Yahyo ibn al-Hakam
Yahyo ibn al-Hakam ibn Abu al-Os (arabcha: يَحْيَى بْنِ الْحَكَم بْنِ أَبِي الْعَاص) (700-yildan oldin vafot etgan) xalifa Abdulmalik (h. 685–705) hukmronligi davrida Umaviylar davlat arbobi bo'lgan. Tuya jangida xalifa Aliga (h. 656–661) qarshi kurashgan. Keyinchalik, Damashqqa koʻchib oʻtgan va u yerda Umaviy xalifalar Muoviya I (h. 661–680) va Yazid I ning (h. 680–683) saroyida xizmat qilgan. Abdulmalik tomonidan Falastin hokimi etib tayinlangan, 692-yilda Damashqni Quddus bilan bogʻlovchi yoʻlning bir qismini qurdirgani uchun bir qancha yozuvlarda nomi keltirilgan. 694/695-yillarda bir yil davomida Madina hokimi boʻlib xizmat qilgan, soʻngra Suriyaning shimoliy chegarasi boʻylab Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qator yurishlarga rahbarlik qilgan.
Yahyo ibn al-Hakam | |
---|---|
arabcha: يَحْيَى بْنِ الْحَكَم بْنِ أَبِي الْعَاص | |
Madina hokimi | |
Mansab davri 694 – 695 | |
Hukmdor | Abdulmalik |
Oʻtmishdoshi | Hajjoj ibn Yusuf |
Vorisi | Abon ibn Usmon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti | 700-yildan oldin |
Turmush oʻrtogʻi |
Ummu al-Qosim al-Sugʻro binti Abdurahmon ibn Avf |
Munosabatlari |
Umaviylar (ota tomondan) Banu Murra (ona tomondan) |
Bolalari |
Yusuf Omina Ummu Hakim |
Otasi | Al-Hakam ibn Abu al-Os |
Hayoti
tahrirYahyo al-Hakam ibn Abu al-Osning oʻgʻli, xalifa Marvon I ning kenja ukasi edi (h. 684–685)[1]. Onasi Gʻatafan qabilasining Banu Murra urugʻidan boʻlgan[1]. Marvon, akasi Abdurahmon va Qurayshning boshqa yuqori martabali rahbarlari bilan birga xalifa Aliga (h. 656–661) qarshi 656-yilda Tuya jangida[1] qatnashgan. Urushda Ali gʻalaba qozongan, Yahyo jarohat olib, Basrada Banu Tamim qabilasining bir aʼzosi bilan birga omon qolgan[1]. Qabila aʼzosi uni uzoqdagi amakivachchasi, Suriya hokimi Muoviya ibn Abu Sufyonning Damashqdagi qarorgohiga kuzatib qoʻygan[1]. Yahyo xalifa Muoviya (661–680) va uning oʻgʻli, vorisi Yazid I (h. 680–683) davrida Damashqa istiqomat qilgan[1]. 680-yilda Karbalo jangida Alining oʻgʻli, Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi Husayn ibn Alining Yazid qoʻshini tomonidan oʻldirilganini ochiq qoralanadi[1].
685–694-yillar orasida Yahyoning jiyani, xalifa Abdulmalik ibn Marvon (h. 685–705) uni Falastin hokimi etib tayinlagan[1]. Xalifa Abdulmalik nomidan Golan tepaliklaridagi Fiq dovoni orqali oʻtadigan yoʻl qurilishiga rahbarlik qilgani qayd etilgan yozuvlar topilgan[2]. Yozuv 692-yilning may yoki iyun oylariga toʻgʻri keladi[1], bu yoʻl poydevori haqidagi eng qadimgi islomiy yozuvlardan biri hisoblanadi[1].
694/695-yillarda Yahyo Madinaga hokim etib tayinlangan[3]. Keyingi yili esa Damashqqa chaqirilgan[1], bu davrda Malatya va al-Massisaning yaqinida vizantiyaliklarga qarshi yurishlarni boshqargan. 697/698-yillarda Marj ash-Shahmdagi Vizantiya qal’asiga qarshi yurishga rahbarlik qilgan[3]. Yahyo ibn al-Hakam 700-yildan[1] oldin vafot etgan. Qabri Golan tepaliklaridagi Katzrin shahridan topilgan.
Oilasi va avlodlari
tahrirYahyo Madina voliyi boʻlgan davrda Muhammad paygʻambarning yetakchi sahobalaridan biri Abdurahmon ibn Avfning qizi Ummu al-Qosim al-Sugʻro bilan nikohda boʻlgan[4]. Yahyoning oʻgʻli Yusuf xalifa Abdulmalik hukmronligining oxirlarida Mosul hokimi boʻlib xizmat qilgan, uning oʻgʻli al-Hurr va nabirasi Yahyo ibn al-Hurr 727–732 va 732-yillarda viloyatda xizmat qilgan[5]. Yahyoning qizlaridan biri Amina xalifa Abdulmalikning oʻgʻli, boʻlajak xalifa Hishomga turmushga chiqqan[5]. Keyinchalik[6], yana bir qizi Ummu Hakim xuddi onasi Zaynab binti Abdurahmon kabi oʻzining goʻzalligi va sharobga boʻlgan muhabbati bilan mashhur boʻlgan[7] va Hishomga turmushga chiqqan. Ummu Hakim xalifadan besh nafar[8], jumladan, Sulaymon[9], Maslama[7], Yazid al-Afqom[10], Muoviya[4] ismli oʻgʻil koʻrgan. Ummu Hakimning oʻgʻli Abdurahmon I 756-yilda Kordova amirligiga asos solgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Sharon 1966.
- ↑ Gil 1997.
- ↑ 3,0 3,1 Rowson 1989.
- ↑ 4,0 4,1 Ahmed 2010.
- ↑ 5,0 5,1 Robinson 2004.
- ↑ Museum Notes 1974.
- ↑ 7,0 7,1 Hillenbrand 1989.
- ↑ Blankinship 1989.
- ↑ Intagliata 2018.
- ↑ Judd 2008.
Adabiyotlar
tahrir- Ahmed, Asad Q.. The Religious Elite of the Early Islamic Ḥijāz: Five Prosopographical Case Studies. Oxford: University of Oxford Linacre College Unit for Prosopographical Research, 2010. ISBN 978-1-900934-13-8.
- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXV: The End of Expansion: The Caliphate of Hishām, A.D. 724–738/A.H. 105–120, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-569-9.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXVI: The Waning of the Umayyad Caliphate: Prelude to Revolution, A.D. 738–744/A.H. 121–126, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-810-2.
- Intagliata, Emanuele E.. Palmyra after Zenobia AD 273-750: An Archaeological and Historical Reappraisal. Oxford: Oxbow Books, 2018. ISBN 978-1-78570-942-5.
- Judd, Steven (July–September 2008). "Reinterpreting al-Walīd b. Yazīd". Journal of the American Oriental Society 128 (3): 439–458.
- Robinson, Chase F.. Empire and Elites after the Muslim Conquest: The Transformation of Northern Mesopotamia. Cambridge University Press, 2004. ISBN 0-511-03072-X.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXII: The Marwānid Restoration: The Caliphate of ʿAbd al-Malik, A.D. 693–701/A.H. 74–81, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-975-8.
- Madelung, Wilferd. The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge: Cambridge University Press, 1997. ISBN 0-521-56181-7.
- "Museum Notes". Museum Notes (New York: American Numismatic Society) 19: 178, note 53. 1974. https://books.google.com/books?id=jooaAAAAYAAJ&q=“first+married+Amina+bint+Yahya”.
- Sharon, Moshe (June 1966). "An Arabic Inscription from the Time of the Caliph 'Abd al-Malik". Bulletin of the School of Oriental and African Studies 29 (2): 367–372. doi:10.1017/S0041977X00058900.
- Sharon, Moshe. Corpus Inscriptionum Arabicarum Palaestinae (CIAP): D-F. Volume Three. Leiden and Boston: Brill, 2004. ISBN 90-04-13197-3.
Oldingisi | Madina hokimi 694–695 |
Keyingisi |