Abadiy haqiqat

bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib bo‘lmasligini bildiruvchi termin

Abadiy haqiqat — bilishning rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib bo‘lmasligini bildiruvchi termin. Bu jihatdan abadiy haqiqat mutlaq haqiqatga o‘xshash. Inson bilish jarayonida ko‘pincha nisbiy haqiqatlar bilan ish ko‘radi, bu nisbiy haqiqatlarda esa mutlaq haqiqatlarning bo‘laklari mavjud bo‘ladi (yana qarang. Haqiqat). Diniy qarash bo‘yicha, diniy arkonlar abadiy haqiqatdir. Chunonchi, islomga ko‘ra, unda e’tirof etilgan aqidalarAllohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson o‘lganidan keyin qayta tirilishiga ishonish abadiy haqiqat hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir