Al-Valid ibn al-Valid ibn al-Mugʻiyra (arabcha: الوليد بن الوليد بن المغيرة) – sahoba. Al-Volid Makkadagi Quraysh qabilasining boy Banu Maxzum urugʻiga mansub boʻlib, taniqli musulmon qoʻmondoni Xolid ibn Validning ukasi[1]. U 624-yilda boʻlib oʻtgan Badr jangida[2] qurayshliklar tomonda turib paygʻambar Muhammadga qarshi jang qilgan, bu jangda uning koʻplab urugʻdoshlari oʻldirilgan[3]. Uning oʻzi jangda musulmonlar tomonidan asirga olingan, ammo keyinchalik ozod qilib yuborilgan va Islomni qabul qilgan[2]. Makkaga qaytib kelganidan keyin kishanlanib, qamoqqa tashlangan[2]. Tabariy (vafoti: 923) bergan maʼlumotlarga koʻra, Valid va uning Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan qarindoshlari Salama ibn Hishom (Abu Jahlning ukasi) va Ayyosh ibn Abu Rabi’a Muhammad va uning izdoshlariga qoʻshilish uchun Makkadan Madinaga qoʻshilish uchun hijrat qilganlar. Keyinchalik oʻsha yerda yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. Muhammadning Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan xotini Ummu Salama uning uchun motam tutgan:

Valid ibn al-Valid
arabcha: الوليد بن الوليد بن المغيرة
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti
Dini Islom
Farzandlari Valid (Abdulloh)
Ota-onasi
Tanilgan sohasi Sahoba

Al-Valid ibn al-Valid ibn al-Mugʻiyra, ey koʻzim, yoshing oqsin,
Al-Valid ibn al-Valid ibn al-Mugʻiyra urugʻni (dushmanidan) himoya qildi[1].

Avlodlari

tahrir

Validning toʻngʻich oʻgʻlining ismi ham Valid boʻlgan[1]. Paygʻambar Muhammad Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan kishilarda bir ismning qayta-qayta takrorlanishini hisobga olib, kichik al-Volidning ismini Abdullohga oʻzgartirgan[4]. Abdullohning avlodlari Madinada eng koʻzga koʻringan oilalardan boʻlib, Xolid ibn al-Volidning soʻnggi avlodlari vafotidan keyin taxminan 750-yillarda uning mulkini meros qilib olishgan, chunki ular taniqli qoʻmondonning eng yaqin qarindoshlari boʻlishgan va IX asr oxirlariga qadar ushbu mulkka egalik qilishda davom etishgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Landau-Tasseron 1998.
  2. 2,0 2,1 2,2 Kister 1981.
  3. Hinds 1991.
  4. Kister 1975.
  5. Elad 2016.

Adabiyotlar

tahrir