Amaliy astronomiya — astro-metriyant astronomik kuzatishlar vositasida vaqt, geografik koordinatalar va turli yoʻnalishdagi azimutlarni aniqlovchi, ularning oʻzgarishini oʻrganuvchi boʻlimi. Amaliy astronomiya geodeziya va haritografiya ehtiyojlari uchun geografik koordinatalarni aniqlash (astronomik geodeziya), navigatsiya (dengiz astronomiyasi), samolyotning havodagi koordinatalari va harakat yoʻnalishini aniqlash (aviatsiya astronomiyasi) bilan shugʻullanadi. Kosmik kemalarning sayyoralararo fazodagi vaziyatlarini aniqlash (qarang Kosmik navigatsiya), shuningdek Oy sirtidan turib selenografik koordinatalarni aniqlash usullari ishlab chiqildi. 70-yillarda Amaliy astronomiya dan vaqt va kenglik xizmati ajralib chiqdi. Yerning sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish orqali geografik koordinatalarni aniqlash usullari muvaffaqiyatli ishlab chiqildi (qarang Kosmik geodeziya). Amaliy astronomiya da qoʻllaniladigan usullar sferik astronomiyaning nazariy koʻrsatmalariga asoslangan. Amaliy astronomiyada universal asbob, ko'chma passaj asbobi, zenit teleskop, vertikal doira, prizmali astrolyabiya, dengiz va aviatsiya sekstanta, Yerning sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatish uchun fotografik kamera va boshqa asboblar ishlatiladi. Vaqtni oʻlchash uchun kvars yoki mayatnikli soatlar, dengiz xronometrlari, vaqt signallarini qabul qiluvchi apparatlardan ham foydalaniladi. Amaliy Astronomiya asboblarining tuzilishini asbob xatoliklarini tekshirish nazariyasini oʻz ichiga oladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil