Vikipediya munozarasi:Tanlangan maqola nima?
Qoidani yangilash
tahrirHammaga salom, hozirda „Tanlangan maqola“ maqomi uchun talablarimiz ancha joʻn. Yaxshi maqola nima? sahifasining talablari asosida Tanlangan maqola talablarini ham biroz aniqroq, tushunarliroq va mukammalroq qilish tarafdoriman. Quyida „Tanlangan maqola“ maqomi uchun yangi talablar taklif etilgan, ular bilan tanishib chiqqan holda fikr bildirsangiz shunga qarab ish tutar edik. Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 19:45, 25-Aprel 2024 (UTC)
Vikipediyadagi maqolalar ichidan eng sifatli va keng qamrovlilariga tanlangan maqola maqomi beriladi. Lekin maqolalarning eng sifatli va keng qamrovlisi aniqlanishida quyidagi qoidalardan foydalaniladi. Ushbu qoidalar loyiha ishtirokchilari (foydalanuvchilar) tomonidan ishlab chiqilgan asosiy tamoyillar boʻlib, agar jiddiy sabablar boʻlmasa, ularga rioya qilish kerak. Inglizcha va/yoki boshqa Vikipediyalarda „Tanlangan maqola“ maqomini olgan maqolalar ayrim hollarda (asosan hajmidan kelib chiqib) oʻzbekcha Vikipediyada „Tanlangan maqola“ maqomini olmasligi mumkin, sababi oʻzbekcha Vikipediyada kichikroq hajmli sifatli maqolalar uchun alohida „Xushsifat maqola“ maqomi bor. Ushbu qoidalar qabul qilinguniga qadar (2024-yilning aprel oyigacha) „Tanlangan maqola“ maqomini olgan va qoidalarning baʼzi bandlariga mos kelmaydigan maqolalar qoidalar qabul qilingach oʻz maqomidan ayrilishi koʻzda tutilmaydi yaʼni avvalgi oʻlchovlar bilan maqom olgan maqolalarni maqomidan ayirishda mazkur qoida roʻkach qilinmaydi. Eng asosiy tamoyillartahrir
Majburiy talablartahrir
Nomzodlikka qoʻyish tartibitahrir
===[[Maqola nomi]]=== Maqola ahamiyati nominator tomonidan qisqacha tushuntiriladi. ~~~~. ==== Rozilar ==== # {{Roziman}} -- Qisqa izoh. ~~~~. ==== Qarshilar ==== # {{Qarshiman}} --~~~~ --> ==== Betaraflar ==== <!-- # {{Betarafman}} -- Qisqa izoh. ~~~~. --> ==== Izohlar ==== Bu yerda baholovchi maqola nominatoriga savollar yoki takliflar beradi. ~~~~. ==== Xulosa ==== Administratorlardan biri berilgan ovozlar va takliflarni inobatga olib, xulosa beradi. Masalan, {{bajarildi}} yoki {{bajarilmadi}}. Qisqa izoh yoziladi. Ovoz berishda ishtirok etgan administrator xulosa chiqarishi mumkin emas. |
Fikrlar
tahrirSoʻnggi yillarda statusli maqolalar uchun talablar qattiq boʻlib borayotgani ijobiy jarayon. Bu tajribali foydalanuvchilar soni ortib borayotgani bilan bogʻliq. Talablar muayyan qoidalarga asoslanishi muammoli vaziyatlarning oldi olinishiga xizmat qiladi deb oʻylayman. Shuningdek, maqolani nomzodlikka qoʻyish istagida boʻlgan nominatorni maqola ustida yanada koʻproq ishlashiga undaydi/turtki. Administratorlar bergan ovoz muhim ahamiyat kasb etar ekan, sunʼiy ovoz toʻplanishiga urinish kabi holatlar butunlay yoʻqoladi nazdimda. Sanab oʻtilgan jarayonlar mukammal maqola yaratilishi uchun tamal boʻlishiga ishonganim sababli Roziman. Alpasli (munozara) 20:11, 26-Aprel 2024 (UTC)
„Agar boshqa til boʻlimlarida tegishli maqolalar mavjud boʻlsa, maqola intervikilarni oʻz ichiga olishi kerak.“ — eskirgan formulirovka. Ilgari interviki maqola ichida boʻlardi, hozir barchasi Vikimaʼlumotlarda. „Agar boshqa til boʻlimlarida tegishli maqola mavjud boʻlsa, oʻzbekcha maqola Vikimaʼlumotlar orqali ularga ulgan boʻlishi kerak“, masalan. Nataev munozara 18:06, 27-Aprel 2024 (UTC)
- Oʻzgartirdim. Jamshid Nurqul (munozara) 18:13, 27-Aprel 2024 (UTC)
- Jamshid Tanlangan maqolaga kimlar ovoz bera oladi va ularni soni necha kishi boʻlishi kerak? Mana shu haqida ham bandlarni qoʻshishni iloji bormi? Mirzoulugʻbek |@ 18:20, 27-Aprel 2024 (UTC)
- Hamma foydalanuvchilar ovoz berishi mumkin, ovozlar soni ham cheklanmagan lekin majburiy talablarning 19-bandida yozilganidek eng kamida 5 admin ovozi boʻlsa yaxshi, bu haqda boshqa bir suhbatda ham eslab oʻtilgan edi. Agar 5 admin ovoz berishi talabi juda yuqori deyilsa, uni 3 admin ovozi deb oʻzgartirish ham mumkin. Bu talabdan kelib chiqsak, admin boʻlmagan foydalanuvchilar ovoz bermagan taqdirda ham, 5 ta admin ovozini olgan maqola status olaveradi. Bu talab hozirda ayrim vikiklublarda, talabalar jamoalarida kuzatilishi mumkin (muqarrar) boʻlgan kelishib ovoz berish usuliga qarshi chora sifatida kiritilgan. Chunki yaqinda WikiStipendiya III marafoni doirasida statusli maqolalar tanlovi ham start oladi (boshqa statuslarni ham oʻylab koʻrish kerak). Jamshid Nurqul (munozara) 18:33, 27-Aprel 2024 (UTC)
Yana bir narsa: maqola hajmi (soʻz va bayt soni) boʻyicha muayyan talab qoʻyish notoʻgʻri. Masalan, enwikida „Length. It stays focused on the main topic without going into unnecessary detail and uses summary style where appropriate“, deyilgan. Bu toʻgʻri, chunki ayrim mavzularda toʻlaqonli maqola uzun boʻlmasligi mumkin. Masalan, Agaricus deserticola maqolasi moʻjazgina, ammo TM maqomiga ega, sababi bu qoʻziqorin haqida maqolaga kiritilgandan boshqa maʼlumot oz va kerak ham emas. Nataev munozara 19:01, 28-Aprel 2024 (UTC)
- Biz bunday maqolani xushsifat uchun qabul qilsak boʻlaveradi, inglizlarda bizdagi xushsifatning muqobili borligini bilmayman. Bizdagi xushsifat bilan Tanlanganning farqi qolmayapti hajm talabini kiritmasak. Ruslarda bizdagi XMning muqobili bor, shunga boʻlsa kerak, ularda TMga hajm talabi kiritilgan. Bizdagi yaxshi maqolada ham hajm talabi mavjud, tanlanganga ham hajm talabini qoʻysak xushsifatdan farqlanadi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:18, 28-Aprel 2024 (UTC)
- Ilmiy mavzuda mukammal, ammo qisqa maqola yozilsa, TM olishga loyiq. Xushsifat ruwiki va uzwikida bor xolos. YM talablaridagi hajm talabi ham notoʻgʻri. Mavzu naqadar chuqur yoritilganidan kelib chiqib maqom berilishi kerak. Masalan, shahar haqida uzundan-uzoq maqola TMga loyiq boʻladi, ammo biologik turlar haqidagi maqola qisqa boʻlsa-da TM olishi mumkin. Nataev munozara 20:39, 29-Aprel 2024 (UTC)
- "Ilmiy mavzuda mukammal yozilgan maqola, agar hajmi yuqorida koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa ham, mukammal yozilganligi, har tomonlama yoritilganligi, maqolani toʻldirish uchun boshqa maʼlumot yoʻqligi asoslab berilgan taqdirda, istisno qilinadi" - deb qoʻshib qoʻydim. Jamshid Nurqul (munozara) 16:16, 30-Aprel 2024 (UTC)
- Ilmiy mavzuda mukammal, ammo qisqa maqola yozilsa, TM olishga loyiq. Xushsifat ruwiki va uzwikida bor xolos. YM talablaridagi hajm talabi ham notoʻgʻri. Mavzu naqadar chuqur yoritilganidan kelib chiqib maqom berilishi kerak. Masalan, shahar haqida uzundan-uzoq maqola TMga loyiq boʻladi, ammo biologik turlar haqidagi maqola qisqa boʻlsa-da TM olishi mumkin. Nataev munozara 20:39, 29-Aprel 2024 (UTC)
Shuningdek, yuqoridagi talablar sirasiga maqolada andozalar xilma-xilligi va bilgiquti boʻlish majburiyligi xususida ham aytish kerak deb oʻylayman. Ovozlar soni bilan bogʻliq bandda esa foydalanuvchi tahrirlar soni va uning roʻyhatdan oʻtgan vaqti xususida ham toʻxtalib oʻtish kerak. Zero, bizda endigina rivojlanishni boshlayotgan Qoʻgʻirchoqbozlik siyosati ovoz berishga taʼsir koʻrsatmasligining oldini olgan maʼqul PanPanChik #yozish 07:29, 30-Aprel 2024 (UTC)