Xudoybergan Devonov uyi

Xorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik

Xudoybergan Devonov uyiXorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. XX asr boshida qurilgan. Xiva shahridagi Yangi turmush mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[1].

Xudoybergan Devonov uyi
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°23′01″N 60°21′00″E / 41.38365804790265°N 60.35005466405256°E / 41.38365804790265; 60.35005466405256
Turi uy
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asoschi Xudoybergan Devonov
Asos solinishi 1908-yil
Mashhur kishilari Xudoybergan Devonov
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Holati Uy-muzeyga aylantirilgan
Map
Xudoybergan Devonov uyi xaritada

Tarixi

tahrir

Xudoybergan Devonov uyi XX asr boshida, yaʼni 1908-yilda Xudoybergan Devonov tomonidan Xorazm meʼmorchiligiga xos boʻlgan anʼanaviy uslubda shahar uyi shaklida qurilgan. Ushbu uyda O‘rta Osiyodagi birinchi kinematograf va fotograf Xudoybergan Devonov (18791940) yashab ijod qilgan. Tarixchi Bahrom Irzayevning maʼlumotga koʻra, Xudoybergan Devonov Angliyaga josuslik qilishda ayblangani uchun 1937-yil 19-avgustda Xiva shahri, 4-mahallada joylashgan mazkur uyda NKVD xodimlari tomonidan tintuv o‘tkazilgan, ushbu uyda tintuv oʻtkazilganligi yuzasidan Xudoybergan Devonovning turmush o‘rtog‘i Bekajon Otajonova va Karim Otajonovdan xolislar sifatida imzo olingan. Mazkur uydan Xudoybergan Devonovga tegishli 90 varaqdan iborat yozishmalar, 230 dona fotosurat va qo‘shotar ov miltig‘i olib ketilgan[2]. Keyinchalik uning fotosurat va kinotasmalari, yozishmalari NKVD tomonidan yoʻq qilib yuborilgan[3].

Xudoybergan Devonov uyi sinchkori (nigirik) uslubida qurilgan. Ushbu uy bir nechta xonalardan iborat boʻlgan, uchta katta va bitta kichik ayvonlar bilan barpo etilgan[4]. Mazkur uyda surat ishlash uchun alohida xona mavjud boʻlgan. Boshqa xonalarda esa Xudoybergan Devonovning oila aʼzolari istiqomat qilishgan[4]. 1984-yilda mazkur uy tubdan qayta taʼmirlangan, 1992-yilda uy-muzeyga aylantirilgan. 2005-yilda Xiva rus-tuzem maktabining binosida Xudoybergan Devonov uyidagi uning hayoti va faoliyati aks ettiruvchi ekspozitsiyalar asosida doimiy koʻrgazma ochilgan[4].

Manbalar

tahrir