Abdussalom Afandi al-Mardiniy
Abdussalom Afandi al-Mardiniy (arabcha: عبد السلام أفندي المردني) — hanafiy olimi.
Abdussalom Afandi al-Mardiniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1786-1789-yil |
Vafoti |
1843-yil |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | hanafiy olimi |
Biografiyasi
tahrirMardin shahida tug‘ilgani uchun al-Mardiniy kunyasini olgan. Otasi — Sayyid Umar Afandi. Tahsilini Mardin, Diyorbakr, Halab, Shom, Misr va Istanbul shaharlarida olgan. Keyinchalik Mardinga qaytib, u yerda muftiylik qilgan. Hayoti haqida maʼlumotlar oz. Qabri Takka mahallasidagi Ibrohim Bey qabristonida.
Asarlari
tahrir- „Umm al-’ibar fӣ zikr man mazā va mar“. Bu asar Ibrohim Muhammadiy ash-Sharboniyning arab tilidagi „Umm al-’ibar“ asarining tarjimasi. Abdussalom Afandi al-Mardiniy bu asarda payg‘ambarlar tarixi, xalifalar davri tarixi, umaviylar, abbosiylar, saljuqiylar, usmoniylar, mo‘g‘ullar, temuriylar tarixi haqida xronogolik maʼlumotlarni keltirish bilan birga, asar so‘nggida Mardin tarixiga o‘rin ajratgan. Asarning asl nusxasi Qohiradagi „Dor al-kutub al-Misriyya“ kutubxonasida (inv. raqam 813), uning bir nusxasi Istanbul universiteti kutubxonasida (AY, inv. raqam 44) saqlanmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- Ismoil Posho al-Bag‘dodiy. Hadiyya al-’ārifӣn. I, 572;
- Brockelmann. GAL. Suppl., II, 780;
- Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. — Damashq: 1376-80/1957-61. V, 229;
- Mücteba Uğur. „Abdüsselâm Efendi, Mardînî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 300-301.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |