Xatna – asosan, oʻgʻil bola olatining chekka kertmagini kesish marosimi. Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida paydo boʻlgan, oʻspirin bolaning kattalar safidan oʻrin olishi, balogʻatga yetishi munosabati bilan bajarilgan. Bunda har xil jismoniy sinovlar (och qoldirish, terini tilish, quloq suprasini yirtish, tishni sindirish, tishni egovlash va shu kabilar)ga duchor etilgan. Shunday odatlar Avstraliya, Okeaniya, Afrikada yashovchi ayrim xalqlarda saqlanib qolgan.

Xatna

Baʼzi joylarda qizlarni ham xatna qilish (klitorni yoki kichik jinsiy lablarni olib tashlash) kabi odatlar mavjud. Bir qancha hollarda, jumladan, yahudiy, musulmonlarda diniy marosim shaklini olgan. Musulmonlarda bolalar 3-5-7 yoshda, ayrim hollarda 11-12 yoshgacha xatna qilinadi. Xatna marosimlari oʻzbeklar va bir qancha xalqlarda toʻy shaklida oʻtkaziladi. Ilmiy tibbiyotda olat kasallanganda va tugʻma nuqsonlari boʻlganda (parafimoz, fimoz va boshqalar) ham shunday operatsiya oʻtkaziladi.

Tarixi

tahrir

Xatna qildirish dunyodagi eng qadimgi jarrohlik amaliyotlaridan biridir. Qadimgi Misr, Finikiya xalqlarida xatna qildirish holatlari keng uchragan. Xatna qilish yahudiy va musulmonlar uchun diniy ahamiyatga ega boʻlgan amaldir.[1]

Islomda

tahrir

Garchi Qur’oni Karimda xatna qilish haqida hech narsa aytilmagan boʻlsa-da, hadislarda bu haqida bildirilgan. Paygʻambar Muhammad (sav) xatna qilish, Ibrohim alayhissalomdan qolganini eʼtirof etgan va uni chaqaloq tugʻilganinig yettinchi kunida amalga oshirishni tavsiya qilgan. Nabirasi Hasan va Husayin ham hayotlarining yettinchi kunida xatna qildirilgan.

Xatnaning afzalligi

tahrir
 
Mamlakat boʻyicha erkaklarni xatna qilishning global yoyilish xaritasi

Hozirgi kunda musulmon va yahudiy boʻlmaganlar orasida ham xatna qildirish ommalashmoqda. Bunga bir qancha sabablar bor:

Xatna payti

tahrir

Xatna qildirish uchun muvofiq vaqt boʻlishi kerak, yaʼni buni sovuq paytda, xalq tili bilan aytilganda, gazak davrida qilish maʼqullanmaydi. Bunga sabab – bunday paytda yaraning bitishi qiyin boʻladi. Xatnani bola hali kichik vaqtida, iloji boricha ertaroq qildirgan maʼqul, chunki yoshi katta boʻlgani sayin bola oʻzini avvaylab, ogʻriqni ogʻirroq oʻtkazadi.

Muolaja

tahrir

Xatna aksar hollarda mahalliy anesteziya bilan qilinadi. Baʼzi jarrohlar umumiy narkoz ham qoʻllashadi, bu holda bolaga keyin koʻngli aynashi va qayt qilishining oldini olish maqsadida ovqat berilmaydi. Xatna qilinganda bola jinsiy organinig boshini yopib turuvchi teri qatlami kesib tashlanadi. Xatna qildirgandan keyin yarani bitishi uchun turli doktorlar turlicha muolajalarni tavsiya qilishadi. Baʼzilari margansovkali eritma bilan artishni, baʼzilari zelyonka surishni buyuradi, lekin sterillangan paxta moyi bilan yogʻlashni vrachlar ham, ustalar ham birdek tavsiya qilishadi. Buning uchun dogʻlanmagan paxta moyini usti yopiladigan shisha idishga solib, suvda 1 soatlar chamasi qaynatiladi. Ushbu moy bilan aʼzoni tez-tez va koʻp-koʻp moylanadi. Bunda moy iliqroq boʻlishiga eʼtibor berish kerak.

Manbalar

tahrir
  1. Xatna haqida[sayt ishlamaydi]
  2. Circumcision ring cuts AIDS risk in Africa, 2015-05-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01

Havolalar

tahrir