Paligorskit
Paligorskit (Uraldagi Paligorsk koni nomidan), attapulgit, togʻ terisi, togʻ poʻkagi, togʻ yogʻochi — mortmorillonit guruhiga mansub mineral, magniyning suvli silikati. Monoklin yoki romb singoniyali. Kristallari strukturasi choʻziqlentali yoki qatqat. Rangi oq, baʼzan sargʻishkulrang. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2100—2300 kg/m³. Arid iqlimli joylarda, dengiz va shoʻr suvli havzalarda (koʻl va lagunalar), qisman nurash qobiqlarida magnezial silikatlar (mas, serpentin)dan qosil boʻladi. P.ning qattiq va zich massasi qoplama va qatlamcha shaklida, tarqoq kristallari gil minerallari, mergel va ohaqtoshlar orasida uchraydi. P. neftni qayta tozalash, qogʻoz sanoati, tibbiyotda, parmalash ishlari va qurilishda keng qoʻllanadi. Ukraina, Shim. Kavkazda, Oʻzbekistonda (Fargʻona, Surxondaryo viloyatlarida hamda Qizilqumda) P. konlari bor.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |