514-1555-yillardagi Usmoniylar va Safaviylar urushiga ishora qilib, Usmonli-Safaviylar mojarosining turk-fors mojarosi sifatida qabul qilinishini xato deb aytgan. Bu nom anaxronistik va zamonaviy millatchilik bilan bogʻliq deb aytadi. Bu terminni qabul qilsh xavfli deb hisoblagan. Uning so'zlariga ko'ra, etnik, madaniy yoki lingvistik maʼnoda Eronni tahqirlaydigan birorta Usmonli manbasi yo'q. Boshqa tomondan, Braket-Grammont aytishicha Shoh Ismoilning turkiy dunyoga qarshi ekanligi haqidagi nuqtai nazarni bemaʼnilik deb ataydi (Qarang Safaviylar davlati davlatning xususiyatlari). Safaviylar armiyasining asosi bo'lgan qizilboshlar Yaqin Sharqdagi eng kuchli turkiy qo'shin bo'lib, o'ziga xoslikka ega edilar. Shuning uchun Braket-Grammont Ismoil Hami Donishmandning quyidagi fikrlariga qo'shilgan: "Devshirme hukumati" (Usmonli imperiyasi) va Anadolu turkiylari (Safaviylar davlati) o'rtasidagi urush[2]. Manbalarga asoslansa bu urush millatlar urushi emas, balki davlatlarning urushidir.
Shu bilan birga, Braket Grammont boshqa tomondan, urushni ikki turkiy davlat oʻrtasidagi kurash sifatida qabul qilishga chaqirgan. U Safaviylar saltanatining deyarli toʻliq turkiylar bo'lgan qoʻshin askarlari bir vaqtning oʻzida Eron byurokratik va diniy apparati, madaniy elita va aholining koʻpchilik tabaqalari bilan birlashganligini isbotlab bergan[2].
Urushdan oldingi davr
tahrir15-asr oxirida qizilboshlarning shia mazhabi Sharqiy Anadoluda birlashib, kuchaya boshladi. Ular birlashib, atrofdagi hududlarga hujumlar uyushtirdi. 1499-yilda ular faollashib, Shirvonshohlar davlatini magʻlubiyatga uchratib, Boku va Shamaxini bir muddat oʻziga boʻysundirdilar. Qizilbosh shayxi Ismoil 1503 -yilda Oqqoʻyunlu turkmanlar davlatini magʻlub etib, hozirgi Eron va Iroq hududlarini bosib olib, Safaviylar boshchiligida shia davlatini tuzdi va oʻzi uning shohi boʻldi.
Qizilboshlar va Usmonlilar o'rtasidagi munosabatlar dastlab,1501-yilda Ismoil nomidan, shia odatlariga ko'ra, dastlabki uchta xalifani tan olmaslik buyrug'ini o'z ichiga olgan farmon chiqarilganidan keyin keskinlashgan. Yevropalik sayyohlardan birining yozishicha, Sulton Boyazid II va Shoh Ismoilning har biri o'z taxallusiga ega bo'lib, ular Boyazid (Turkiyada) va Ismoil (Forsda) nomlari bilan yozishmalar qilishgan. Bir necha yil davomida ular o'rtasida diplomatik bo'lmagan elchilar almashinildi.
1511-yilda Kichik Osiyoning janubi-sharqiy qismidagi Teke viloyatida, xalq orasida Shohqulu (“Shoh quli”) nomi bilan mashhur boʻlgan Hasan-xalif boshchiligidagi qizilbosh qabilalarining yirik qoʻzgʻoloni yuz berdi. Qo'zg'olon katta hududlarni qamrab oldi, qo'zg'olonchilar mahalliy hukumat qo'shinlarini mag'lub etdi va Usmonlilarni Kichik Osiyodan deyarli quvib chiqardi. 1511-yil 21-aprelda Bursa qozisi yanicharlar qoʻmondoniga: agar ikki kun ichida oʻz bo'linmasi bilan shaharga kelmasa, mintaqa qo'ldan ketishini yozadi. Shohquliga qarshi yurish uchun vazir Xodim Ali Posho tayinlandi. Kutahya yaqinida u Boyazidning yagona omon qolgan oʻgʻillaridan kattasi Shahzoda Ahmadning qoʻshinlari bilan birlashdi, Kichik Osiyo orqali Sivasga yurish qilganidan soʻng isyonchilarga yetib oldi va u yerda qo'zg'olonchilar rahbarlari Shohquli ham, Xodim Ali ham jangda halok boʻldi. Qo'zg'olon Usmonli turklar tomonidan bostirildi. Qizilboshlarning koʻp qismi sharqqa, Forsga qochib ketdi.
1512-yilda nizolar paytida Sulton Boyazid II taxtdan voz kechdi va Salim I Yovuz Usmonli imperiyasining yangi sultoni bo'ldi. O'sha paytda Ko'niyada bo'lgan shahzoda Ahmad, Selimni otasini taxtdan ag'darishda ayblab o'zini qonuniy sulton deb eʼlon qildi. Hokimiyat uchun kurashda Ahmad turli musulmon hukmdorlariga, jumladan safaviy Shoh Ismoilga yordam soʻrab murojaat qildi.
Boyazid hukmronligining soʻnggi yillarida o'g'li Salimning otasining hokimiyatiga ochiqchasiga qarshi chiqishi, Usmonlilar sulolasining boshqa baʼzi vakillarini Qizilboshlar safiga qoʻshilishga sabab bo'ldi. O'z oilasi ichida kim hokimiyat uchun u bilan raqobatlashishi mumkin bo'lsa, barchasidan xalos bo'lgan Sulton Salim Fors shohiga qarshi urushga tayyorlandi. Urush boshlanishidan oldin Sulton Salim Safaviylar davlatiga hujum qilish uchun turli bahonalar qidirdi. Avvaliga Salim Safaviylardan Sulton Salimdan qochib Fors shohi saroyidan panoh topgan jiyani Muroddan voz kechishni soʻradi, Shoh Ismoil I esa bunga rozi boʻlmadi. Shu bilan birga, Salimning Diyorbakirga daʼvolari ham mavjud edi. Sulton Salim qizilboshlarni yo'q qilishga buyruq berdi[3].
Urushning borishi
tahrirUrushga tayyorgarlik
tahrirUrushga tayyorgarlik koʻrish chogʻida Salim I Yevropa davlatlari (Vengriya va Polsha), shuningdek, Mamluklar bilan kelishuv shartlarini uzaytirdi va shu bilan ikki frontda urush bo'lish xavfini oldini olishga umid qildi. Vengriya bilan muzokaralar qiyin kechganligi sababli, Vengriya elchisi garovga olingan va Selimning qudrat kuchini namoyish qilish uchun butun mulozimlari bilan birga olib ketilgan. Mamluklar dastlab betaraflikni qabul qilib, keyinchalik Safaviylar davlati[3] tomoniga oʻtib ketgan edi.
Islom shariatiga koʻra, musulmonlarning musulmonlarga qarshi urushi uchun yagona asos quyidagiga o'xshash diniy bo'lishi kerak: “muqaddas qonunlarni mustahkamlash yoki uning buzilishini toʻxtatish”. Shuning uchun Usmonli yurishi uchun diniy ulamolarning bo'lajak dushman haqiqiy islom yo'lidan og'ishganligi haqidagi fatvosi kerak edi. Olim va tarixchi Kamalposhozoda (keyinchalik shayx ul-islom lavozimini egallagan) Qizilboshlarga qarshi urushni “muqaddas urush” deb e’lon qilib, uning qadr-qimmati musulmon boʻlmagan dushmanlarga qarshi urush bilan teng qilindi. Usmonli manbalarida Safaviylarning ochiqdan-ochiq qoralanishi safaviy tarixchilarida Yevropa ateizmi qarshisida Usmonlilar islomning qalqon sifatida tilga olingan, hurmat ma'nosidagi ohangning o'zgarishiga olib keldi.
Selim Fors yoʻlidag qarama-qarshilikni kuchsizlantirish uchun, Kichik Osiyoning shimoliy va markaziy qismidagi Rum viloyatiga o'zining amaldorlarini yuborib, u yerda yashagan qizilboshlarni ismi bilan roʻyxatga oldirdi. Ro'yxatga olingan 40 000 minglab odamlar qirg'in qilindi va minglab odamlar hibsga olindi. Buning natijasida, Sulton Selim boshchilik qilayotgan qo'shin ortida hech qanday qo'zg'olon kuzatilmadi. Selim Safaviylar davlati bilan chegaralarni ham yopdi. Savdogarlarning har ikki yo'nalishda o'tishini taqiqladi. Bu g'arbga fors ipak eksportiga putur yetkazdi va g'arbdan Forsga qurol-yarog', metall va ziravorlar olib kirishga to'sqinlik qildi.
Salim I ning yurishlari
tahrir1514-yil yozida Salim gʻarbdan Safaviylar davlati hududiga kirdi. Selimning niyati haqida oldindan ogohlantirilganiga qaramay, Ismoil jangga tayyorgarlik ko'rish uchun deyarli hech narsa qila olmagandi. U qo'llashi mumkin bo'lgan yagona taktika Usmonli qo'shini yo'lida "kuydirilgan yer" taktikasi edi.
Kichik Osiyo boʻylab yurushlarining ogʻir sharoitlari Salim qoʻshinlarini charchatdi, oziq-ovqat tanqis edi. Urushni oqlaydigan qonuniy qarorga qaramay, Usmonlilar safida musulmon birodarlar bilan jang qilish noto'g'ri degan norozi kayfiyat paydo bo'ldi. Yanicharlar zudlik bilan qo'zg'olonga tayyorlanishdi va Van ko'li hududida ular Sultonning chodirini o'rab olishdi. Safaviylar qoʻshini asosan turkiylardan, Usmonlilar qoʻshini esa Bolqon xalqlaridan(serblar va albanlar) musulmon bo'lganlardan iborat edi[4].
Tez orada Salim Safaviy Shoh Ismoilning qo'shini Chaldiron vodiysida toʻplanganini bildi. Yaqin vaqtda jang bo'lishi ehtimoli, yanicharlarni tinchlantirdi. 1514-yil 23-avgustda Choldiron jangi natijasi, Usmonlilardan farqli oʻlaroq oʻqotar qurollari boʻlmagan fors qoʻshini magʻlubiyatga uchrashi bilan tugadi. Ismoil jang maydonidan qochib, avval Tabrizga, soʻngra janubi-sharqga yoʻl oldi. Salim uni Tabrizgacha taʼqib qildi va u yerga 6- sentyabrda yetib keldi va shaharni talon-toroj qildi.
Usmonli qo'shinlari qishni sharqda o'tkazishdan bosh tortdilar va Selim Amasiyaga qaytishga majbur bo'ldi. Qo'shindagi norozilikni tinchlantirish uchun 1514-yil noyabrda vazir Xersekli Ahmad posho lavozimidan chetlashtirildi va Dukakinog'li Ahmad Posho yangi vazir bo'ldi. 1515-yil boshida Amasiyada yanichar bo'linmalar qo'zg'oloni ko'tarildi, ular sharqqa boshqa yurishda qatnashishni xohlamadilar. Qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng Salim Ismoilga yordam berib, Choldiron jangida uning tarafini olib, hujum qilgan Dulqodir davlatiga chek qoʻyish uchun Suriya va Misr tomon qo'shin tortdi.
Choldirondagi magʻlubiyatdan keyin Ismoil Salimning bahorda urushni davom ettirish uchun qaytib kelishiga amin edi. Salim Ismoilning sulh taklifini qabul qilishdan bosh tortdi. Uning huzuriga arizachi sifatida kelgan bir qancha Safaviy elchilarini hibsga oldi va zindonga tashladi. Ismoil xristian davlatlari orasida ittifoqchi izlay boshladi, lekin hech kim uning chaqiriqlarini eshitishni xohlamadi: venetsiyaliklar Usmonlilar bilan tinchlik shartnomasi borligini aytishdi, Hindistonning Portugaliya vitse-qiroli Alfonso de Albukerke ikkita kichik to'p va oltita arkebusdan iborat qurol-yarog'larni yubordi. Vengriya, Ispaniya va Papaga qilingan murojaatlar rad etildi.
1516-yilda Salim I qoʻshini yana Istanbuldan sharqqa yoʻl oldi. Ismoil hujum safaviylarga qarshi qaratilgan deb hisobladi, ammo Usmonlilar birdan mamluklarga yurish qildi va Suriyaga bostirib kirdi. Suriya va Misrni Salim bosib olgandan soʻng, Forsni savdo blokadasiga oʻtkazish osonlashdi (bundan oldin Salimning taqiqiga qaramay, fors savdogarlarining karvonlari Usmonli imperiyasini chetlab oʻtib, Mamluklar hududi orqali dengizdan g'arbga mol joʻnatar edilar. 1517-yilda Shoh Ismoilning elchisi Damashqqa Selimga boy sovgʻalar bilan yetib kelib, safaviylarning tinchlik sulhini Salimga aytishdi, ammo qatl etildi. 1518-yilning may oyida Selim qoʻshini Furot tomon yurdi. Fors tomon yoʻl yurish qilishi kutilgandi, ammo Istanbulga qaytdi.
1520-yilning dastlabki oylarida Shoh Ismoil Shoh-veliy boshchiligidagi boshlangan qizilboshlar qoʻzgʻoloniga qo'llab-quvvatladi. Sulton oʻz qoʻshinini yangi xavfga qarshi safarbar qildi. Kichik Osiyoning markaziy va shimoliy hududlarida ikkita katta jang boʻldi. Shohveliy qatl etildi. Uning jasadi o'z tarafdorlariga ogohlantirish bo'lishi uchun omma qarshisida qismlarga bo'lingan. Qo'zg'olon bostirilgandan so'ng, Usmonli qo'shinlari qo'mondoni yangi yurishga tayyorgarlik ko'rish uchun, yozni Kichik Osiyoda o'tkazishni buyurdi.
1520-yil 21-sentyabrdan 22-sentyabrga o'tar kechasi Sulton Salim vafot etdi va faqat bitta o'g'li - Sulaymon Qonuniy qoldi. Shuning uchun u taxtga jangsiz o'tirdi. O'limidan oldin Selim mamlakatning islom ulamolariga Ismoilga qarshi urushga ruxsat beruvchi fatvoning amal qilish muddatini uzaytirishni buyurdi.
Sulaymonning birinchi yurishi
tahrirSulaymon taxtga oʻtirgandan soʻng yashirincha Tabrizga elchilar joʻnatadi va ularga Fors qanday xavf tugʻdirishi mumkinligini aniqlash topshiriladi. Shoh Ismoil oʻzining barcha qo'shini bilan Shayboniylar boshchiligidagi o'zbeklarga qarshi urush bilan band edi va shuning uchun Sulaymon oʻzining sharqdagi bosqinchilik siyosatidan voz kechib, Vengriya va gospitalchilarga qarshi gʻarbga yurish qildi.
1524-yilda Shoh Ismoil vafot etadi va taxtga oʻn yoshli Tahmosb I o'tqazildi. Forsda qizilbosh amirlari oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlanib ketadi. 1528-yilda Bagʻdod hokimi Usmoniylar sultoni Sulaymonga boʻysunishini eʼlon qildi, ammo u tez orada oʻldirildi va Iroq hududlarida Safaviylar hokimiyati tiklandi. Keyin Ozarbayjon viloyatining fors gubernatori Sulton tomoniga o'tdi. Bitlisdagi kurd amiri esa shoh tomoniga oʻtganini eʼlon qildi.
1533-yilda Sulaymon I avstriyalik Gabsburg ersgersog Ferdinand I bilan sulh tuzdi va Bosh vazir Pargʻala Ibrohim poshoni qoʻshin bilan sharqqa joʻnatadi. Usmonli askarlari qishni Halabda o'tkazdi va 1534-yilning yozida Tabrizni egalladi. 1535-yilda Tahmosb Van qamalini bekor qilishga majbur boʻlib, qo'shinini Ozarbayjonga yuboradi. Ikki qoʻshin Darjazin shahri yaqinida (Hamadon yaqinida) yuzma-yuz keldi va Safaviy qizilboshlilar ajoyib gʻalabaga erishdi. Charchagan va yaxshi taʼminotga ega bo'lmagan Sulaymon I asosiy qoʻshinni Anadoluga olib ketishga majbur boʻldi. Safaviylarning ehtimoliy taʼqibini sekinlashtirish uchun Muhammad Posho va Sinan Posho boshchiligidagi qo'shinni qoldiradi. Bu qoʻshinlar Tahmasb Gʻozixon amirlari Zulqadar va Budakxon Qojar tomonidan yoʻq qilindi va Usmonlilar oldingi yillar bosib olgan deyarli barcha yerlarini berishga majbur boʻldilar[5]
Sulaymonning ikkinchi yurishi
tahrir1547-yilda Sadrazam Rustem Posho Mekri saʼy-harakatisiz Gabsburglar davlati bilan navbatdagi sulh imzolangandan soʻng, Sulton Sulaymon Forsga qarshi navbatdagi yurishni boshladi. Bu safargi yurish sababchisi, Shirvon hokimi bo'lgan Tahmosbning ukasi Alqos Mirzoning Usmonli imperiyasi tomoniga o'tishi bo'ldi. Tahmosb o'ziga boʻysinuvchi ukasini tinchlantirish uchun qoʻshin joʻnatganida, Alqos Mirzo Feodosiya orqali Usmonli sultonligining poytaxti Istanbulga qochadi va Sulton Sulaymon saroyida panoh topadi. 1548-yilda Sulaymon Alkas-Mirzoga harbiylari bilan yordam berdi, biroq Usmonli qoʻshini Tabrizga yaqinlashgan boʻlsa-da, taʼminot yetishmasligi sababli shaharni qamaldan olib ketishga toʻgʻri keldi. Alqos-Mirzo mahalliy aholi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmayotgani maʼlum boʻldi. Sulton qoʻshini Eronga chuqur kirib borib, Isfahonni vaqtincha egalladi. Keyingi yillarda harbiy harakatlar turli muvaffaqiyatlar bilan davom etdi. Sulaymon chegaradagi Van shahrini qo'lga kiritish va boyliklardan boshqa hech narsa bilan uyiga qaytolmadi.
Sulaymonning uchinchi yurishi
tahrirTurklar o'zlarining sharqiy chegaralarida jang qilish uchun alohida ishtiyog'i yo'qligini ko'rib, Tahmosb 1552-yilda yo'qotilgan hududlarni qaytarib olish uchun hujum qilishni boshladi. Bunga javoban Sulaymon Rustem posho boshchiligidagi qoʻshinni Eronga qarshi yurishga joʻnatadi, ammo Rustem posho Mustafoning forslar yordamida Usmonli taxtini egallash niyatini bildiradi. Tez orada Sulaymon armiyaga keldi va katta o'g'lini qatl qildi, bu esa Anadoluda bir muddat notinchlik keltirib chiqardi.
Ammo 1554-yilda sulton Halabdagi qishki qarorgohini tark etib, yana sharqqa qarab hujum qilib, Qorabog'gacha yetib boradi[6]. Bu safar turklar forslardan o'zlashtirilgan, forslarning chegara hududlarida “kuydirilgan yer” taktikasini qoʻlladilar.
Safaviylarning javob berishi
tahrir1524-yilda taxtga o'tirganidan keyin boshlangan o'n yillik fuqarolar urushi Shoh Tahmosbning hokimiyatiga jiddiy taʼsir ko'rsatdi. Uning hokimiyatining qatiiy o'rnatilishi Safaviylar zodagonlari oʻrtasida Shoh Ismoil davridan beri yoʻqolib ketgan birdamlik va ishonch hissining bosqichma-bosqich tiklanishiga olib keldi. 1540-yillarga kelib Tahmosb fuqarolar urushiga chek qo'ydi. Oʻz vazirlari yordamida ichki noroziliklarga chek qoʻydi. Qizilbosh guruhlarini yagona bayroq ostida birlashtirishga muvaffaq boʻldi. Birlashish Safaviylarga keyingi yigirma yil davomida Kavkazda bosqinchilik urushlarini olib borish imkonini berdi. Bundan tashqari, birlashish Safaviy qo'shiniga Usmonlilarga qarshi samaraliroq kurashish va 1553-1554- yillardagi Usmonlilar egallagan hududlarga yurish qilish imkonini berdi. Bu urushning sof mudofaa xarakteridan voz kechish edi. Ular avvalgi Usmonli bosqinlari paytida mudofaa taktikasiga amal qilganlar. Bu voqea tomonlarning uzoq o'zaro urushi, davlatlarni boshi berk ko'chaga kirgizib qo'yishi mumkinligini ko'rsatib qo'yadi. Natijada 1555-yil Amasiya tinchlik shartnomasi qabul qilindi. U imzolangan shahar nomi bilan atalgan[7].
Natijalar
tahrir1555-yilda Amasiyada tinchlik shartnomasi tuzilib, unga koʻra Gʻarbiy Gruziya va Arab Iroqi Usmonlilar imperiyasiga, Sharqiy Gruziya Safaviylar davlatiga berildi.
Tinchlik shartnomasi nafaqat Usmonlilar va Safaviylar oʻrtasida keyingi yigirma ikki yil davomida uzoq kutilgan tinchlik oʻrnatilishiga olib keldi, balki ikki davlat oʻrtasidagi Kavkazda bufer chegara hudud yaratilishiga asos boʻldi. Safaviylar ham bu shartnomadan XVII-XVIII asrlar davomida mintaqada Usmonli bosqinchilik yurishlariga qarshi hududiy daʼvolarini qo'llab-quvvatlash sifatida foydalanganlar.[7].
Turklarning hujumlari Tahmosbni Bag'dod va Mesopotamiyadan, shu jumladan Van qalʼasidan mahrum qildi. Ammo Ozarbayjonni yo'qotilishining oldini olishga muvaffaq bo'ldi. O'zining kuch-qudratining eng yuqori cho'qqisida bo'lgan, jasoratlari uzoq Yevropaga yurish bilan kuchaygan dushmanga qarshi turishda shoh o'zini juda yaxshi ko'rsatdi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ И. П. Петрушевский. Очерки по истории феодальных отношений в Азербайджане и Армении в XVI-начале XIX вв. — С. 38.
- ↑ 2,0 2,1 Les Ottomans, les Safavides et leur voisins: contribution a l'histoire des relations internationales dans l'Orient Islamique de 1514 à 1524. — 1987. — С. 16-17. — ISBN 90 6258 056 4.Original matn (frans.)
Telle nous paraît être, grosso modo, la toile de fond des relations osmano-safavides dans leur première phase. Il faut y ajouter une dernière considération, valable pour tout le premier quart du XVIe siècle et qu’on doit formuler franchement au risque de froisser divers sentiments nationalistes ici et là. L’affrontement osmano-safavide n’est à aucun moment un conflit turco-iranien. S’opiniâtrer à le considérer comme tel revient à chausser des œillères anachroniques. On chercherait vainement dans les sources accessibles le moindre indice d’une hostilité ottomane contre l’Iran ethnique, culturel et linguistique, alors que les preuves du contraire abondent d’une manière évidente. De même, Çâh Îsma'îl ne saurait être présenté comme un champion de l’iranisme contre le monde turc et il paraît inutile d’insister sur l’absurdité d’un tel point de vue. Il convient cependant de ne pas s’égarer dans l’excès inverse et de réduire le conflit à celui de deux États turcs. En schématisant quelque peu, il apparaît que l’Empire safavide, militairement turc dans sa quasitotalité, reposait par ailleurs sur l’Iran pour son personnel administratif et religieux, ses élites culturelles et la majorité de sa population. Les concepts «turc» et «iranien» dans l’acception étroite qu’en ont donnée les nationalismes modernes nous paraissent donc dangereusement inadéquats et nous entendons en conséquence ne point y recourir dans la présente étude. Sauf pour souligner que les Kizilbaç étaient manifestement des Turcs parmi les plus turcs du monde proche-oriental de ce temps et qu’à leurs yeux, la Porte ottomane devait revêtir des aspects byzantino-balkaniques parfaitement suspects. Dans ce contexte, la dichotomie chère à îsmail Hami Daniçmend entre «le gouvernement kozmopolit des gens du devçirme» et le «Türklük» de l’Anatolie profonde ne paraît pas sans fondement.
- ↑ 3,0 3,1 A. Allouche, «The Origins and Development of the Ottoman-Safavid conflict»
- ↑ R. P. Lindner, «The Nomads and Ottomans in Medieval Anatolia», p. 36
- ↑ C. P. Mitchell, «The sword and the pen: Diplomacy in early Safavid Iran, 1501–1555», p. 223-224
- ↑ The Cambridge History of Iran, Vol. 6, стр. 243 Original matn (ingl.)
That the second Persian campaign of Siileyman the Magnificent had likewise failed to fulfil its objective soon became apparent when shortly afterwards Tahmosb's second son Isma'Il Mlrza invaded eastern Anatolia, invested various towns in the neighbourhood of Van, captured Akhlat and later Arjlsh, and defeated Iskandar Pasha, governor of Erzerum, before the gates of his own city. When similar exploits were repeated, the sultan decided on another campaign which initially he intended to entrust to one of his generals, but which in the event he led himself. In Jumada II 961/May 1554 he left his winter camp in Aleppo for Amid and advanced as far as the Armenian territory of Qarabagh in the southern bend of the Araxes. But by the time he returned to Erzerum in Ramadan/August all that had been achieved was extensive pillaging and more or less insignificant skirmishes. Then a Persian envoy appeared and an armistice was negotiated.
- ↑ 7,0 7,1 H. Khafipour, “The Foundation Of The Safavid State: Fealty, Patronage, And Ideals Of Authority (1501-1576)”, стр. 183
- ↑ «Cambridge History of Iran», vol. 6, p. 244
Adabiyotlar
tahrir- "Sharq tarixi" (6 jildda.). T. III “O'rta asrlar va yangi davrlar bo'yida Sharq. XVI-XVIII asrlar. - Moskva: "Sharq adabiyoti" RAS nashriyot kompaniyasi, 1999-yil. ISBN 5-02-018102-1
- Karolin Finkel Usmonli imperiyasi tarixi. Usmonning ko'rinishi", - Moskva, AST, 2010-yil. ISBN 978-5-17-043651-4
- Pigulevskaya I. V., Yakubovskiy A. Yu., Petrushevskiy, I. P., Stroeva L. V., Belenitskiy A. M. "Eron tarixi qadimgi davrlardan XVIII asr oxirigacha", - Moskva, 1958 http://e-derslik.edu.az/books/63/Azerbaycan-tarixi-7-ru.zip (Wayback Machine saytida 2023-06-04 sanasida arxivlangan)