Vagner guruhi isyoni

Ichki -russiya beqarorlik va avj olish (23/24, 2023 yil 23 iyun)

2023-yilning 23-iyunida Vagner guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini Vagner lagerlariga hujum uyushtirganlikda aybladi[6] hamda Mudofaa vazirligi rahbariyatidan intiqom olishga soʻz berdi[7]. U yana rahbariyatdagi „razil“ toʻxtalishini qoʻshimcha qilib, „adolat marshini“ boshlashga vaʼda berdi. Uning soʻzlariga koʻra, mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina va NATO goʻyoki Rossiyaga hujum qilmoqchi boʻlgani hamda Rossiyaning Ukrainadagi bosqinining borishi haqida jamoatchilikka yolgʻon bayonotlar berib kelgan[8]. Shuningdek, Prigojin Shoyguni Rossiyaning jang maydonidagi yoʻqotishlarida qoralab, rus elitasi manfaatlari uchun urushni olib borganlikda ayblagan[9][10]. Natijada Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Prigojinga nisbatan „qurolli qoʻzgʻolon uyushtirish“ boʻyicha jinoiy ish ochdi[6][11][12].

Vagner guruhi isyoni
Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Sanalar 23-iyun, 2023-yil
(1 yil, 6 oy, 1 kun)
Urush yeri Rossiya
Raqiblar
Vagner XHK Rossiya hukumati
Qoʻmondonlar
Yevgeniy Prigojin
Kuchlar
25 000 nafar askar[1] nomaʼlum
Yoʻqotishlar
1 dona UAZ texnikasi yakson qilingan[2] 15 nafas askar oʻlgan, oltita vertolyot va bitta havo-desant qoʻmondonlik markazi samolyoti urib tushirilgan;[note 1] 1 dona Mi-8MTPR-1 vertolyoti shikastlangan; 1 ta MRAP va IMV qo‘lga kiritilgan.[2]

Prigojin 25.000 kishidan iborat Vagner askarlarini Ukrainadan olib chiqib, Rostov viloyatining Rostov-Don shahriga kiritdi[13][14][1]. Uning taʼkidlashicha, Vagner askarlari Roston-Don shahriga kirib borishayotganda, chegarada ularga hech kim qarshilik koʻrsatmagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jamoatchilikka videomurojaat yoʻllab, unda Vagnerning xatti-harakatlarini xiyonat va „orqadan pichoq urish“, deb atadi[15]. Mudofaa vazirligi Prigojinning Vagner lagerlariga hujum toʻgʻrisidagi bayonotlarini rad etdi. Rus generali Sergey Surovikin esa Vagner askarlarini qurollarini tashlashga chaqirdi[6].

Prigojin qoʻshinlari Rostov-Don[16] va Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasi[17] ustidan nazoratni qoʻlga olish hamda Moskvaga yetib borish niyatida Voronej tomon yurish boshlaganliklarini taʼkidladilar[18].

Otishmalar davomida Rossiya milliy armiyasining 15 nafar askari[19] halok boʻldi. Vagner tarkibidan qancha askar vafot etganligi haqida xabar berilmagan. Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng[20], egallab turgan lavozimidan isteʼfo berdi[21] hamda 24-iyun kuni soat 23:00 da (UTC+3) Rostov-Donni tark eta boshladi[22].

Yevgeniy Prigojin va Vagner guruhi

tahrir
 
Yevgeniy Prigojin (2010-yil)

Koʻplab OAV xabarlariga koʻra[23], V. Putinning sobiq ishonchli vakili Yevgeniy Prigojin dastlab, Sankt-Peterburgdagi ommaga mashhur bir qator restoranlari ortidan taniqli biznes magnati sifatida shuhrat qozongan. Uning bu biznesi uning oʻsha davrda shaharni oʻz nazoratiga olgan Putin bilan moliyaviy munosabatlarni kuchayishiga sababchi boʻladi[24].

Prigojin 2014-yilda Rossiya armiyasi tarkibida jang qilgan xususiy harbiy kompaniya — Vagner guruhiga asos soldi. Rossiyada xususiy harbiy kompaniyalar qonuniy ravishda taqiqlanganiga qaramay, Vagner guruhi Rossiya hukumatining soʻzsiz roziligi ostida hech qanday toʻsiqlarsiz faoliyatini davom ettirdi[23]. Rossiya Federatsiyasining tashqi-harbiy siyosatidagi yetakchi qurol sifatida oʻzini namoyon etgan Vagner guruhi turli mintaqalarda, jumladan Donbas mojarosida asosiy jangovar kuch rolini muvaffaqiyatli bajardi[25]. Vagner Rossiyaning Suriyadagi fuqarolar urushiga harbiy aralashuvida Suriya prezidenti Bashar al-Assadni qoʻllab-quvvatlagan holda muhim rol oʻynagan[26][27]. Vagner guruhi Mali, Liviya va Markaziy Afrika Respublikasida sodir etilgan urushlarda ham faol qatnashgan. Ushbu guruh oʻzining shafqatsiz taktikasi hamda Afrika, Yaqin Sharq va Ukraina boʻylab jinoiy urushlardagi vahshiyona harakatlari ortidan shuhrat qozonganligi manbalarda taʼkidlanadi[27][28][29]. Vagner Afrikadagi bir qancha hukumatlar bilan yaqin aloqada boʻlgan va mahalliy kuchlar bilan birgalikda isyonchilarga qarshi kurashgan[30][31].

Ukrainaga bostirib kirish fonida Vagner va Mudofaa vazirligi oʻrtasidagi nizo

tahrir
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov — Prigojin ritorikasining eng koʻzga koʻringan ikki nishoni.

Prigojinning taʼsirini cheklashga urinish

tahrir

Vagner guruhi Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ilk oylaridayoq Mudofaa vazirligi (MV) bilan keskin munosabatlarga ega boʻlgan[32][33]. Bosqinning dastlabki davrida Rossiya quruqlik qoʻshinlari katta yoʻqotishlar ichida qoldi. Bunga qaramasdan, prezident Vladimir Putin tomonidan harbiy zahira kuchlari uchun safarbarlik eʼlon qilinishi kechiktiriladi. Bu holat esa rasmiylarning bosqinda qatnashish uchun yollanma askarlarni faol ravishda jalb qilishlariga, bu esa oʻz navbatida Prigojin va Vagner guruhining qurolli kuchlar orasida taʼsir kuchi oshishiga sabab boʻladi. Prigojin yirik resurslarni, jumladan harbiy aviatsiyasi boshqaruvini qoʻlga oladi hamda 2022-yilning yozidan boshlab Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslarni Vagner tarkibiga jalb etish huquqini qoʻlga kiritadi[34]. Gʻarb razvedkasining hisob-kitoblariga koʻra, Vagner aʼzolari soni 2017—2018-yillarda „bir necha ming“ jangchidan 2022-yil dekabrida 50 000 ga nafargacha (ularning aksariyati qamoqxonadan jalb qilingan jinoyatchilardir) oʻsgan[34].

Rossiya hukumati Vagnerni har qancha resurslar bilan taʼminlasa-da, guruhning qonuniy vakolatlari mavjud boʻlmagan. Prigojin hech qanday rasmiy lavozimga tayinlanmagan ham, saylanmagan ham. Bu esa uning amaliy jihatdan hech qanday qudrati yoʻqligini anglatardi[35]Bundan tashqari, u oʻtmishdagi tanho shaxsiyatga ega hayotidan voz kechib, xalqaro siyosiy maydonda taniqli boʻlishga erishdi[36]. Prigojin odatda rasmiy harbiy libosda frontdagi yangiliklarni eʼlon qilib turardi. Vagner guruhi Rossiya qonunchiligi va mamlakat harbiy iyerarxiyasidan tashqarida faoliyat yurita boshlaganligi sababli, ushbu guruhga uning shaxsiy armiyasi sifatida qarala boshlandi. Mudofaa vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bu kabi vaziyatlardan norozi boʻlib, Prigojinning kuchayib borayotgan taʼsirini cheklashga urina boshladilar[35]. U 2023-yilning fevral oyi boshlarida Vagner guruhi uchun mahbuslarni yollashni to‘xtatganini eʼlon qildi. Britaniya Mudofaa vazirligi bu vaziyatni „Rossiya hukumati mahbuslarni armiyaga yollashni taqiqlangani sababli“, deya izohladi[37]. Bu oʻzgarish ortidan guruhning jangovar qobiliyatini pasayishi kutilgan edi[38].

Biroq, vaziyat buning askini koʻrsatdi. Prigojin harbiy rahbariyatni Rossiya manfaatlarini himoya qila olmayotganlikda ayblay boshladi. U 2022-yilning 1-oktyabrida Ukrainaning Rossiyani mintaqaning katta qismidan siqib chiqargan Xarkov qarshi hujumida qatnashgan rus qoʻmondonligini „Bu haromilarning hammasining qoʻliga avtomat berib, yalangoyoq holida frontga haydash kerak!“, deya tanqid qildi"[39]. The Washington Post nashriga koʻra, Prigojin oʻzining taʼsir kuchi ortganligi sababli, Rossiya harbiy qoʻmondonligini tanqid qilishga jur’at etgan kam sonli odamlardan biri boʻlgan[40][41].

Prigojin birinchi navbatda Mudofaa vazirligini nishonga oldi va uning amaldorlarini korrupsionerlikda aybladi[32][33]. U, shu bilan birga, Rossiya elitasining boshqa qatlamlarini[42], jumladan Rossiya parlamenti va Rossiya oligarxlarini ham tanqid qildi. Ularni „xalqqa tegishli narsalar urush bahonasida oʻgʻirlash“ga urinishda aybladi.[43]. Prigojin ushbu „jamiyatdagi boʻlinish“ bilan 1917-yilgi Rossiya inqilobi oldidagi oʻxshashliklarni keltirib, „askarlar va ularning yaqinlari“ tomonidan bunday adolatsizlikka qarshi qoʻzgʻolonlarning paydo boʻlishidan ogohlantirdi[44]. Urushni oʻrganish instituti Prigojinning bayonotlarini oʻta millatchi rus milbloger jamiyatida oʻz taʼsirini kuchaytirganini taʼkidladi[45].

Baxmut jangidan keyingi keskinliklar

tahrir

Ogʻir kechgan Baxmut jangi paytida Vagner guruhi va MV oʻrtasidagi ziddiyat oʻzining yuqori keskinlik darajasiga koʻtarildi. Prigojin Kremlning askarlarni oʻq-dorilar bilan yetarlicha taʼminlamaganligidan norozi ekanligini bir necha marta taʼkidladi. U, agarda talablari bajarilmasa, kuchlarini olib chiqib ketish bilan tahdid qilib, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Qurolli kuchlari boshlig‘i general Valeriy Gerasimovni o‘n minglab Vagner jangchilarining oʻlimida aybladi[46]. Qoʻshma Shtatlar hisob-kitoblariga koʻra, 2022-yilning dekabridan 2023-yil iyunigacha Ukrainada halok boʻlgan 20 ming rossiyalik askarning deyarli yarmi Baxmutda halok boʻlgan Vagner jangchilaridir[27]. 2023-yil may oyi oxirida Rossiya Baxmutda gʻalabani eʼlon qilganidan soʻng, Vagner guruhi shahardan chiqib ketishni boshladi hamda keyinchalik uning oʻrniga mahalliy rus qoʻshinlari olib kelindi[47]. Biroq, bu koʻchishga qaramay, Vagner va rus armiyasi oʻrtasida ichki mojarolar davom etdi[48][49]. Prigojinning taʼkidlashicha, Rossiya milliy armiyasi harbiylari 3-[50][51] va 5-iyun kunlari uning chiqib ketayotgan kuchlariga hujum qilishga uringan[52][53].

2023-yil 5-iyun kuni Prigojin o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Rossiya mudofa kuchlari 72-brigadasining qo‘lga olingan podpolkovnigi Roman Venevitinning mast holatda, go‘yoki Vagner qo‘shinlarini olib chiqib ketayotgan paytda o‘t ochishga buyruq berganini tan olgani haqidagi videoni eʼlon qildi[54][55].

2023-yil 27-may sanasida Donetsk Xalq Respublikasi sobiq mudofaa vaziri, urush bloggeri Igor „Strelkov“ Girkin Prigojinni Rossiyada davlat toʻntarishini uyushtirish maqsadida Vagner guruhi bilan til biriktirganlikda aybladi. Girkin yana Prigojin Rossiya oliy qo‘mondonligini ochiq tanqid qilib, Rossiyaning 2022-yilgi urush senzurasi qonunlarini faol ravishda buzayotganini va uning kuchlari amalda qo‘zg‘olon holatida ekanini taʼkidladi[56]. Biroq, Prigojin bu daʼvolarni rad etib, Vagner guruhi davlat toʻntarishini amalga oshirish uchun yetarlicha katta armiyaga ega emasligini taʼkidladi[57].

Yana qarang

tahrir

Izohlar

tahrir
  1. 6 ta vertolyot[3]; Ikki dona Mi-8MTPR-1 masofaviy qiruvchi vertolyoti, bir donadan Mi-35 Hind, Ka-52 Alligator, Mi-8 vertolyotlari[4][5] va bitta IL-22 havo harbiy kuchlari qoʻmondonlik markazi samolyoti.[3]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Williams, Tom; Nancarrow, Dan. „Live: Wagner fighters allegedly march into Russia, with leader vowing to go 'all the way' against military“ (en-AU). ABC News (2023-yil 24-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Chef's Special – Documenting Equipment Losses During The 2023 Wagner Group Mutiny“. Oryxspioenkop (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 Trofimov, Yaroslav. „Wagner’s Aborted Mutiny Leaves No Winners in Russia“. The Wall Street Journal (2023-yil 25-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-iyun. „Wagner’s forces Saturday shot down six Russian helicopters and an IL-22 airborne command-center plane, killing 13 airmen, according to Russian military analysts“.
  4. „СМИ подтвердили сбитие "вагнеровцами" трех вертолетов Минобороны РФ“ (Ru). униан (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. @UAWeapons. „A Russian Ka-52 attack helicopter was reportedly shot down by Wagner forces near Talovaya“ (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Prigozhin Charged With 'Inciting Armed Revolt' After Vowing to Stop 'Evil' Military Leadership“. The Moscow Times (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  7. Osborn, Andrew; Liffey, Kevin. „Russia accuses mercenary boss of mutiny after he says Moscow killed 2,000 of his men“ (en). Reuters (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  8. „Yevgeny Prigozhin: Wagner chief blames war on defence minister“. BBC News (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  9. Dress, Brad. „Wagner chief says Russia's war in Ukraine intended to benefit elites, accuses Moscow of lying“ (en-US). The Hill (2023-yil 23-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  10. „'All the way': Wagner head escalates threats with Russia military“ (en). Al Jazeera. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  11. Sauer, Pjotr. „Wagner chief accuses Moscow of lying to public about Ukraine“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  12. Sauer, Pjotr. „Russia investigates Wagner chief for 'armed mutiny' after call for attack on military“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  13. Gavin, Gabriel; Ross, Tim; Sheftalovich, Zoya „Putin in crisis: Wagner chief Prigozhin declares war on Russian military leadership, says 'we will destroy everything'“ (en). POLITICO (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  14. „Leader of Wagner mercenaries says forces entered Russian city of Rostov facing no resistance“ (en-us). PBS NewsHour (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  15. „Путин назвал мятеж Пригожина "предательством" и "изменой"“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  16. „Leader of Wagner mercenaries says forces entered Russian city of Rostov facing no resistance“ (en-us). PBS NewsHour (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  17. Yerushalmy, Jonathan. „Rostov-on-Don: why has Russian city been targeted by Wagner group?“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  18. Kirby, Paul. „Is this a coup? What is Prigozhin doing in Russia?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  19. „Песков: дело против Пригожина прекратят, он "уйдёт в Беларусь“. Svoboda (2023-yil 24-iyun).
  20. Seddon, Max „Belarus claims deal with Prigozhin to end advance on Moscow“. Financial Times (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  21. Seddon, Max; Ivanova, Polina „Prigozhin says Wagner has agreed to stand down“. Financial Times (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  22. Ynet. „Wagner mercenaries pulling out of Rostov-on-Don“ (en). Ynetnews (2023-yil 24-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  23. 23,0 23,1 Helsel, Phil „What is the Wagner Group? A look at the mercenary group led by man accused of 'armed mutiny' in Russia“ (en). NBC News (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  24. Armitage, Rebecca. „Who is Yevgeny Prigozhin, the Wagner warlord and former Putin ally, accused of mounting a mutiny in Russia?“. ABC Australia (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  25. Mackinnon, Amy „Russia's Wagner Group Doesn't Actually Exist“ (en-US). Foreign Policy (2021-yil 6-iyul). 2021-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  26. Emma Graham-Harrison, Why did Wagner turn on Putin and what does it mean for Ukraine? (Wayback Machine saytida 24 June 2023 sanasida arxivlangan), Guardian (June 24, 2023).
  27. 27,0 27,1 27,2 Ellen Knickmeyer, Prigozhin, the mercenary chief urging an uprising against Russiaʼs generals, has long ties to Putin (Wayback Machine saytida 24 June 2023 sanasida arxivlangan), Associated Press (June 23, 2023).
  28. Brutality of Russiaʼs Wagner gives it lead in Ukraine war (Wayback Machine saytida 24 June 2023 sanasida arxivlangan), Associated Press (January 27, 2023).
  29. Catrina Doxsee and Jared Thompson, Massacres, Executions, and Falsified Graves: The Wagner Group’s Mounting Humanitarian Cost in Mali (Wayback Machine saytida 21 June 2023 sanasida arxivlangan), Center for Strategic and International Studies (May 11, 2022).
  30. „Russia's Wagner Group in Africa: More than mercenaries“. Deutsche Welle (2023-yil 26-fevral). 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  31. „Wagner revolt clouds outlook for its operations in Africa“. Reuters (2023-yil 24-iyun). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  32. 32,0 32,1 Lotareva, Anastasia; Barabanov, Ilya. „ru:ЧВК "Вагнер" задержал подполковника российской армии и заставил извиниться. Что происходит?“ (ru). BBC News Русская служба (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  33. 33,0 33,1 „A mercenaries' war How Russia's invasion of Ukraine led to a 'secret mobilization' that allowed oligarch Evgeny Prigozhin to win back Putin's favor“ (en). Meduza. 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  34. 34,0 34,1 „Russia's Wagner mercenaries halt prisoner recruitment campaign - Prigozhin“ (en). Reuters (2023-yil 9-fevral). 2023-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  35. 35,0 35,1 „Блеф или военный мятеж? Что означает ультиматум Евгения Пригожина“. belsat.eu. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  36. Maynes, Charles „Yevgeny Prigozhin, 'Putin's Chef,' has emerged from the shadows with his Wagner Group“. NPR (2023-yil 6-mart). 2023-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  37. Nechepurenko, Ivan. „Wagner, the Russian mercenary group, says it has stopped recruiting prisoners.“ (en-US). The New York Times (2023-yil 9-fevral). 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  38. Michael, Starr. „End of Russian convict contracts may cause Wagner manpower issues“ (en-US) (2023-yil 21-mart). 2023-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  39. „Reading the Tea Leaves of Russia's Pro-War 'Z-Universe'“. The Moscow Times (2022-yil 14-oktyabr). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  40. Nakashima, Ellen; Hudson, John; Sonne, Paul. „Mercenary chief vented to Putin over Ukraine war bungling“ (en-US) (2022-yil 26-oktyabr). 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  41. „Prigozhin's lesser war Now a 'full-fledged member of Putin's inner circle,' the Wagner Group's founder wages a crusade against St. Petersburg's loyalist governor, Alexander Beglov. What does this mean for the future of Putin's regime?“. Meduza (2022-yil 1-noyabr). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  42. „Putin's ally Yevgeny Prigozhin urges Russian MPs to join Wagner Group on front line“. EuroWeekly News (2022-yil 11-oktyabr). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-oktyabr.
  43. „ru:«Олигархи пытаются украсть все, что принадлежит народу»: Пригожин обвинил бизнес в разворовывании России“ (ru). Kapital-rus.ru (2022-yil 19-noyabr). 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  44. „Prigozhin suggests that Russia follow North Korea's example so the country isn't "screwed up"“. Ukrainska Pravda (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  45. „Russian Offensive Campaign Assessment, March 12, 2023“ (en). Institute for the Study of War (2023-yil 12-mart). 2023-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  46. „Wagner chief says his forces are dying as Russia's military leaders 'sit like fat cats'“. CNN (2023-yil 5-may). 2023-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-may.
  47. Nechepurenko, Ivan. „Wagner's Withdrawal From Bakhmut Would Present Test to Russian Army“. The New York Times (2023-yil 25-may). 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  48. Dixon, Robyn; Ables, Kelsey; Bisset, Victoria; Stern, David. „Ukraine live briefing: Head of Russia's Wagner mercenaries lashes out at Moscow, threatens Bakhmut pullout“. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  49. Nechepurenko, Ivan. „Russia-Ukraine War: Russian Mercenary Leader Says His Forces Are Starting to Leave Bakhmut“. The New York Times (2023-yil 25-may). 2023-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  50. „Russian forces tried to blow up my men, says mercenary boss Prigozhin“. Reuters (2023-yil 3-iyun). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
  51. „Russian Offensive Campaign Assessment, June 3, 2023“. Institute for the Study of War. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  52. Sauer, Pjotr. „Wagner captures Russian commander as Prigozhin feud with army escalates“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  53. „Wagner Captures Russian Soldier Accused of Firing on Its Positions“ (en). The Moscow Times (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  54. Sauer, Pjotr. „Wagner captures Russian commander as Prigozhin feud with army escalates“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  55. „Wagner Captures Russian Soldier Accused of Firing on Its Positions“ (en). The Moscow Times (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  56. „Russian Offensive Campaign Assessment, May 27, 2023“. Institute for the Study of War. 2023-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  57. „Russian Offensive Campaign Assessment, May 29, 2023“. Institute for the Study of War. 2023-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.

Havolalar

tahrir