Mutanabbiy
Mutanabbiy, (taxallusi; asl ism-sharifi Abu Tayyib Ahmad ibn al Husayn al-Mutanabbiy) (915, Kufa — 965, Raxt) — arab shoiri. Arab mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan va arab sheʼriyatida falsafiy lirika asoschilaridan biri.[1] 12 yoshidan qasida, gʻazal va hajviy sheʼrlar ustasi sifatida shuhrat qozongan. Suriya, Misr va Iroq amirlari huzurida saroy shoiri boʻlgan. U Kufa shahrida kambag'al suv tashuvchi oilasida tugildi. Uning oilasi Janubiy Arabiston badaviylaridan kelib chiqqan edi. 925 yilda bolg'usi shoir, Karmatlar shaharga bostirib kirganligi bois, Kufadan Suriyaga qochgan va badaviylar orasida ikki yil yashagan. Kochmanchilar ichida yashash kop jihatdan shoirning kelajakdagi idealini hamda siyosiy va badiiy simpatiyalarini belgilab berdi, shuningdek uning dunyoqarashida chuqur iz qoldirdi. Qabilada shoir badaviylar xarakterini yaxshi korib qoldi hamda badaviylar orasida katta shaharlardagiga qaraganda yaxshiroq saqlanib qolgan arab adabiy tili borasidagi bilimlarini takomillashtirdi. M. asarlari (100 dan ortiqqasida va 200 ga yaqin sheʼriy parchalar) tilining boyligi, mazmundorligi va badiiy yetukligi bilan ajralib turadi. Ularda isyonkorlik, vatanparvarlik, erksevarlik ruhi juda kuchli boʻlib, arab va fors sheʼriyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.[2]
Al-Mutanabbiy she'riyatida deyarli barcha qasidalarida mavjud boʻlgan odatda intensiya shakliga kiritilgan lirik-falsafiy chekinishlar alohida o'rin tutgan. Ushbu lirik chekinishlar pessimizm bilan sug'orilgan bo'lib, o'z shaxsiy va ijtimoiy ideallari amalga oshmasligini anglagan shoirni qamrab olgan chuqur afsuslanishni aks ettirgan. «Insonning hamma istagi ham amalga oshmaydi. SHamollar kemalar istaganidek esmaydi», deb yozgan edi al-Mutanabbiy. Uning fikricha, solgin, nochor hayot inson uni saqlash uchun sarflaydigan harakatlarga loyiq emas. Buning ustiga olim ham muqarrar. Dono inson hayoti chog'ida hech qachon baxtli bo'lmaydi, taqdir ham xizmatiga yarasha mukofotlamaydi, zero taqdir ko'rdir.SHoir hayotda faqat o'z kuchiga ishonishga chaqiradi, zero hamma odamlarni u qo'rqoq, ikkiyuzlamachi va nodon deb hisoblaydi.Falsafiy lirika sohasida al-Mutanabbiy eng taniqli arab faylasufi va shoiri al-Maarriydan avval yashab o'tgan.
Al-Mutanabbiy ijodi badaviy she'riyat an'analari bilan ham, «qadimgi davrga qaytish» sheriyati bilan ham chambarchas bogliq. «Badaviylikdan» uning she'riyatidagi qahramonlik xarakteri, epikligi va malum brutualnost bilan bog'liq. «Qadimgi davrga qaytish» shoirlarining ijodi bilan al-Mutanabbiyni umumiy, badiiy va axloqiy ideallar yaqinlashtiradi. Ammo, al-Mutanabbiyning an'anaviy janrlarga sodiqligiga qaramay, u «qadimgi davrga qaytish» shoirlaridan farqli ravishda, qadimgi arab she'riyatining qonunlariga quldek bo'ysunmagan va hatto qasidaning ananaviy tuzilishi togri ekanligiga shubha bildirgan: «Har qanday madhiyadan avval lirik muqaddima keladi. Nahotki har bir istedodli shoir oshiq bo'lsa?».
Noyob shoirlik iste'dodi, kuzatuvchanlik va aql jonliligi al-Mutanabbiyga badaviylik she'riyatidagi cheklanishlarni va ko'plab taqlidlarni yengishiga yordam bergan. Uning sherlari mazmunini zamon, insonning xarakteri tashkil qilgan, buning oqibatida ularda shoirning hayotiy kuzatishlari ham, ko'pgina amaliy g'oyalari ham badiiy ifodasini topgan. Al-Mutanabbiy arab shoirlik texnikasining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanib, olib borayotgan mumtoz qasidaga yangi hayot bag'ishladi, ohangdorlik va kuch berdi. U alohida baytlarga shu qadar katta she'riy mazmun bera olganki, ularning aksariyati keyinchalik ajoyib hikmatlar va maqollar tarzida mustaqil hayot kechira boshladi.
Al-Mutanabbiy ijodidayoq arab sheriyatining kelgusidagi tanazzuli ko'rina boshlagan. Uning sherlarida haqiqatdan yiroq qiyoslashlar ham, shakldagi ma'lum jimjimadorlik va suniylik ham uyraydi. Al-Mutanabbiyning aksariyat qasidalarida bir asr keyin arab sheriyatining asosiy jihatiga aylanadigan formalizim muhri bor. Shoir ko'pincha soxta ritorikaga kirishadi, o'z asarlarini kalambur va ikki manoli iboralar bilan, tushunarsiz allegoriyalar bilan to'ldiradi, arxaizmlardan foydalanadi, chalkash sintaksik iboralarni ishlatadi. Ko'p hollarda bu murakkablik asar xarakteri bilan bog'liq boʻlgan. Masalan, shoir Kafurning ustidan kulish uchun unga bag'ishlagan madhiyalarida omonimlardan ustalik bilan foydalangan. Bunday madhiyalarning ayrim baytlari ikki ma'noga madhiya va hajviya ma'nolariga ega.
Bir fe'lni (zavqlanishni) ikki manoda ishlatish baytga satirik xususiyat bag'ishlaydi: «xursand bo'lish» va «ustidan kulish».
Arablar barcha zamonlarda al-Mutanabbiyning shoirlik mahoratini yuksak qadrlaganlar. Uning qasidalarida ananaviy sheriyat tarafdorlarini badaviy ruh o'ziga tortgan, ular hatto shoirni aytish qiyin boʻlgan, «keskin» tovush birikmalari va og'ir qofiyalari uchun kechirganlar. «Yangilanish» tarafdorlarini uning ijodida obrazlarni tuzish mahorati, ularning harakatchanligi (dinamichnost), inson xarakteriga qiziqish o'ziga tortgan. Ikkala oqim tarafdorlariga shoir she'rlaridagi lo'ndalik, shakl yaxlitligi, iboralarning aniqligi, she'rning musiqaviyligi maqul kelgan.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ Ayyıldız, Esat (2020), "el-Mutenebbî’nin Seyfüddevle’ye Methiyeleri (Seyfiyyât)", BEÜ İlahiyat Fakültesi Dergisi, 7 (2), 497-518. DOI: 10.33460/beuifd.810283
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Ziyavuddinova M. Mumtoz arab adabiyoti, 2011.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |