Xoʻjand okrugi – 1926—1929-yillarda SSSR tarkibidagi ittifoq respublika – Oʻzbekiston SSR tarkibidagi oʻnta okrugdan biri. 1929—1930-yillarda okrug Tojikiston SSR tarkibida boʻlgan. Okrugning maʼmuriy markazi va eng yirik shahri Xoʻjand boʻlgan.

Xoʻjand okrugi
oʻzbekcha: خجند آکروگی
tojikcha: آکروگی خجند
ruscha: Ходжентский округ

Oʻzbekiston SSR va uning tarkibidagi Tojikiston ASSRning 1927-yilgi maʼmuriy-hududiy xaritasi
Oʻzbekiston SSR va uning tarkibidagi Tojikiston ASSRning 1927-yilgi maʼmuriy-hududiy xaritasi

Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR (1923-1955)
Tegishli 1926—1931-yillar OʻzSSR bayrogʻi OʻzSSR
Tojikiston SSR
Tarkibida 5 ta tuman
Maʼmuriy markazi Xoʻjand
Yirik shahari Xoʻjand
Boshqa yirik shaharlari Isfara, Konibodom
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1939-yil
Rasmiy tillar Ruscha, oʻzbekcha, tojikcha
Aholi (1926) 206,6 ming kishi
Millatlar tarkibi Asosan tojiklar va oʻzbeklar, shuningdek ruslar va qirgʻizlar
Dinlar tarkibi Asosan musulmon (sunniy), shuningdek xristian
Maydoni 7,2 ming km²
Xaritada

Okrug besh tumanga boʻlingan: Asht (markazi Asht), Isfara (markazi Isfara), Konibodom (markazi Konibodom), Nov (markazi nomaʼlum) va Xoʻjand (markazi Xoʻjand).

Tarixi tahrir

1925-yilda, Oʻzbekiston SSR tashkil topganidan keyin qisqa vaqt oʻtgach, respublika maʼmuriy-hududiy tuzilish boʻyicha viloyatlarga boʻlinishi joriy etildi. Viloyatlar okruglarga, ular oʻz navbatida boʻlislarga (volost) boʻlingan. Ammo oradan bir yil oʻtmay, 1926-yilda viloyat tuzilmasi tugatilib, respublika okruglarga, ular oʻz navbatida tumanlarga boʻlindi. Xoʻjand okrugi Oʻzbekiston SSR tarkibida edi. 1929-yilda Tojikiston ASSR mustaqil Tojikiston SSRga aylantirildi va Oʻzbekiston SSR tarkibidan chiqarildi. Xoʻjand okrugini Tojikiston SSR tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 1930-yil boshida Oʻratepa okrugi Xoʻjand okrugi tarkibiga qoʻshildi. 1930-yilda okruglar tugatilib, Tojikiston SSR viloyatlarga boʻlinishni boshladi va Xoʻjand okrugi negizida Leninobod viloyati tashkil qilindi.

Xoʻjand okrugi Oʻzbekiston SSR tarkibida boʻlganida shimol va gʻarbdan Toshkent okrugi, janubi-gʻarbdan Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR, janubdan RSFSR tarkibida Qirgʻiziston ASSR, sharqdan Fargʻona okrugi bilan chegaradosh boʻlgan. Okrug mustaqil Tojikiston SSR tarkibiga oʻtkazilgandan keyin shimoldan, sharqdan va gʻarbdan Oʻzbekiston SSR bilan, janubi-sharqdan Qirgʻiziston ASSR bilan, janubdan Tojikiston SSRning Oʻratepa okrugi bilan chegaralangan.

Aholisi tahrir

1926-yilgi Butunittifoq aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Xoʻjand okrugi aholisi 206 628 kishini tashkil qilgan. Ulardan 119 213 nafarini tojiklar, 79 940 nafari oʻzbeklardir. Shuningdek, okrugda etnik ozchiliklarni ruslar (3182 kishi) va qirgʻizlar (1946 kishi) tashkil etgan. Okrugda 30 dan ortiq turli millat vakillari yashagan[1].

Adabiyotlar tahrir

  • Administrativnoe delenie Soyuza SSR. M., 1929.
  • „История Узбекской ССР“,, Ташкент, 1958. 

Manbalar tahrir