Yuriy Aleksandrovich Petuxov (1960-yil 19-fevral, Minsk, Belarus SSR, SSSR) – futbol darvozaboni, darvozabonlar murabbiyi. Belarusiya sport ustasi.

Yuriy Petuxov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yuriy Aleksandrovich Petuxov
Tavallud sanasi 1960-yil, 19-fevral
Tavallud joyi Minsk, Belarus SSR, SSSR
Boʻyi 181 sm
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1985 Metalist (3)
1983—1985 Mayak (0)
1986—1989 Dnepr (Mogilev) (0)
1990 Soʻgʻdiyona (futbol klubi) (0)
1991—1993 Lokomotiv (Koshitse) (0)
Boshqargan klublari
1995—1996 Ataka
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Yuriy Aleksandrovich Petuxov 1960-yil 19-fevralda Minsk shahrida tugʻilgan. 5-sonli ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar maktabida tahsil olgan. Birinchi murabbiyi Vyacheslav Nikolayevich Avtushko.

Sport maktabini tugatgach, u Minskning „Dinamo“ jamoasidan boʻlgan taklifni qabul qilmadi. Belarus davlat universiteti statsionar geografiya fakultetiga oʻqishga kirdi. U universitet jamoasida oʻynagan, u yerda belaruslik murabbiy Gennadiy Gleb eʼtiboriga tushgan. Koʻp oʻtmay Gennadiy Gleb uni Belarus SSR chempionatida oʻynovchi „Torpedo Minsk“ jamoasida oʻynashga taklif qildi va ammo u „Spartak“ (Semipalatinsk)ga oʻtishga qaror qildi. Keyinchalik Qozogʻiston klublarida ikki yil oʻynadi. Shundan soʻng Xarkovga oliy liganing „Metalist“ klubiga oʻtish uchun taklif oldi.

U Xarkov klubida 3 mavsum oʻtkazdi, lekin asosiy jamoada 3 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik „Mayak“ klubida toʻp surdi. Oliy ligada oʻtkazilgan 3 ta oʻyindan biri Petuxov uchun tarixiy boʻldi aynan 1985-yilda uning uzatmasini Oleg Bloxin golga aylantirdi bu Oleg uchun oʻzining yubiley 200-goli boʻldi.

80-yillarning 2-yarmida u „Dnepr“ (Mogilev) jamoasida oʻynagan, u yerda jamoa sardori boʻlgan. 1990-yilda Oʻzbekistonning Soʻgʻdiyona (futbol klubi)da oʻynagan.

Yuriy Petuxov futbolchilik faoliyatini Slovakiyada „Lokomotiv“ (Koshitse) klubida yakunlagan va u bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan. Biroq, u 1,5 yil oʻynadi va tizzasidan jarohat olib faoliyatini tugatishga qaror qildi. U yana ikki yil Slovakiyada qoldi, tijorat sohasida ishladi, keyin 1994-yilda Minskka qaytib keldi.

Murabbiylik faoliyati

tahrir

1995-yilda darvozabonlarni tayyorlashga ixtisoslashgan murabbiylik faoliyatini boshlagan.

1995—1996-yillarda „Ataka“ (Minsk), 1997—2004-yillarda BATEda ishlagan.

Toʻrt yil davomida u Belarus milliy futbol terma jamoasi darvozabonlari bilan ishlagan: 2004 va 2005-yillarda yoshlar jamoasi bilan, 2006 va 2007-yillarda asosiy terma jamoa[1].

Uning shogirdlari orasida Yuriy Jevnov, Anton Amelchenko, Vasiliy Xomutovskiy bor[2].

Oʻgʻil Aleksandr professional futbolchi va darvozabon.

Manbalar

tahrir
  1. „Юрий Петухов стал тренером вратарей ФК «Химки»“ (deadlink). 2014-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
  2. „Юрий Петухов: звон медалей дороже шелеста купюр“. 2013-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.