Adashgan nerv, sayyor nerv (nervus vagus) – odam va umurtqali hayvonlar bosh miyasi nervlarining oʻninchi jufti; eng uzun nerv. Adashgan nerv organizmda keng yoyilganligi uchun "adashgan" (sayyor) deyiladi. U miyaning toʻrtinchi qorinchasi tubidan boshlanadi: miyadan chiqqach, kallaning boʻyinturuq te-shigidan oʻtadi. Bosh, boʻyin, koʻkrak va qorin boʻshligʻi a’zolarini markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlaydi (inner-vatsiya). Harakatlantiruvchi, sezuvchi va sekretor tolalari bor. Nafas a’zolariga, hazm a’zolarining koʻpchiligiga, yurakka tarmoqlar berib, keng chigʻallar hosil qiladi, bu chigʻallardan esa bir talay tarmoqlar boshlanadi. Reflektor harakatlarni (mas, yutinish), qon bosi-mini boshqarishda ishtirok etadi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil