Tuya jangi — (arabcha: مَعْرَكَة اَلْجَمَلِ), Jamal voqeasi deb ham ataladi[7]. Iroqning Basra shahridan tashqarida hijriy 36-yil (milodiy 656-yil) yili boʻlib oʻtgan. Jang bir tomonda toʻrtinchi xalifa Ali (656—661) qoʻshini bilan boshqa tomonda Oysha, Talha va Zubayr boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar qoʻshini oʻrtasida boʻldi. Ali islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi va kuyovi edi, Oisha esa Muhammadning bevasi boʻlib, Talha va Zubayr ikkalasi ham mashhur sahobalardan edi. Uch boshliq uchinchi xalifa Usmonning (644–656) oʻldirilishi uchun qasos olish maqsadida Aliga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, Zubayr va Talha ham faol ravishda unga qarshi edi. Uchalasi Alini idoradan olib tashlash va Quraysh qabilasiga Talha va Zubayrni voris qilib tayinlashni talab qildi. Ali jangdan gʻolib chiqdi, Talha va Zubayr oʻldirildi, Oisha esa Madinaga qaytarildi[7].

Tuya jangi
Birinchi fitnaning bir qismi

Ali (to'rtinchi halifa) va Oysha Tuya jangida
Sanalar Milodiy 656 yil 8 dekabr (15 Jumodilavval, 36 hijriy)
Urush yeri Basra, Iroq
Sabab Uchinchi halifa Usmonning o'limi
Natija Alining g'alabasi
Qoʻmondonlar
Ali ibn Abu Tolib
Hasan ibn Ali
Husayn ibn Ali
Malik al-Ashtar
Ammar ibn Yasir
Muhammad ibn Abu Bakr
Abdurrahmon ibn Abu Bakr
Abu Qatoda
Jobir ibn Abdulloh
Muhammad ibn al-Hanafiy
Abu Ayyub al-Ansoriy
Qays ibn Sa'd
Abdulloh ibn Abbos
Xuzayma ibn Sobit
Jundab al-Azdiy
Ali ibn Danur
Oysha, Talha va Zubayr ibn Avvom
Muhammad ibn Talha
Ka'b ibn Sur
Abdulloh ibn az-Zubayr
Marvon
Abdulloh ibn Savfon
Yahyo ibn al-Hakam
Utba ibn Abu Sufyon
Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy
Abdulrahamon ibn Attob ibn Asid
Harbiy birliklar
Ali tarafkashlari Oysha, Talha va Zubayr tarafkashlari
Kuchlar
~10,000 ~10,000
Yoʻqotishlar
>400 – 500 >2,500

Tarixi

tahrir

Urushning sabablari

tahrir

Shom voliysi Muoviya ibn Abu Sufyon hazrati Aliga bay’at qilmadi. U Usmonning oʻlimi uchun oʻch olinishini talab qilar edi. Hazrati Ali esa vaziyat notinchligi sababli hazrati Usmonning oʻchini olishga shoshilmayotgan edilar. Muoviya Aliga itoat qilishdan bosh tortdi va Shom viloyatida oʻzini mustaqil deb eʼlon qildi[8]. Ali ibn Abu Tolib Shomga muammoni bartaraf etish uchun ketoyatgan vaqtida Makkadan birinchisidan achinarliroq habarlar yetib keldi. Unga koʻra, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh va Oisha boshchiligida bir qancha makkaliklar Basraga qarab ketishayotgan edi[9]. Alini bu habar oldingisidan ham koʻroq tashvishga soldi. U Shomga boʻlgan safarini qoldirib, haqiqatni tushintirish uchun ular tomonga otlandilar. Oisha onamiz Zubayr, Talha va bir guruh sahobalar bilan Makkadan Basraga yetib kelib, Usmonni oʻldirilishida ishtirok etgan fitnachilar oʻldirildi. Boshqa shahardagi qotillarni ham huddi shunday holat kutib turgani haqida maktub yubordilar. Ali bunga javoban, bu boʻlayotgan ishlarning oqibati yaxshi boʻlmasligini bayon qilib, shoshqoloqlik yaxshi emasligini takidladi. Alining gaplaridan ishonch hosil qilib va sulh tuzish maqsadida Alining qarorgohi tomon yura boshlashgan.

Sulh habaridan fitnachilar vasvasaga tushib qolgan, agar sulh tuzilsa adolat qaror topishi va ularni jazo kutib turganini anglab yetishgan edi. Bosh fitnachilar zudlik bilan toʻplandilar. Bular Ashtar Naxaiy, Shurayx ibn Avfo, Solim ibn Salaba, Gʻulom ibn Xaysam va boshqalar bor edi. Fitnaboshi yaxudiy Abdulloh ibn Saba barchasiga bosh-qosh edi. Fitnachilar tun qorongʻusida sulhchilar orasida nima qilib boʻlsa ham urush qoʻzgʻashga kelishib olishgan edi. Tong yorishishga yaqin soni ikki ming atrofida boʻlgan fitnachilar sulhchilar uhlab yotgan vaqtida birdan hujum boshlashdi[10]. Ikki taraf juda oʻgʻir jang qilishdi. Urushni toʻxtatishni imkoni topilmadi. Bu islom tarixida birinchi martta musulmonlar ikkiga boʻlinib, yaʼni Oysha va Ali tarafkashlari oʻrtasida boʻlgan jang edi.

Urush nomining kelibi chiqishi

tahrir

Sobiq Yaman voliyi Yalo, u Makka muxoliflaridan boʻlib Asqar laqabli tuyasini Oyshaga hadiya qilgan. Oysha jang vaqtida bu tuyaga minganligi uchun urush „Tuya jangi“ yoki „Jamal voqeasi“ deb nom berilgan. Bundan tashqari makkalik muxoliflar tomonidan „Jamal asxobi“ deb atalgan[11].

 
Oysha tuya jangida toʻrtinchi xalifa Ali bilan jang qilmoqda

Jang 656-yil dekabr oyida, Basra yaqinida, tushdan to kun botguncha[12], taxminan toʻrt soat atrofida davom etgan[13]. Urushning asosiy sababchisi Sabiya firqasi boʻlib, bu firqaning mas’uli, yuqorida nomi keltirilgan, Yamanlik yahudiy Abdulloh ibn Saba edi. Ularning asosiy maqsadlari Oyshani qoʻlga olish va paygʻambarning ayolini xaqorat qilish boʻlgan. Oysha tarafdorlari uni fidokorona muhofaza qilishar, tuya ustidagi Oyshani himoya qiloyatgan kishi halok boʻlsa oʻrnini boshqa biri egallagan. Shu asnoda tuya atrofida halok boʻlganlar 70 nafarni tashkil etgan. Urushga nuqta qoʻyish maqsadida, „Tuyani yiqitinglar“ buyrugʻi berildi, lekin fitnachilar ham toʻxtashmadi, ular Oyshaga qarab hujumni davom ettirishdi. Makkaliklar fitnachilarni Ali tarafkashlari deb oʻylashar, jang oʻsha tuya atrofida davom etar edi. Tuya yiqilmaguncha urush toʻxtamasligini anglab yetgan Ali, kamon bilan oʻq uzib yiqitish rejasini tuzdi. Ali odamlariga:

„Iloji boricha tuyaning yaqiniga boringlar, u yiqilayotganda Oysha onamizni ozor yetkazmay ushlab qolinglar, u kishiga zarar yetmasligi yoʻlida jon fido qilinglar!“

deb buyruq bergan[14]. Reja Ali oʻylaganidek boʻldi. Tuya yerga qulayotganda Oyshaning havdajlaridan ukasi Muhammad ibn Abu Bakr va Ammor ibn Yasir ohistalik bilan ushlab qolishdi[15]. Shundan soʻng jang oʻz nihoyasiga yetgan. Jangda Ali va tarafkashlari qoʻllari baland kelgan. Jang juda katta yoʻqotishlarga boy boʻldi, eng achinarlisi "Asharai mubashshara" dan boʻlgan Talha va Zubayr shahid boʻlishgan. Oyshani katta karvon, oʻn ikki ming dirhamli sovgʻa va hurmat-ehtirom bilan Madinaga kuzatib qoʻydilar[16].

Talhaning oʻlimi

tahrir

Urushning eng qizgʻin pallasida Ali Zubayr va Talhani oldirlariga chaqirib, Muhammad paygʻambarning gaplarini yodiga soldi. Ular bu gapdan soʻng jang maydonini tark etishga sabab boʻldi. Umri davomida jang boʻlayotgan vaqtda bir lahza ham ziyraklikni unutmasligini bilgan tajribali jangchi qurolini tashlab Allohga ibodat qilish uchun jang maydonidan chetga chiqdi. Jang qilmayotgan odamni payqagan fitnchilar uni nishonga oldi, unga tekkan oʻq uning tizzasidagi shoh tomiriga tegib uzib yubordi va qon toʻxtamay hijriy 36 (milodiy 656) yili Basrada vafot etdi[17]. Boshqa bir maʼlumotlarda, Talhani Marvon yarador qilgan deb ham oʻylashadi[18].

Zubayrning oʻlimi

tahrir

Zubayr ibn Avvom jang maydonini tark etib Yirtqichlar vodiysi tomon joʻnab ketdi. U yerda Allohga ibodat qildi va koʻzi ilinib uhlab qoldi. Uhlagani kutib turgan Amr ibn Jurmuz ismli kishi tomonidan hijriy 36 (milodiy 656) vahshiylarcha oʻldirildi[19][13][20]. Amr ibn Jurmuz Alidan mukofot ilinjida uning qarorgohiga keldi. Undan Zubayrning qilichini tortib oldi va koʻzlariga surtdi. Ali qotilga nafrat koʻzlari bilan

„Ammo sen, ey ibn Safiyaning qotili, doʻzaxning bashoratini olaver!“

dedi[21].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Madelung 1997, s. 168.
  2. Madelung 1997, s. 166.
  3. MacLean 1989, s. 126.
  4. Madelung 1997, ss. 176–7.
  5. Madelung 1997, ss. 167–8.
  6. Crone 2003, s. 108.
  7. 7,0 7,1 „Jamal voqeasi haqida so'z“ (uz). www.islom.uz. 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.
  8. Islom tarixi 2017.
  9. Madelung 1997, ss. 157.
  10. Asharai Mubashshara 2023, ss. 317.
  11. Asharai Mubashshara 2023, ss. 318.
  12. Madelung 1997, ss. 169–70.
  13. 13,0 13,1 Ayoub 2014, ss. 87.
  14. Asharai Mubashshara 2023, ss. 319.
  15. Asharai Mubashshara 2023, ss. 320.
  16. Asharai Mubashshara 2023, ss. 321.
  17. Asharai Mubashshara 2023, ss. 348–51.
  18. Madelung 1997, ss. 171–2.
  19. Asharai Mubashshara 2023, ss. 367–71.
  20. Bahramian 2015.
  21. Asharai Mubashshara 2023, ss. 369.

Adabiyotlar

tahrir