AFC Chaqiruv Ligasi
AFC Chaqiruv Ligasi (ilgari AFC Prezidenti kubogi nomi bilan atalgan) har yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan qitʼa klublari futbol musobaqasidir. Musobaqa AFC klublari musobaqalari reytingi asosida yuqori toifadagi AFC Chempionlar ligasi elitasi yoki ikkinchi darajali OChL 2 uchun toʻgʻridan-toʻgʻri saralash yoʻllanmalarini olmagan davlatlar klublari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Tashkiliy organ | AFC |
---|---|
Asos solindi | 2005 | (AFC prezidenti kubogi sifatida)
Hudud | Osiyo |
Jamoalar soni | 18 (guruh bosqichi) |
uchun saralash | AFC ikkinchi chempionlar ligasi |
Tegishli musobaqalar |
AFC Osiyo Elita Chempionlar Ligasi (1-darajali) AFC ikkinchi chempionlar ligasi (2-darajali) |
Hozirgi chempionlar |
FC HTTU (1 ta chempionlik) |
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) |
Regar TadAZ (3 ta chempionlik) |
2024–25 AFC Challenge League |
Tarix
tahrirMavsum | Gʻolib |
---|---|
AFC prezidenti kubogi | |
2005 | Regar TadAZ |
2006 | Dordoy-Dinamo |
2007 | Dordoy-Dinamo |
2008 | Regar TadAZ |
2009 | Regar TadAZ |
2010 | Yadanarbon |
2011 | Taipower |
2012 | Istiqlol Dushanbe |
2013 | Nebitçi FT |
2014 | HTTU Asgabat |
AFC Chaqiruv Ligasi | |
2024–25 |
AFC Prezidenti kubogi 2005-yilda uchinchi darajali musobaqa sifatida tashkil etilgan boʻlib, quyi reytingdagi AFCga aʼzo davlatlar klublari qitʼa musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin edi[1].
2013-yil 25-noyabr kuni AFC musobaqalar qoʻmitasi 2014-yilni musobaqaning soʻnggi mavsumi boʻlishini taklif qildi[2]. 2015-yildan boshlab rivojlanayotgan mamlakatlar ligasi chempionlari AFC kubogi saralash pley-off bosqichidan qatnashish huquqiga ega edi[3].
2014-yilgi turning oxirgi mavsumida Ashxobodning HTTU jamoasi Shimoliy Koreyaning Rimyongsu jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi va turnirda gʻolib boʻlgan Turkmanistonning ikkinchi jamoasi boʻlgan.
2022-yil 23-dekabrda AFC musobaqalar oʻtkazish tuzilmasi 2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab belgilangan oʻzgarishlarni eʼlon qilgan. Yangi oʻzgarishlarda AFC Chaqiruv Ligasi deb nomlangan yangi uchinchi bosqich turniri joriy qilinadi va AFC Prezidenti kubogi kabi boʻlishi maʼlum qilingan[4][5][6].
2024-yil 24-may kuni AFC avvalgi klub musobaqalarining rekordlari va statistikasi tan olinishi va yangilangan klub musobaqalari doirasida birlashtirilishini, AFC Prezidenti kubogi maʼlumotlari AFC Chaqiruv ligasiga oʻtkazilishini eʼlon qilingan[7].
Musobaqa formati
tahrirMusobaqa uchun saralash dastlab AFCga qarashli mamlakatlarning Vision Asia hujjatida koʻrsatilganidek, AFCning rivojlanayotgan davlatlar toifasiga kiruvchi klublari uchun edi.
Musobaqaning har bir mavsumida 8 tadan 12 tagacha jamoalar ishtirok etgan. 2005-yildan 2007-yilgacha 8 ta klub 4 tadan, ikkita guruhga boʻlingan. Gʻolib va ikkinchi oʻrin egalari yarim final bosqichiga yoʻl olishgan. Barcha oʻyinlar bitta mezbon davlatda oʻtkazilgan.
2008-yildan 2010-yilgacha boʻlgan davrda turnir ishtirokchilari 11 ta klubga koʻpaytirilgan. Saralash bosqichi tashkil etilgan va 11 ta klub 3 yoki 4 klubdan iborat 3 guruhga boʻlingan. Har bir guruh boshqa mamlakatda oʻynadi. Uchta guruh gʻolibi va eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohibi boshqa mamlakatda boʻlib oʻtadigan final bosqichiga yoʻllanma olgan.
2011-yildan 2014-yilgacha turnir ishtirokchi jamoalari 12 ta klubga koʻpaytirilgan. Saralash bosqichida 4 ta klubdan iborat 3 ta guruh ishtirok etgan. Guruh gʻoliblari va ikkinchi oʻrin egalari final bosqichiga yoʻllanma olgan. Final bosiqchidagi 6 ta klub 3 tadan ikkita guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi jamoalari toʻgʻridan-toʻgʻri finalga yoʻllanma olgan[8].
2013-yilning noyabr oyida AFC 2014-yilgi AFC Prezidenti kubogi musobaqaning soʻnggi turi boʻlishini eʼlon qilgan[9]. 2015-yildan boshlab „rivojlanayotgan mamlakatlar“ ligasi chempionlari AFC kubogi saralash pley-off bosqichidan qatnashish huquqiga ega edi[10]. AFC Prezidenti kubogiga oʻxshash formatdagi (yakuniy bosqichsiz) 2016-yilgi AFC kubogi uchun saralash bosqichi 2015-yil avgust oyida boʻlib oʻtdi va ikki klub AFC kubogi pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan[11].
2024-yildagi rebrenddan soʻng, yangi format ilk mavsum uchun toʻrt guruhga boʻlingan 17 ishtirokchi klubni oʻz ichiga olishi maʼlum qilingan. Klublar yagona davlatda markazlashtirilgan formatda raqobatlashadilar. Guruh bosqichidagi eng yaxshi sakkizta jamoa chorak finalga yoʻllanma oladi. Chorak va nimchorak final oʻyinlari ikki oʻyindan iborat boʻlib, chempionni aniqlaydigan final baxsi esa bir oʻyin orqali aniqlanadi[12][13].
Mukofot puli
tahrir2024–2025-yilgi mavsumdan boshlab mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:[14]
Bosqich | Jamoalar | Amount | |
---|---|---|---|
Har bir jamoa uchun | Jami | ||
Final (chempion) | 1 | $1m | $1,000,000 |
Final (ikkinchi oʻrin) | 1 | $500k | $500,000 |
Yarim final | 4 | $120k | $480,000 |
Chorak final | 8 | $80k | $640,000 |
Guruh bosqichi | 20 | $100k | $2,000,000 |
Jami | 20 | $4,620,000 |
Statistika va rekordlar
tahrirNatijalar
tahrirYil | Mezbon | Final | Magʻlub yarim finalchilar | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Gʻolib | Hisob | Ikkinchi oʻrin | |||||
AFC prezidenti kubogi | |||||||
2005 | 3–0 | Blue Star SC | |||||
2006 | 2–1
(q.v) |
Khemara | |||||
2007 | 2–1 | Ratnam Sports Club | |||||
2008 | 1–1 (q.v)
4–3 (p) |
FC Aşgabat | |||||
2009 | 2–0 | FC Aşgabat | |||||
2010 | 1–0
(q.v) |
HTTU Aşgabat | |||||
2011 | 3–2 | — | |||||
2012 | 2–1 | — | |||||
2013 | 1–0 | — | |||||
2014 | 2–1 | — | |||||
AFC Chaqiruv Ligasi | |||||||
2024–2025 |
Musobaqa gʻoliblari
tahrirKlublar boʻyicha natijalar
tahrirKlublar | Gʻolib | Ikkinchi oʻrin | Gʻoliblik yillar | Maʼlub boʻlgan yillar |
---|---|---|---|---|
Regar TadAZ | 3 | 0 | 2005, 2008, 2009 | |
Dordoy Bishkek | 2 | 4 | 2006, 2007 | 2005, 2008, 2009, 2010 |
Yadanarbon FC | 1 | 0 | 2010 | |
Taiwan Power Company | 1 | 0 | 2011 | |
Istiqlol Dushanbe | 1 | 0 | 2012 | |
Nebitçi | 1 | 0 | 2013 | |
Ýedigen | 1 | 0 | 2014 | |
Xatlon | 0 | 1 | 2006 | |
Nepal Police Club | 0 | 1 | 2007 | |
Phnom Penh Crown | 0 | 1 | 2011 | |
Markaz Shabab Al-Am'ari | 0 | 1 | 2012 | |
KRL | 0 | 1 | 2013 | |
Rimyongsu | 0 | 1 | 2014 |
Mamlakatlar boʻyicha natijalar
tahrir№ | Mamlakat | Gʻolib | Ikkinchi oʻrin |
---|---|---|---|
1 | Tojikiston | 4 | 1 |
2 | Qirgʻiziston | 2 | 4 |
3 | Turkmaniston | 2 | 0 |
4 | Myanma | 1 | 0 |
Xitoy Taypeyi | 1 | 0 | |
6 | Kambodja | 0 | 1 |
Nepal | 0 | 1 | |
Pokiston | 0 | 1 | |
Falastin | 0 | 1 | |
KXDR | 0 | 1 |
Gʻolib murabbiylar
tahrirMurabbiylar | Klub | Chempion boʻlgan mavsumlar |
---|---|---|
Makhmadjon Khabibulloev | Regar TadAZ | 2005, 2008, 2009 |
Boris Podkorytov | Dordoy Bishkek | 2006, 2007 |
U Zaw Lay Aung | Yadanarbon FC | 2010 |
Nikola Kavazović | Istiqlol Dushanbe | 2012 |
Chen Kuei-jen | Taiwan Power Company | 2011 |
Rahym Kurbanmämmedow | Nebitchi | 2013 |
Begench Garayev | HTTU Aşgabat | 2014 |
Mukofotlar
tahrirMavsumlar boʻyicha toʻpurarlar
tahrirMavsum | Futbolchi | Gollar |
---|---|---|
2005 | Dudley Steinwall | 4 |
2006 | Chuang Yao-tsung | 5 |
2007 | Channa Ediri Bandanage | 6 |
2008 | Thi Ha Kyaw | 6 |
2009 | Soe Min Oo | 6 |
2010 | Rustam Usmonov | 5 |
2011 | Ho Ming-tsan | 6 |
2012 | Mirlan Murzaev | 8 |
2013 | Mirlan Murzaev | 9 |
2014 | Suleyman Muhadow | 11 |
Eng yaxshi futbolchilar
tahrirMavsum | Futbolchi | Klub |
---|---|---|
2005 | - | - |
2006 | - | - |
2007 | Valery Kashuba | Dordoy Bishkek |
2008 | - | - |
2009 | Khurshed Mahmudov | Regar-TadAZ |
2010 | Mirlan Murzaev | Dordoy Bishkek |
2011 | Chen Po-liang | Taipower |
2012 | Alisher Tuychiev | Istiqlol |
2013 | Amir Gurbani | Balkan |
2014 | Suleyman Muhadow | HTTU Asgabat |
Eng yaxshi toʻpurarlar
tahrir№ | Futbolchi | Klub (lar) | Gollar |
---|---|---|---|
1 | Mirlan Murzaev | Dordoy Bishkek | 19 |
2 | David Tetteh | Dordoy Bishkek | 12 |
3 | Khurshed Makhmudov | Regar-TadAZ | 11 |
Suleyman Muhadow | HTTU | ||
5 | Amir Gurbani | Aşgabat | 10 |
Channa Ediri Bandanage | Ratnam | ||
Ibrahim Rabimov | Regar-TadAZ | ||
8 | Kaleemullah Khan | KRL | 9 |
9 | Arslonmurat Amanov | Aşgabat | 8 |
Yan Paing | Yadanarbon | ||
Ju Manu Rai | Nepal Police Club |
Yana qarang
tahrir- Osiyo Chempionlar ligasi
- AFC ikkinchi chempionlar ligasi
Manbalar
tahrir- ↑ „AFC President’s Cup: The end of a glorious journey“. www.the-afc.com. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „ACL: East vs West final proposed“. AFC (2013-yil 25-noyabr). 2018-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ „AFC President’s Cup: The end of a glorious journey“. AFC (2014-yil 26-iyul). 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
- ↑ „AFC Competitions Committee recommends strategic reforms to elevate Asian club football“ (en). theAFC.com. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
- ↑ „AFC Executive Committee approves biggest prize purse in Asian club football history from 2024/25; announces AFC Women's Champions League“. AFC (2023-yil 14-avgust). 2024-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
- ↑ „AFC Club Competitions 2024/25 Slot Allocation“. Football Association of Singapore. 2023-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Pivotal reforms approved by AFC Competitions Committee“ (en). the-AFC. 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ „AFC Competitions Committee meeting“. 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-noyabr.
- ↑ „ACL: East vs West final proposed“. The-afc.com (2013-yil 25-noyabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
- ↑ „AFC President's Cup: The end of a glorious journey“. AFC (2014-yil 26-iyul). 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
- ↑ „Stage set for 2016 AFC Cup play-off qualifiers“. AFC (2015-yil 29-iyun). 2015-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
- ↑ „AFC Competitions Committee recommends strategic reforms to elevate Asian club football“ (en). theAFC.com. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
- ↑ „Pivotal reforms approved by AFC Competitions Committee“ (en). the-AFC. 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
- ↑ AFC Challenge League™ 2024/25.