Zokir Batrayev
Zokir Batrayev, Zokir Sulton oʻgʻli Batrayev (1936-yil 11-oktyabr, SSSR, Oʻzbekiston SSR, Buxoro) — rassom, oʻqituvchi, Tatariston (1992) va RF Rassomlar uyushmasi aʼzosi (1993), Tatariston Respublikada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991), Qozon davlat arxitekturasi — Qurilish universitetining xizmat koʻrsatgan xodimi (2005), professor, YuNESKO Xalqaro tasviriy sanʼat assotsiatsiyasi (inglizcha: International Association of Art (IAA/AIAP), UNESCO) aʼzosi[1].
Zokir Batrayev | |
---|---|
Tavalludi |
1936-yil 11-oktyabr |
Taʼlimi | Toshkent rassomchilik instituti |
Kasbi | rassom |
Unvoni | professor |
Tarjimai holi
tahrir1936-yil 11-oktyabrda Buxoroda tug‘ilgan. Oilasi bilan Saratov viloyatining Pugachev shahriga koʻchib oʻtgan, bolaligi shu yerda oʻtgan[2] va tatar maktabida oʻqigan. Qozon Tasviriy sanʼat universitetini (1959), Toshkent teatr-badiiy institutini „Rassom-naqqosh“ mutaxassisligi (2012-yildan Mannan Uygʻur nomidagi Toshkent davlat rassomlik instituti) boʻyicha tamomlagan (1965).
1966—1968-yillarda RSFSR Badiiy jamgʻarmasining Tatariston boʻlimining rassomi.
1968-yildan 49 yil davomida Qozon davlat arxitektura-qurilish universiteti arxitektura fakultetida chizmachilik va dizayn oʻqituvchisi: 1968-yildan 1992-yilgacha „Arxitektura dizayni“ kafedrasi assistenti va katta oʻqituvchisi; 1977—1980-yillarda arxitektura fakulteti dekani; 1992-yildan tasviriy sanʼat kafedrasida: 1992—2002-yillarda dotsent, 2002—2013-yillarda professor.
Ijodi
tahrir600 dan ortiq rasm va grafikalar muallifi. Xalqaro, Butunittifoq, Butunrossiya, milliy ko‘rgazmalarda qatnashgan: Tokio (1991), Moskva (1970-1990 , 2000), Toshkent (1965), Gorkiy (1975), Ufa (1977), Boku (1983), Qozon (1970—2003-yillar). Shaxsiy koʻrgazmalari: Qozonda (Livadiya, 1974; KISI, 1975, 1985; Olimlar uyi, 1990, Rassomlar uyushmasining koʻrgazma zali, 1992; „Xazina“, 2011[3]), Moskvada (1971, 1976, 1989, 1998, 2000) va boshqa shaharlarda oʻtkazilgan.
Uning asarlari Rossiya, Tokio (Yaponiya), Sietl (AQSh), Xarbin (Xitoy) sanʼat galereyalarida, Angliya, Fransiya, sobiq Yugoslaviya mamlakatlari, Turkiya, Misr, Vengriya, Isroil, Gretsiyadagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi[4]. Uning oʻnga yaqin asari Tatariston Tasviriy sanʼat muzeyiga, 3 tasi esa Almetyevsk sanʼat galereyasiga joylashtirilgan.
Suratlari mavzusi
tahrir- Portretlar
- „Shoir Abdulla Toʻqay“, „Bastakor Renat Yenikeyev“, „Bastakor Anatoliy Luppov“ va boshqalar.
- Qozon manzaralari, ming yillik shaharning tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, eski yogʻoch uylar
- „Ajam masjidi“
- „Sevgi minorasi“
- Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi namunalari: tugʻilgan (Boxoro), oʻqigan (Toshkent) joylari.
- Samarqand shahridagi „Bibixonim“ masjidi
- Afrika, Ispaniya, Gretsiya, Venetsiyaga sayohat taassurotlari
- Misr piramidalari
- Hindistondan manzaralar
- Sibir manzarasi
- Pomir, Tyan-Shan, Himoloy, Ararat, Alp togʻlari, Kavkaz togʻlari.
- Natyurmortlar
Mukofot va unvonlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ aiap-iaa.org (Wayback Machine saytida 2020-11-29 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Zakir Batraev: „Xudojnik doljen umet vse“. VIP Kazan.ru, 23 sentyabrya 2006
- ↑ V galeree „Xazine“ otkrivaetsya vistavka rabot Zakira Batraeva. IA „Татар-информ“, 11.10.2011
- ↑ Batraev Zakir Sultanovich. art.rin.ru
- ↑ Priznanie zaslug. "Respublika Tatarstan", 19.01.2017
Havolalar
tahrir- Zokir Batrayev „Vatandoshlar“ saytida.
- Zokir Batraev KGASU muzeyi veb-saytida
- Zakir Batraev „Tatarstan dulkininda“ radiotapshiruinda[sayt ishlamaydi]. Tatarstan radiosi, 22.07.2014 (audio, 19:00)