Zagʻizgʻon
Zagʻizgʻon, hakka (Pica pica) – chumchuqsimonlar turkumining qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 45—48 sm. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Shimoli-Gʻarbiy Afrika, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Janubiy va Gʻarbiy Sibirda tarqalgan. Zagʻizgʻon bogʻlar, toʻqay va togʻlardagi oʻrmonlarda yashaydi. Tundra, Sharqiy Sibirning ayrim hududlari va choʻllarda uchramaydi. Zagʻisgʻon qishda koʻchib yuruvchi qush. Daraxtlar shoxiga va butalarga yirik yopiq uya soladi. Martmay oylarida 5—7, baʼzan 8—9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan 18—19 kunda joʻja chiqadi. Zagʻizgʻon mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi; baʼzan poliz ekinlari (tarvuz, qovun) va mevalarni ham choʻqiydi[1]. Aprel oyining boshida bir juft zagʻizgʻonlar 1 metrdan 12 metrgacha daraxt yoki butalarga uya soladi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |