Aʼzam Obid

​​— shoir, yozuvchi va tarjimon

Aʼzam Obid (1974) ​​— shoir, yozuvchi va tarjimon.[1]

Aʼzam Obidov
Tavalludi 1974-yil 8-noyabr
Namangan shahri
Kasbi Shoir, tarjimon
Ijod qilgan tillari Ingliz va o‘zbek tillari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Franklin mukofoti, Eagle mukofoti
Veb-sayti
azamabidov.uz

Hayoti

tahrir

Aʼzam Obidov 1974-yilning 8-noyabrida Namangan shahrida tug‘ilgan[2]. Shahridagi 7-sonli maktabni oltin medal bilan tamomlaganidan so‘ng, Namangan davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qigan. Hozirda AQSh elchixonasida faoliyat yuritadi. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Aʼzam Obidov o‘zbek va ingliz tillarida ijod qiladi[3]. Uning „Yo‘limni poylaydi mo‘jiza“ (o‘zbek va ingliz tillarida), „Muhabbat, oqaver tomirlarimda“ (N. Abdullayeva bilan hammualliflikda), „Sog‘intirib ketgum qadamlarimni“, „My name is Uzbekistan“ (o‘zbek va ingliz tillarida) kabi kitoblari nashrdan chiqqan. Ijodi dunyoning 25 tiliga tarjima qilingan. She’rlari va tarjimalari kitob holida Buyuk Britaniya, Hindiston, Germaniya, Fransiya, AQShda chop etilgan.

Tarjimalari

tahrir

Aʼzam Obidov bir qator o‘zbek ijodkorlarining ijodini ingliz tiliga tarjima qilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostonining inglizcha tarjimasi Turkiyada, g‘azallari tarjimasi AQShda chop etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Xalq Yozuvchisi Erkin A’zamning romanlari, Salomat Vafo, Evril Turon kabi adiblar va Cho‘lpon, Usmon Nosir, Rauf Parfi, Jamol Kamol, O‘roz Haydar, Bahrom Ro‘zimuhammad, Baxtiniso Mahmudova kabi shoirlarning she’rlarini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Adabiy loyihalardagi ishtiroki

tahrir

Aʼzam Obidov xorijiy davlatlarda tashkil etilgan turli adabiy loyiha va festivallarda ishtirok etib keladi. Shuningdek, uning tashabbusi bilan O‘zbekistonda ham xalqaro va mahalliy adabiy loyihalar tashkil etilgan. Jumladan, uning „Chet ellik shoir O‘zbekistonda rezidensiyada“, „Metroda she’rxonlik“ kabi ijodiy dasturlarni amalga oshirgan.

Manbalar

tahrir
  1. Rustamjon Ummatov. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq — 280-bet. 
  2. „Аъзам Обидов (1974)“ (2013-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  3. „Шоир, таржимон Аъзам Обид «Ҳар бир инсон ҳаёти давомида ўқиши шарт бўлган 10 китоб» тавсия қилади“ (2023-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.