Vosiljon Nazarov
Nazarov Vosiljon Shuhratovich (1984-yil 17-sentyabr; Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – moliyachi, 2021–2022-yillar Bagʻdod tumani hokimi[1], 2022-yildan Fargʻona shahri hokimi[2].
Vosiljon Nazarov | |
---|---|
Nazarov Vosiljon Shuhratovich | |
Bagʻdod tumani hokimi | |
Mansab davri 2021-yil 6-fevral – 2022-yil 24-yanvar | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Xayrullo Bozorov |
Oʻtmishdoshi | Alibek Tursunov |
Vorisi | Yusufjon Husayinov |
Fargʻona shahri hokimi | |
Mansab davri 2022-yil 24-yanvar – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Hokim | Xayrullo Bozorov |
Oʻtmishdoshi | Mirzohid Ubaydullayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-sentyabr 1984-yil Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi |
Taʼlim | 2002–2006-yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Hayoti
tahrirNazarov Vosiljon 1984-yil 17-sentyabrda Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tavallud topgan. 2002–2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida moliya sohasi boʻyicha tahsil olgan[3].
Faoliyati
tahrirDastlab, 2006–2007-yillarda Fargʻona viloyati monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmasi, Monopolist korxonalarning tarkibiy jihatdan oʻzgartirish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2007–2008-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha moliyalashtirish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi bosh iqtisodchi; 2008–2009-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2009–2011-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2011–2012-yilllarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani Moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi; 2012–2014-yillarda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buvayda tumani boʻlimi rahbari; 2014–2016-yillarda Fargʻona viloyati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri va Buvayda tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; 2018–2019-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan[3].
Vosiljon Nazarov 2021-yil 6-fevralda Bagʻdod tumani hokimi lavozimida tayinlangan[1][4][5]. 2022-yil 24-yanvardan esa Fargʻona shahri hokimi lavozimiga oʻtib, oʻz faoliyati yuritmoqda[2][6][7][8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „ВОСИЛЖОН НАЗАРОВ БАҒДОД ТУМАНИ ҲОКИМИ ЭТИБ ТАЙИНЛАНДИ“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Daryo.uz. „Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlandi“ (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Nazarov Vosiljon Shuhratovich“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „Farg‘ona viloyatining Bag‘dod, Yozyovon hamda O‘zbekiston tumani hokimlari o‘zgardi“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida bir kunda to‘rt tumanda rahbarlar o‘zgardi“ (7-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Gazeta.uz. „Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga hokimlar tayinlandi“ (24-yanvar 2022-yillar). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Sunnatilla Abdullaev. „Farg‘ona shahri hokimi ham o‘zgardi“. Qalampir.uz (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlandi“ (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.