Yengil atletika 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida – erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish musobaqalari 3–4-avgust kunlari ParijdagiStade de France stadionida oʻtkazildi. Ushbu bahslarda Noah Lyles oltin medalni qoʻlga kiritdi va shaxsiy rekordni yangilagan holda AQSHning 2004-yildan buyon ushbu yoʻnalish bahslaridagi birinchi oltin medalini taʼminladi. YamaykalikKishane Thompson ikkinchi oʻrinni egallagan holda kumush medalga sazovor boʻldi. Har ikkala sportchi ham masofani 9.79 soniyada bosib oʻtishdi, biroq Lyles soniyaning besh mingdan bir qismiga tezroq marra chizigʻiga yetib keldi va oltin medalga ega chiqdi. AQSh terma jamoasining yana bir aʼzosi Fred Kerley 9.81 soniya koʻrsatkich qayd etgan holda 3-oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritdi.
100 metrga yugurish bahslari oʻn uchinchi bor Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy oldi. Final bahslarida 100 metrga yugurish boʻyicha eng yaxshi natijani qayd etgan Top–25 rekord sohiblarni, 6 nafar erkak atletlar ishtirok etdi. Bu esa Olimpiya oʻyinlari finalini tarixdagi eng shiddatli musobaqalardan biriga aylantirdi. Final bahslarida masofani eng tez bosib oʻtishga muvaffaq boʻlgan atlet Fred Kerley (9.76) va eng sekin natija qayd etgan Kenny Bednarekning (9.87) natijalar oʻrtasidagi farq atigi 0.11 soniyani tashkil etdi. Sport tarixida 100 metrga yugurish bahslari finalida birinchi marotaba yarim finalning oʻzida 10 soniyadan tezroq masofani bosib oʻtishga erishgan 8 nafar atlet ishtirok etdi. Jami 27 nafar yarim finalchidan 12 nafari 10 soniyadan tezroq yugurishdi, 8-oʻrinni egallagan yarim finalchi Kenny Bednarek va 12-oʻrinni egallagan Andre De Grasse oʻrtasidagi farq bor-yoʻgʻi 0,05 soniyani tashkil qildi.
Noah Lyles Parij−2024 Yozgi Olimpiasida 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, Kishane Thompson 0.005 soniyaga sekinroq natija bilan 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu esa Olimpiya oʻyinlari tarixida 100 metrga yugurish bahslarida 1–2-oʻrinlarni egallagan sportchilar qayd etgan natijalar oʻrtasidagi eng qisqa farqqa aylandi[2]. Har ikkala atlet ham 9.79 soniyalik natija koʻrsatdi. Biroq Lyles masofani 9.784 soniyada bosib oʻtgan boʻlsa, Thompsonning vaqti 9.789 soniyaga teng boʻldi. Lyles startdan sekin chiqib, 85 metrlik masofaga qadar musobaqa medallariga davogar uch nafar sportchi orasida yoʻq edi. Biroq oxirgi 15 metrlik masofani hammadan tezroq bosib oʻtishga erishdi. Thompson esa masofaning oxirgi santimetrlariga qadar eng oldinda borayotgan boʻlishiga qaramay, soʻnggi metrlarda Lylesdan ortda qolib ketdi.
Kishane Tompson saralash bosqichida 9.80 natija qayd etgan holda final bahsiga yetib kelgan eng tezkor atlet boʻldi. Finalda sportchi stadionning 4-yoʻlagidan joy oldi. 6 va 7-yoʻlaklardan mos ravishda Oblique Seville va Noah Lyles joy oldi. Bu ikki atlet birinchi yarim final bosqichining oʻzidayoq oʻzaro kuch sinashdi va Seville 9.81 soniya natija qayd etgan holda masofani 9.83 soniyada bosib oʻtgan Lylesdan oʻzib ketdi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan Fred Kerley 9.84 soniyalik koʻrsatkich bilan musobaqaning 3-yoʻlagidan joy oldi va saralash bosqichida 4-oʻrinni egalladi.
5–8-yoʻlaklardan joy olgan atletlar mos ravishda ushbu yoʻlakda yugurgan va eng tez natija qayd etgan sportchilarga aylanishdi. 1 va 8-oʻrin egalari qayd etgan natijalar oʻrtasidagi farq atigi 0.12 soniyani tashkil etdi. Bu esa butun sport tarixida sportchilar koʻrsatgan natijalar oʻrtasidagi eng qisqa farq boʻldi. Shuningdek, yengil atletika bahslarining 100 metrga erkaklar oʻrtasida yugurish bahslarida ilk marotaba masofa barcha 8 nafar atletlar tomonidan 10 soniyadan tezroq vaqt ichida bosib oʻtildi[3].
Fred Kerley mavsumdagi eng yaxshi natijasini yangilagan holda masofani 0.01 soniyaga tezroq bosib oʻtdi va musobaqada 3-oʻrinni egalladi. Sportchi 9.82 soniya koʻrsatkich bilan Janubiy Afrika milliy rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, atlet 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi natijasini ham yaxshilashga erishdi. Sportchi oʻsha musobaqada 4-oʻrinni egallagan edi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 100 metrga yugurish bahslari boʻyicha musobaqa chempioni Marcel Jacobs 9.85 soniya natija bilan Parij Olimpiadasida 5-oʻrinni egalladi. Shunday boʻlsa-da, sportchi tomonidan qayd etilgan natija uning uchun mavsumdagi eng yaxshi vaqt koʻrsatkichi boʻldi. Oltinchi oʻrinda masofani bosib oʻtgan Letsile Tebogo (fevral oyida 300 metrga jahon rekordini yangilagan) ham 9.86 soniya bilan Botsvana milliy rekordini oʻrnatdi.
Simbine tomonidan koʻrsatilgan 9.82 soniyalik natija ham final bahsida 1 va 2-oʻrinlardan keyingi pogʻonalarni egallagan va yarim final bahslarida gʻalaba qozona olmagan har qanday sportchining natijalaridan yaxshiroq boʻldi. Final bahslarida ishtirok etmagan eng koʻzga koʻringan atletlardan biri esa Ferdinand Omanyala edi.
2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 100 metrga erkaklar oʻrtasida yugurish bahslarida Qoʻshma Shtatlardan Justin Gatlin gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlib, shundan buyon ushbu musobaqalarda hali biror marta oltin medal AQSh sportchilariga nasib qilmayotgan edi. Lyles esa Parij Olimpiadasida Gatlindan keyin oltin medalga ega chiqqan birinchi AQShlik sportchiga aylandi. Lyles finalda qayd etgan natijasi orqali mavsumning va oʻzining shaxsiy rekordini yangiladi. 1 va 2-oʻrin sohiblari oʻrtasidagi farq shu qadar qisqa ediki, Leigh Diffey Amerikaning NBC Sports dasturi uchun bergan maʼlumotlarida amerikalik Noah Lyles oʻrniga yamaykalik Kishane Thompsonni gʻolib deb eʼlon qildi[4][5].
Parij Olimpiadasida kuchli 6 likni egallagan sportchilar tomonidan qayd etilgan natijalar 2012-yilgi Yozgi Olimpiadadan tashqari qolgan barcha oʻyinlarda 100 metrga yugurish bahslarining oltin, kumush va bronza medallarini kafolatlagan boʻlar edi. 6-oʻrinni egallagan Letsile Tebogo oʻzining 9.86 soniyalik natijasi bilan 2012 va 2020-yillardagi 100 metrga yugurish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlardi.
Erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish bahslari 1896-yildan beri Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilib kelinmoqda. Yugurish musobaqalari eng nufuzli poygalardan biri boʻlib, Olimpiadadagi eng qisqa sprint musobaqasi hisoblanadi. Shu vaqtga qadar sportchilarning 2024-yilgi mavsum natijalari nisbatan pastroq edi. Aprel oyida amerikalik 17 yoshli oʻrta maktab yuguruvchisi Christian Miller dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan holda masofani 9.93 soniyada bosib oʻtdi. Iyun oyida koʻrsatkich yangilandi. Kishane Tompson 9.77, Ferdinand Omanyala 9.79, amaldagi jahon chempioni Noah Lyles 9.80 va Oblique Seville 9.82 soniyalik koʻrsatkich bilan mavsum yetakchilariga aylandi.
2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻrnatilgan jahon rekordlari
Erkaklar oʻrtasida 100 metrga yugurish musobaqalarida saralash muddati 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 30-iyungacha edi[9]. 48 nafar sportchi ushbu bahslar uchun 10.00 soniya yoki undan tezroq, shuningdek, Jahon atletika reytingi boʻyicha oʻtish vaqtini qayd etish orqali Olimpiadada ishtirok etishi mumkin edi. Har bir mamlakatdan maksimal 3 nafar sportchi Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish imkoniga ega[9].
Dastlabki bosqich 3-avgust kuni ertalab soat 10:35 da (UTC+2) boshlandi[1]. Musobaqada 56 nafar sportchi ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Yana 16 nafar sportchiga universallik kvotasi orqali, shuningdek, 1 nafar atlet Olimpiya jamoasi nomidan oʻyinlarda ishtirok etdi. 200 metrdan 400 metrgacha boʻlgan boshqa musobaqalardan farqli oʻlaroq, 100 metrga yugurish bahslarida saralash bosqichidan keyingi takroriy tur oʻtkazilmadi. Buning oʻrniga, birinchi davra oldidan saralashda qayd etgan natijasi sekinroq boʻlgan sportchilar uchun dastlabki tur oʻtkazildi.
Har bir bosqichda eng yaxshi natija koʻrsatgan 2 nafar sportchi (S) va barcha guruhlardan 1–2-oʻrinlardan keyingi eng yaxshi natija qayd etgan 4 nafar eng yaxshi sportchi (s) 1-turga yoʻl oldi.
↑Poole, Harry.„How Lyles' torso decided greatest Olympics 100m final“. BBC Sport (2024-yil 5-avgust). — „All eight men finished within 0.12secs of the gold medal, with last-placed Jamaican Oblique Seville crossing the line in 9.91 - a time good enough for fourth at the Tokyo Games. And it meant, for the first time, that eight men had run under 10 seconds in a wind-legal race - making it the fastest race in history. [...] The finishing times for Akani Simbine, Lamont Marcell Jacobs, Tebogo, Kenny Bednarek and Seville were all records for fourth to eighth-place finishers in a 100m race.“. 2024-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.