Zemarx (grekcha: Ζήμαρχος) — 568-569-yili turk xoqoni Istemiyga borgan Vizantiya elchisi[1]. Elchixona Vizantiya imperatori Yustin II yubordi. Zemarx elchixonasi Vizantiya va Gʻarbiy Turk xoqonligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri savdo aloqalarin oʻrnatishni istagidan chiqqan. Sharqiy Turkistondagi Tekes daryo havzasidagi Istemi xoqonning saroyiga yetib borish uchun elchixona Kavkazni, Volgani, Yoyiqni, Kaspiy dengizining shimoliy qirgʻoqlari boʻyi, Xorazmni, Sirdaryoning boʻylab sayohat qilgan. U Taraz shahrida mahalliy hukmdorning qabulxonasida boʻlgan. Elchixonaning maqsadi forslarga qarshi Turk xoqonligi bilan harbiy ittifoq tuzish boʻldi. Zemarx elchixonasi 568-yil Turk xoqonligining elchisi Maniaxga ergashib, Kavkaz, Kaspiy dengizi aynalib oʻtib, Xorazm, undan soʻgʻdlar yeri orqali Sirdaryoga kelib yetti. Turk xoqonligining gʻarbiy hududlarining hukmdori (jagʻbui) Istemiyning (Istemi, Menander yozmalarida Dizavul)ni qabul qilishdan oldin Vizantiya elchilari yonib turgan ikki oʻtni aylanib oʻtdi, poklanish marosimini oʻtkazdilar. Turk xoqonligi hukmdori Muqon xoqon elchilarni katta-katta uylarda qabul qilgani, ularning boyligi, pokizaligi bilan hayratga solgan. Kogon bilan boʻlgan uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri savdo-sotiq qilish, Sosoniylar davlatiga (forslarga) qarshi harbiy ittifoq tuzish masalalari keng muhokama qilindi. Uchrashuvdan keyin Zemarx Istemi bilan birga forslarga qarshi yurish qildi. Yoʻlda Talas daryosi boʻyida ular Sosoniylar sulolasining fors elchilariga duch kelishdi, ammo Istemi fors elchilariga eʼtibor bermadi. Forslar bilan diplomatik aloqalarini uzib, Turk xoqonligi bilan doʻstona aloqalar oʻrnatgan Zemarx elchixonasi oʻz maqsadini toʻliq bajarib, oʻz vataniga qaytdi. Konstantinopolga kelgan Zemarx imperatorga Turk xoqonligi hukmdorlari bilan olib borgan muzokaralari haqida batafsil maʼlumot beradi[2].

Zemarx
grekcha: Ζήμαρχος
Tavalludi VI asr
Fuqaroligi Vizantiya
Kasbi tadqiqotchi, diplomat
Unvoni Elchi

Ushbu elchixonaning hujjatlarida bir qator qiziqarli faktlar keltiriladi[3]. U Oʻrdaga yetib borgandan keyin elchilarning olovdan orasidan oʻtib, „jin-shaytondan“ tozalanishga tegishli boʻlganin aytadi. O‘rdaning shon-shuhratini tasvirlab, u shoyi chodir, kumush idishlarga to‘la aravalar, g‘ildirakli oltin taxt — barchasi turkiy hukmdorning qudratini ifodalaydi, deb yozadi. Shu va Talas viloyatlari shaharlari koʻp boʻlishini ham taʼkidladi[4].

Yana qarang

tahrir

Yevropaning Osiyoni tadqiq qilish xronologiyasi

Manbalar

tahrir
  1. Пигулевская Н., Византия на путях в Индию, М. – Л., 1951
  2. Менандр Протектор. Продолжение истории Агафьевой, СПб., 1861
  3. История Казахстана, т. 2, А., 1996.
  4. "Қазақ Энциклопедиясы",4 tom 3 bөlіm

Qoʻshimcha oʻqish

tahrir
  • Golden, Peter (1992). An Introduction to the History of the Turkic Peoples: Ethnogenesis and State-Formation in Medieval and Early Modern Eurasia and the Middle East. Wiesbaden: Otto Harrassowitz. pp. 128-131
  • Kazhdan, Alexander, ed. (1991). The Oxford Dictionary of Byzantium. Oxford and New York: Oxford University Press
  • Luttwak, Edward N. (2009), The Grand Strategy of the Byzantine Empire, Harvard University Press,